Sana: (1 soat)



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix09.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#153186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi

Sana:
Sinf: 8

B

-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu: G`afur G`ulom. “Sog`inish”she`ri.Nazariy ma`lumot: qofiya (2/2)
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy:G’afur G’ulomning “Sog’inish”she’rini g’oyaviy­badiiy tahlil qilish,qofiya haqida bkmlar
hosil qilish;
b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida tinchlikni qadrlash,ota­onaga mehr­muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning ifodali o’qish,she’r tahlil qilish malakasini oshirish,fikrlash
salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:ifodali o’qish,she’r tahlili,bahs;
Dars jihozi :G’.G’ulom siymosi,badiiy asarlari,II jahon urushi yuzasidan tasvirlar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob;
2.”Vaqt ”she’ri asosida bahs va she’rni ifodali so’rash;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Aqliy hujum.
1.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan filmlardan qaysilarni bilasiz?
2.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni ayting
3. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro etgan?
4. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima haqida?
5.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday nomlanadi?
6.Qaysi to`plami uchun adib Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi?
7.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga akademik unvoni berildi?
8.G`.G`ulomning 100­yilligi yurtimizda qachon keng nishonlandi?
9. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan
shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni qanday izohlaysiz?
10.Vaqt va uning qadri haqida gapiring.Sizningcha vaqt nima?
II.“Sog`inish” she`rida G`.G`ulom “o`zbek otasi”ning bo`rtma ,umumiy , hamma uchun tanish, yaxlit
siymosini yaratadi.Bu she`rda otalarimizga xos bo`lgan jamiki fazilatlar o`z aksini topgan.Ularning
samimiyligi , jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr­u muhabbati,
kuzatuvchanligi , tantiligi,andishasi…barcha­barchasi shu she`rda namoyon bo`lgan.


Sizlarni keldi deb eshitgan kuni,
O`zing to`qib ketgan katta savatda
To`latib shaftoli olib chiqaman,
G`alaba kunlari yaqin ,albatta.
Shoir bu samimiy satrlarni 1942­yilda bitgan edi.Haqiqatda esa urush 1945­yilning may oylarida
tugadi.Urushda omon qolgan jangchilar ayni shaftoli pishig`ida ortga qaytadilar.Shoirning chin dildan
aytgan so`zlari ayni haqiqat bo`lib chiqdi.
II.”Sog’inish”she’rini ifodali o’qish va savol­tipshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.She`riy asarlar muayyan bir o`lchov –vazn asosidagi ritm(bir xil takrorlanuvchi ohang)ga ega
bo`ladi.Ular o`zining musiqiyligi, his­tuyg`ular bo`rtma shaklda ifodalanishi bilan o`quvchiga tez va
samarali ta`sir ko`rsatadi.Lirik satrlarda muayyan bir kayfiyatga alohida urg`u beriladi,ritmik ohang
mazmun bilan uyg`unlashib ketadi.
She`r tuzilishida , uning musiqiyligini kuchaytirishda ohang hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi
qofiyaning katta ahamiyati bor. Misra yakunida so`z, qo`shimcha, ba`zan esa so`z birikmalarining
ohangdosh bo`lib kelishi she`riy qofiya deyiladi.Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi vat
a`sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi.She`r o`qiganimizda, uni yoddan
aytganimizda yoki tinglaganimizda qofiya misraning tugaganligidan darak berayotganini yaqqol his
etamiz:
Boshing egib, ta`zim ayla, shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun,
Osmonlarda yurgan bo`lsang , tuproqqa qayt,
Aytgil ,do`stim, nima qildik Vatan uchun?
She`riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud:to`liq(to`q) va to`liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki
undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar.
To`liq (to`q) qofiyada qofiyadosh so`zlarning tovush tarkibi to`la mos keladi:
“bahorim”­ “dildorim”­ “so`ralar”­ “mo`ralar” kabi
To`liqsiz(och) qofiyalarda so`zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi:
“dahriy”­“qahridan” , “tutun”­ “Alovuddin” kabi
Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor.U she`r bandidagi misralarning o`zaro qofiyalanish
tartibini anglatadi.
II.”Sog’inish ”she’ridagi qofiyadosh so’zlar ustida ishlash.
III.Shoirning boshqa badiiy adabiyotlardagi she’rlaridan o’qib,g’oyaviy­badiiy Mustahkamlash
1.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan filmlardan qaysilarni bilasiz?
2.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni ayting
3. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro etgan?
4. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima haqida?
5.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday nomlanadi?
6.Qaysi to`plami uchun adib Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi?
7.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga akademik unvoni berildi?
8.G`.G`ulomning 100­yilligi yurtimizda qachon keng nishonlandi?
9. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan
shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni qanday izohlaysiz?
Uyga vazifa:
“Sog`inish” she`rini yodlash.
IV.Test sinovi:
1.”Sog’inish”she’rida asosiy timsol
A.O’zbek onasi
B.O’zbek otasi
C.O’g’il
D.Vatan himoyachisi
2.She’rda qaysi meva badiiy tasvir vositasi sifatida olingan?
A. Shaftoli
B.O’rik
C.Olma
D.Gilos
3.Ajratilgan so’zlarni izohlang.
Uzilgan bir kiprik abad yo’qolmas,


Shunchlar mustahkam xonayi xur shid.
Bugun sabza bo’ldi qishdagi nafas ,
Hozir qonda kezar ertagi umid.
A.Radif B.Qofiya
C.Turoq
D.Bayt
4.G’afur G’ulom qaysi to’plami uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?
A.”Turksib yo’llarida”
B.”Yalavbardorlikka”
C.”Ko’kan”
D.”Sharqdan kelayotirman”
5.Adib 2003 yilda qaysi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan?
A.”Buyuk xizmatlari uchun”
B.”Shuhrat”
C.”O’zbekiston qahramoni”
D.”Mustaqillik”
Javoblar:1. B
2. A
3. B
4. D
5.A
Uyga vazifa:”Sog’inish”she’rini yod olish va g’oyaviy­badiiy tahlil qilish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:
Adabiyot
8­sinf
Mavzu: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi. “Mirzo Ulig`bek” fojeasi
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi haqida bolim va ma’lumotlar berish;
b)tarbiyaviy: o`quvchilarni ona­Vatanga muhabbat,adabiyotga qiziqish ,sadoqatlilik ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi: yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,bahs;
Dars jihozi :darslik,Maqsud Shayxzoda siymosi,asarlari.
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob;
2.Shoir ijodidan yod aytib,tahlil qilish.
Darsning mohiyatini anglash boqichida:
1.“Iskandar Zulqarnayn” ertak­dostonini 5­sinfda o`tgan edik.Bu asar
kimning qalamiga mansub?
2.Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga oid nimalarni eslaysiz?
Maqsud Shayxzoda 1908 yilda Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tavallud
topadi.Boshlang`ich va o`rta ma`lumotni o`zi tug`ilgan shahrida olgach ,Boku Oliy pedagogika
institutiga sirtdan o`qishga kiradi.1925­yildan boshlab Darbanddagi 1­bosqich ozarboyjon maktabida ,
Bo`ynoqdagi ta`lim va tarbiya texnikumida o`qituvchi b/b ishlaydi.1927­yilda aksilinqilobiy tashkilot
a`zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928­yilning fevralida Toshkentga surgun qilinadi.Maqsud Shayxzoda
Toshkentga kelgach ,turli gazeta­jurnallarda adabiy xodim, 1935­1938­yillarda O`zbekiston Fanlar
Komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938­yildan vafotiga qadar Nizomiy
nomidagi TDPIning o`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qiladi.
Shayxzoda o`zining dastlabki ijod namunalarini 1929­yildan boshlab e`lon qila boshlagan:
30­yillarda
“Loyiq soqchi”, “O`n she`r”, “Undoshlarim”, “Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat”, “O`n ikki”, “yangi
devon”, “Saylov qo`shiqlari” nomli she`riy to`plamlari nashr etildi.
Urush yillarida


“Kurash nechun”, “Jang va qo`shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko`ngil deydiki”, kabi she`riy to`plamlarini
va “Jaloliddin Manguberdi” dramasini yozdi.
Urushdan keyingi yillarda “O`n besh yilning daftari”, “olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu`la”,
“Chorak asr devoni” kabi to`plamlarini nashr ettirdi.1958­yilda “Toshkentnoma” dostonini yozdi.
Maqsud Shayxzoda liro­epik janrda ham muvaffaqiyat bilan qalam tebratgan ijodkor.U “O`rtoq mulk”,
“Tuproq va haq”, “Chirog`”, “O`rtoq”, “Meros”, “Ovchi qissasi”, “Iskandar Zulqarnayn”, “O`n birlar”,
“Jenya”, “Oqsoqol” , “Ahmadjonning hikoyalari”, “Uchinchi o`g`il”, “Nurmat otaning tushi” kabi
dostonlarning muallifidir.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasini sinfda rollarga bo`lgan holda o`qish
II. Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
1. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.
2.M.Shayxzodaning 1958­yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?
3.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering.
II.Test sinovi:
1.Maqsud Shayxzoda qayerda tavallud topgan?
A.Qirg’iziston
B.Qozog’iston
C.Ozarbayjon
D.Dog’iston
2.U qanday oilada tug’ilgan?
A.Shifokor
B.O’qituvchi
C.Olim
D.Hunarmand
3.”Loyiq soqchi”,”Undoshlarim ”,”O’n she’r”,”Uchinchi kitob”…kabi she’riy to’plamlari qachon nashr
etilgan?
A.1940­yillarda
B.1930­yillarda
C.Urush davrida
D.1950­yillarda
4.”O’rtoq mulk”,”Tuproq va haq”,”Choroq”,”O’rtoq”,”Meros”…kabi asarlari qaysi janrda yozilgan?
A.Doston
B.Drama
C.She’riy to’plamlar
D.Nasriy asarlar
5.Urush davrida yozilgan asarlari to’g’ri berilgan qatorni toping.
A.”O’rtoq”,”Meros”,”Iskandar Zulqarnayn”
B.”Oqsoqol”,”Uchinchi o’g’il”,”Olqishlarim”
C.”zamon torlari”,”Shu’la”,”Chorak asr devoni”
D.”Kurash nechun”,”Jang va qo’shiq”,”kapitan gastello”,”Ko’ngil deydiki”
Javoblar:1.C
2.A
3.B
4.A
5.D
Uyga vazifa:
“Mirzo Ulug`bek” tragediyasini o`qib,mazmunini o`zlashtirish
Sana:__________________________
Mavzu: 4­nazorat ishi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Nazorat
Nazorat turi: Test
Test miqdori : 20 ta
Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta
Reglament : 45 daqiqa
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism


O`qituv­
chining
bahosi
Javoblar
Savollar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Uyga vazifa:
Takrorlash
Sana:_______________________________
Mavzu: Takrorlash
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: chorak davomida egallangan bkmlarni takrorlash;
b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ezgulikni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Takrorlash
Dars turi: Aralash
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi: savol­javob
Dars jihozi : Mavjud ko`rgazmalar
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
Takrorlash
1. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher
Navoiy hayotida
qanday rol o`ynadi?
2. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va
vakolati qanday?
3. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy
bog`i” da o`rnatilgan
haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan?
4.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va
xo`b” atamalarini
qo`llaydi?
5. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan
13 tasini sanab
bering.
6Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli
g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan?
7. Begona bayt deganda nimani tushunasiz?
8. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi”
fikrlarining muallifi kim?
9.Nodira atrofida qaysi shoiralar ijod qilgan
edi?
10.Nodiraning ijodiy merosi haqida gapiring.
11.Nodira qaysi taxalluslar bilan ijod qilgan
12.Nodiraning turkiy evonidan nechta g`azal
o`rin olgan?
13.Nodira ijodi va hayotida Amir Umarxonning
o`rni qanday bo`lgan?
14.Fitratning tahsil yo`nalishini aytib bering
15.Fitratning ilk asari qanday nomlanadi?
16.Fitratning ilmiy asarlarini sanab bering
17.Fitratning dramatik asarlarini sanab bering
18.Fitratning yangi maktablar u­n yozgan
asarlari qaysi?
19.Fitratning o`zbek tili va adabiyotiga
bag`ishlab yozgan asarlarini ayting
20.Fitratning “Mirrix yulduziga” she`rining
bosh mavzusi nima haqida?
21.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan
filmlardan qaysilarni bilasiz?
22.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni
ayting
23. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro
etgan?
24. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima
haqida?
25.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday
nomlanadi?


26.Qaysi to`plami uchun G`.G`ulom Davlat
mukofotiga sazovor bo`ldi?
27.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga
akademik unvoni berildi?
28.G`.G`ulomning 100­yilligi yurtimizda
qachon keng nishonlandi?
29. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun
ibodatxonaga o`t qo`ygan
shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni
qanday izohlaysiz?
30. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub
dramatik asarlarni sanab bering.
31.M.Shayxzodaning 1958­yilda yozilgan
dostoni qanday nomlanadi?
32.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi
dramalarini sanab bering
Qatorlararo bahr­u bayt musobaqasi
Uyga vazifa:
Chorak davomida o`tilganlarni takrorlash.
Sana:
Mavzu:Maqsud Shayxzoda . “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi
Darsning maqsadi:


a)ta`limiy: “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi haqida bilim va ma’lumotlar berish,asarni ifodali
o’qib,g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy: og`uvchilar qalbida adolat,haqiqat,ilm ahliga va buyuk allomalarga ehtirom tyg’ularuni
tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: og`uvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars usuli:bahs,ifodali o’qish,asar tahlili;
Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,Mirzo Ulug’bek siymosi va tarixiy asarlar;
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
Takrorlash uchun savollar:
1.Maqsud Shayxzoda qachon va qayerda tug`ildi?
2.Maqsud Shayxzodaning Toshkentga kelish qolish sababini tushuntiring.
3.M.Shayxzoda o`z ijodini necha yoshida boshlagan va uning dastlabki she`rlari
Qachon nashr etilgan?
4. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.
5.M.Shayxzodaning 1958­yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?
6.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering
7. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasidagi Ulug`bek obrazi haqida gapiring.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Mirzo Ulug’bek haqida qanday ma’lumotlarga egasiz ,asarda Ulug’bek qanday timsollarda tasvir
etilgan?
II.Mirzo Ulug`bek­Amir Temurning suyukli nabirasi, ya`ni to`rtinchi o`g`li Shohrux Mirzoning
farzandi , u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan.Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy
ma`lumotlar juda ko`p.Shulardan biri Alisher Navoiyning “Majolis un­nafoyis” asaridir.Shoir bu
asarning yettinchi majlisini temuriy shohlar ,sakkizinchi majlisini Husayn Boyqaroga
bag`ishlaydi.Maqsud Shayxzoda mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko`rgani,dramani
yozishda behisob ilmiy­tarixiy manbalarga murojaat qiladi.
Adib asarda Ulug`bek yashagan davrni , u hukmronlik qilgan saylov muhitini ko`z o`ngimizda yaqqol
gavdalantirgan.Mirzo Ulug`bek hayotida ko`p voqealar yuz bergan.U oliy hukmdor , buyuk olim
sifatida ko`p narsalarni o`z boshidan kechirgan.M.Shayxzoda asarga asosan ikki yo`nalishdagi
voqealarni ,ya`ni saroy ixtiloflari va buyuk olim borgan ilmiy izlanishlarni yoritishga jazm qilgan.
Asar bilan tanishganimizda bizda ikki xil tuyg`u paydo bo`ladi.Mirzo Ulug`bek bir tomondan
qattiqqo`l,butun Xurosonni o`z qo`lida saqlab qolish uchun har qanday chorani ko`rishga tayyor
hukmdor sifatida , ikkinchi tomondan , ilm­fanning jonkuyari , jahonshumul kashfiyotlar qilgan olim,
fan ahlini jonidan ortiq ko`radigan,biroq saroydagi fisq­fasod ,ig`vo ishlar oldida ojiz bir inson sifatida
tasvirlanadi.
Dramada Ulug`bek qiyofasi uning ko`proqasardagi boshqa qahramonlar orqali ochiladi,masalan,Ali
Qushchi, Sakkokiy, Shayxulislom Burhoniddin,Chin,Hind,Farang,Misr,Rus elchilari bilan bo`lgan
muloqotda ilm­fan homiysi , buyuk olim, ma`rifat fidoyisi kabi xislatlari namoyon bo`lsa,Abdulatif
Mirzo , uning mahrami Abbos,Qozi Miskin kabi saltanat dushmanlari ,ig`volarga bo`lgan munosabatida
mutaassiblikka qarshi kurashgan ashaddiy kurashgan inson sifatidagi xarakteri ochiladi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Mirzo Ulug’bek ”tragediyasidan ifodali o’qish va asarni g’oyaviy – badiiy tahlil qilish:
Mirzo Ulug`bek hukmdor,katta saltanat egasi bo`lganiga qaramay , avvalo,insoniy fazilatlardan begona
bo`lmagan ,o`z farzandiga mehribon ota.


Shu o`rinda marhum shoir Muhammad Yusufning Mirzo Ulug`bek xotirasiga bag`ishlab yozgan
quyidagi misralari go`yo Ulug`bek tilidan aytilganini aytmasdan ilojimiz yo`q.
Sezmay qoldim o`shanda chog`im
Yulduzlarda ekan nigohim
Bilmadim ne edi gunohim
Men dardimni kimga aytaman
M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi asosida rejissor Latif Fayziyev tomonidan “Ulug`bek
yulduzi” nomli film suratga olingan.
II.Mustahkamlash uchun savollar:
1. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.
2.M.Shayxzodaning 1958­yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?
3.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering
4. Mirzo Ulug`bek tragediyada qanday inson sifatida gavdalantiriladi?
5. “O`g`illardan yalchimagan ,benasibpadar,
O`z shogirdin o`g`il deya topar tasalli” Ulug`bek qaysi shogirdini “o`g`lim”
deb tasalli topadi?
III.Test sinovi:
1.”Har kun besh bor aytar edim :butun yer yuzi
Torlik qilar,sig’dirolmas ikki….”Amir Temur nazdida dunyo dunyo qaysi ikki narsani bag’riga
sig’dirolmaydi?
A.Quyoshni
B.Podshoni
C.Oyni
D.Ro’yoni
2.”Xoja Ahror kelishini kutib quturgan,
Yovvoyi it qalandarlar daydib yurmoqda”,­deganda Abdurazzoq Samarqandiy
Kimlarni nazarda tutgan?
A.Abdulatif Mirzoning odamlari
B.Taxt xoinlari
C.Abbos
D.Adolat va haqiqat
3.Mirzo Ulug’bek “Farmonlarga oxirgi imzom”,­deganda Ulug’bek qaysi farmonni nazarda
tutadi?A.Piri Zindoniyni qamoqdan ozod qilishni
B.Abdulatif Mirzoga taxtni topshirishni
C.Ulug’bek rasadxonasida ishni to’xtamaslikni
D.Olimlarga adolatli munosabatda bo’lishni
4.Mirzo Ulug’bek necha yil taxga hukmronlik qiladi?
A.38 yil
B.35 yil
C.30 yil
D.40 yil
5.”O’g’illardan yalchimagan ,benasib padar,
O’z shogirdin o’g’il deya topar tasalli?”
Bu o’rinda kim nazarda tutilgan?
A.Sakkokiy
B.Abdurazzoq Samarqandiy
C.Ali Qushchi D.Bek Arslon
Javoblar:1. B
2.A
3.A
4. D
5.C
Uyga vazifa:
O’quvchilar bilimini baholash
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Darsning mavzusi:Maqsud Shayxzoda “Mirzo Ulug’bek”tragediyasi tahlili.Qahramonlarga
tavsif.Nazariy ma’lumot:tragediya
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy­asarni g’oyaviy­badiiy tahlil qilish,qahramonlarga tavsif berish va tragediya haqida nazariy
ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy­asarda ilgari surilgan adolat,haqiqat,jaholatga qarshi kurash,buyuk ajdodlarga hurmat va
ehtirom tuyg’ularini tarbiyalash;


d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning fikrlash salohiyati,dunyoqarashi va nazariy bilimlarini
takomillashtirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:ifodali o’qish,asar tahlili,bahs,nazariy ma’lumot;
Darsning jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,Mirzo Ulug’bek siymosi va ilmiy
asarlar,tarqatmalar;
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida “Mirzo Ulug’bek”asari yuzasidan savol­javob;
2.Asar voqealari rivoji yuzasidan darslikdagi savol­topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Asardan parchalar ifodali o’qib,uni g’oyaviy­badiiy tahlil qilish va matn ustida ishlash­bahs­
munozara asosida;
Xizmatimda,suhbatimda yurgan do’stlarga,
Arboblarga qasos tig’I botirilmasin!
Bu shartimga ahli parda rozimi?
Mirzo Ulug’bek taxtni o’g’li Abdulatifga topshirar ekan,ulardan mamalakatda fitna – fasot
tugatilishini,qo’shni xalqlqrga yurish qilib,xalqqa naftat yog’dirmaslikni,ahli ulamolarga zarar
yetkazmaslikni,haramidagi ayollat nomiga g’ubor tekizmaslikni,kutubxona,kitoblari va rasadxonaga
zavol yetkazmasliklarini so’raydi.
Men davramda do’stlarimni ko’raman yana,
Demak,bizga o’lim yo’qdur ,men bo’lmasam­da.
Bu Ulug’bekning so’ngi so’zlari edi.Ha ,Mirzo Ulug’bek nomi o’chmaydi.U osmonimizda hart un
yulduz bo’lib chaqnaydi.Uning “Ziji Ko’ragoniy ”asari necha asrlardan buyon yulduzlar ilmini
o’rganish uchun ham muhim manbadir…
II.”Mirzo Ulug’bek ”fojeasi haqida berilgan adabiy maqola ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Savollar:
1.Badiiy adabiyotning turlarini aytib bering
2.Dramatik turlarni sanab bering.
3. “Mirzo Ulug`bek” fojeasining yakuni sizda qanday taassurot qoldirdi?
4.Oxiri fojea bilan tugallanadigan asarlardan qysilarini bilasiz ?
5.Oxiri fojea bilan tugallanadigan asarlar qanday asarlar deb yuritiladi?
II.Tragediyaadabiyotningdramatikturjanrlaridanbiribo`lib, uninglug`aviyma`nosiyunonchatragos
–echki , ode –qo`shiq; tragediya –echkiqo`shig`ima`nosinianglatadi. Qadim yunonlarda hosil xudosi
Dionis shrafiga xalq bayramlari o`tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so`yilib dasturxonga
qo`yilgan.Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib yurishib , turli sahna tomoshalarini
ko`rsatishgan.Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan.Keyinchalik bu so`z oqibati fojia bilan
tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo`llana boshlagan.
Tragik asar ,ya`ni tragediyaning boshqa sahna asarlari(komediya, drama, monodrama , intermediya)dan
farqi shundaki,u qahramonlar o`rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi,qahramonlar taqdiri fojia
bilan yakun topadi, ular o`rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi.Fojeiy asar
qahramonlar xarakterining yorqinligi , ichki kolliziya (qarama­qarshilik,to`qnashuv) kuchliligi,
personajlar o`rtasidagi konfliktning o`ta kuchli


Ekanligi bilan farqlanadi.Tragediya murosasiz kurash ,g`oyatda keskin ziddiyat zaminiga
quriladi.Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli , suronli siyosiy voqealar , turli ijtimoiy ,
shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko`rsatiladi.
Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot­mamot masalalarini ko`tarib chiqadi.Ijobiy
qahramon istagi ,qarashlari bilan u yashagan muhit o`rtasidagi ziddiyat tragediyaning asosiy kolliziyasi
(qarama­qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni e`zozlagan , haqiqat fidoyisi, yaxshi inson
fojiasi uning o`limi bilan tugaydi.Biroq bu qayg`uli , faqat ko`zyosh oqizib tomosha qiladigan holat
emas, balki dramaturg ko`zda tutgan ezgu g`oyalarning tantanasi , kelajakka katta ishonch bilan
yo`g`rilgan ijtimoiy ruhning g`olib kelishidir.Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar
davomida o`zlarining kaltabinliklari , ma`naviy tubanliklari , taraqqiyot dushmanlari kabi “xislat”larini
fosh etadilar.fojeiy sahna tomoshasi so`ngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham o`limi bilan
tugaydi.
Tragediyaning paydo bo`lishi antic davr marosimlariga to`g`ri keladi.Yunonlarning hosil xudosi Dionis
sharafiga echki so`yib bayram qilishlari , “echki qo`shig`i” degan iboraning paydo bo`lishiga sabab
bo`lgan omildir.Haqiqiy tragik asarlarni yaratish esa miloddan avvalgi beshinchi asrga kelib o`zining
kamolot bosqichiga ko`tarildi.Esxilning “Zanjirband Prometey”, “Oresteya”, Sofokl “Shoh Edip”,
“Antigona”, Evripidning “Elektra”, “Medeya”, “Gerakl” kabi tragediyalarni optimistic ruh ,adolat va
haqiqatning qaror topishi , yuksak insoniy tuyg`ularning maromiga yetkazib tarannum etishi bilan
ajralib turadi. Bu asarlar yunon sahna san`ati , xususan, tragediyasining dovrug`i jahonga yoyilishiga
sabab bo`ldi.
Yevropada tragediya uyg`onish va unan keyingi davrarda ham keng rivojlandi.Ispan dramaturglari
Lope de Vega ,Kalderon , ingliz yozuvchisi V.Shekspir,nemis dramaturglari Gyote, Shiller, rus shoiri
A.S. Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratadilar.Ular yaratgan “Otello”, “Gamlet”, “Romeo
va Julyetta” , “Boris Godunov” kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlarining sahnasida takror­
takror o`ynalmoqda.
O`zbek adabiyotida tragediyaning go`zal namunalarini Mahmudxo`ja Behbudiy – “Padarkush” (1911) ,
Abdurauf Fitrat – “Abulfayzxon” (1926), “Mirzo Ulug`bek” (1961) tomonidan yaratildi.
Takrorlash
Savollar bilan ishlash
1.Adabiy turlarni sanab bering
2.Tragediya so`zining kelib chiqishi haqida gapiring .
3.Tragediyaning otasi kim?
4.Tragediyaning g`ozal namunalarini sanab bering
5.O`zbek adabiyotida yaratilgan qanday tragediyalarni bilasiz?
III.Tragediya haqida darslikda berilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish.
IV.Test sinovi:
1.Mirzo Ulug’bekning qotili kim ?
A.Abbos
B.Ota Murod
C.Berdiyor
D.Yigitali
2.”Yetim qolgan el dardiga kuyib yig’layman,
Bosh qo’yaman tuprog’iga ulug’ insonning”.Bu fikrlar kimga tegishli?
A.Ali Qushchi
B.Berdiyor
C.Sakkokiy
D.Piri Zindoniy
3.Ulug’bek Ali Qushchini kim deb atagan?
A.Aziz shogirdim
B.Farzandi arjumand
CYaqin insonim
D.Suyukli o’g’lim
4.”Tragediya”so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A.Mungli qo’shiq
B.Fojeali asar
C.Echki qo’shig’I
D.Ziddiyatlar olami
5.Koinotning chamanida ochgan yo’limz,
Yo’lchilarsiz qolmas,biling,aziz muallim!
Orta borar yulduz soni jadvalingizda,
Qoningizda o’sib chiqar shodlik gullari.
Asar oxirida berilgan bu umidli so’zlar kimga tegishli?


A.Ali Qushchi
B.Berdiyor
C.Ota Murod
D.Sakkokiy
Javoblar:1. A
2.D
3.B
4.C
5.A
Uygavazifa:Asar qahramonlariga tavsif
O’quvchilar bilimini baholash
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu: 5­nazorat ishiga tayyorlanish.
Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi”
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari asosida bkmlarini nazorat qilish;
b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida mehr­muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota­
onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi:nazorat;
Dars uslubi:bahs,asar tahlil,savol­topshiriqlar ustida ishlash,reja tuzish;
Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tganmavzuvauygavazifaniso’rash:
1.Tarqatmalar asosida asar yuzasidan savol­javob o’tkazish;
2.Asar qahramonlariga tavsif.
Dar sningmohiyatinianglashbosqichida:
I.”Mirzo Ulug’bek”tragediyasidan parchalar o’qib,g’oyaviy­badiiytahlilqilish:
Ma’rifatning dargohiga qo’ydim ixlosim,
Og’ir bo’ldi qismat menga qo’ygan vazifa.
Men , sultonlar o’rtasida bo’ldim donishmand,
Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.
Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo,
Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim
Mirzo Ulug’bek bu misralari orqali davlatchilik faoliyati ma’rifatchilik asosiga qurilganligiga ishora
qiladi.Ma’rifattufayliyurtniobod qilgan Ulug’bek nomi hali­hamon adolatvahaqiqat,ilm va ma’rifat
nomlari bilan birga tilga olinadi…
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
Dar sningmustahkamlashbosqichida:
I.Insho mavzusi yuzasidan bahs­munozara:
“MirzoUlug’bek–ilm va ma’rifat homiysi”
II..Mavzuga oid reja tuzish
2.Qisqa fikrlarni yig`ish
Mirzo Ulug`bek ilm va ma`rifat homiysi
Reja :
I.Kirish:
1.Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.
2. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi ­M.Shayxzodaning shoh asari.
II.Asosiy qism:
1. “Temurbek naslidin Mirzo Ulug`bek…”.
2.Mirzo Ulug`bek kamolotida Amir Temur va Shohruhning o`rni.


3. Ulug`bek Mirzo va Abdulatif Mirzo o`rtasidagi munosabatlar.
III.Xulosa:
1. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi­o`zbek dramaturgiyasi gultoji.
2.Mirzo Ulug`bek zakosi­ mangu ,barhayot.
Uygavazifa:”Mirzo Ulug’bek ilm va ma’rifat homiysi”mavzusidagi inshoning qoralama nusxasini
yozib kelish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Takrorlash.
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu: 5­nazorat ishi
Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi”
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy­ o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari asosida bkmlarini nazorat qilish;
b) tarbiyaviy­o`quvchilar qalbida mehr­muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota­
onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi­og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi:nazorat;
Dars uslubi:bahs,asar tahlil,reja tuzish,insho yozish;
Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rish ,kerakli izoh va tushunchalar berish hamda insho yozishga
tayyorlanish;
II.O’quvchilarning insho yozish jarayonini nazorat qilish;
Darsning mustahkamlash bosqichida;
I.
Mirzo Ulug`bek ilm va ma`rifat homiysi
Reja :
I.Kirish:
1.Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.
2. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi M.Shayxzodaning shoh asari.
II.Asosiy qism:
1. “Temurbek naslidin Mirzo Ulug`bek…”
2.Mirzo Ulug`bek kamolotida Amir Temur va Shohruhning o`rni.
3. Ulug`bek Mirzo va Abdulatif Mirzo o`rtasidagi munosabatlar.
III.Xulosa:
1. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi­o`zbek dramaturgiyasi gultoji.
2.Mirzo Ulug`bek zakosi mangu ,barhayot.
Bobolardan so`zladim, ammo
Bir kalom bor so`z avvalida.
Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,
Ko`ragoniy jadvallarida.
Qotil qo`li qilich soldi mast,
Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.
Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,
U Ulug`bek ko`zidagi yosh.


Yerda qolgan o tanim manim,
O`zbekiston ,Vatanim manim.
Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.Ayniqsa,uning “Mirzo Ulug’bek”tragediyasi tarix va
haqiqat bilan yaqindir.Unda Mirzo Ulug’bek buyuk va adolatli shoh,xalqparvar hukmdor,ilm ahli va
ma’naviy meros g’amxo’ri,buyuk olim sifatida gavdalanadi.Mirzo Ulug’bek­Amir Temurning suyukli
nevarasi.U buyuk Temur saltanatini saqlay olmaganidan afsuslanadi va Temur ruhidan madad so’raydi.
O’z taxtini Abdulatifga topshirayotgan dam u xalqqa,ilm ahliga adolat qilishni,buyuk merosga ,ahli
ayol nomusiga ziyon keltirmaslikni so’raydi.O’z o’g’illaridan mehr ko’rmagan Ulug’bek Ali Qushchini
“farzandi arjumandim”deb ataydi.
Madrasada va rasadga yetmagay zavol!
Kutubxonam,kitoblarim saqlansin omon!..
Bugun Mirzo Ulug’bek qalblarda va tilarda mehr bilan tilga olinadi.Bugun ham “Ziji jadidi
Ko’ragoniy”jadvali yulduzlar ilmi uchun muhim manba hisoblanadi.
Har tun yulduzlar nuri ila bu ulug’ siymoni yod etamiz…
Ma’rifatning dargohiga qo’ydim ixlosim,
Og’ir bo’ldi qismat menga ortgan vazifa.
Men,sultonlar o’rtasida bo’ldim donishmand,
Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.
Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo,
Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.
Uyga vazifa:Darslikdan tashqari badiiy asarlar o’qish.
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Darsning mavzusi:5­nazorat ishi tahlili
Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi”
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy­ o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari,shu bilim vako’nikmalar asosida yozgan
insholarini tahlil qilish;
b) tarbiyaviy­o`quvchilar qalbida mehr­muhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota­
onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi­og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:tahlil,ijodiy ish;
Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar,tarixiy shaxslar
timsoli;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O’quvchilarning 5­nazorat ishidan olgan baholarini izohlash va tahlil qilish;
II.Xatolar ustida ishlash:
a)imlo xatolari ustida ishlash;
b)ishoraviy xatolar ustida ishlash;
d)uslubiy xatolar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ijodiy ish: Tariximizning buyuk timsollari
Reja:


1.Ajdodlar merosi muqaddas.
2.Men buyuk yurt farzandiman.
3.Buyuk bobolar izidan.
Biz Amir Temur,Mirzo Ulug’bek,Jaloliddin Manguberdi ,To’maris,Alisher Navoiy,Zahiriddin
Muhammad Bobur,Abu Ali ibn Sino,Beruniy,Xorazmiy,Forobiy …kabi mard ,jasur,oqil­u dono
ajdodlar avlodimiz.Ular bizga mardlik,ulug’ saltanat,adolat,haqiqat bilan birga yuksak ma’naviy
xazinalrni meros qilib qoldirganlarki,bu buyuk xazinalar hali­hanuz dunyo ahlini lol qoldirib
kelmoqda.Ular yaratgan ilm sirlari dunyo ilm ahliga dasturamal bo’lib kelmoqda…
Men shunday buyuk yurt farzandi ekanligimdan g’ururlanaman.Bu g’urur meni ular merosini
asrashga,ular izidan borishga undaydi.Chunki ajdodlarga munosib farzand bo’lmoq joiz.
Buyuk bobolar izidan borib,yurt nomini dunyoga taratmoq,erkinlik nashidasi ila yuksakliklarga
intilmoq,ozodlik ruhini asray bilmoq har bir yurt farzandi uchun ham farz,ham qarzdir.Buyuk bobolar
ruhi bizni hamisha bizni qo’llagay..
II.Buyuk bobolar haqidagi she’rlar va badiiy asarlar yuzasidan suhbat…
Bobolardan so`zladim, ammo
Bir kalom bor so`z avvalida.
Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor,
Ko`ragoniy jadvallarida.
Qotil qo`li qilich soldi mast,
Quyosh bo`lib uchdi tillabosh.
Do`stlar ko`kda yulduzlar emas,
U Ulug`bek ko`zidagi yosh.
Yerda qolgan o tanim manim,
O`zbekiston ,Vatanim manim
III.Ijodiy ishlar tahlili.
Uyga vazifa:Tarixiy shaxslar haqidagi sh’erlardan yod olish va tarixiy­badiiy asarlar o’qish.
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu: Usmon Nosir hayoti va ijodi. “Yurak” she`riy dostoni
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­ Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida bilim berish,”Yurak”
she’rini ifodali o’qish ,she’rni g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida adabiyotga qiziqish,she’riyatga shaydolik,go’zal insoniy fazilatlarni
singdirish;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning she’riyatga bo’lgan qiziqishini va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars uslubi:nazm gulshani,tahlil,bahs;
Dars jihozi :8­sinf adabiyot darsligi,Usmon Nosir siymosi,badiiy asarlar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida “Mirzo Ulug’bek”darmasi yuzasidan savol­javob;
2.Dramadan olgan taassurotlar.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:


I.Savollar:
1.30­yillar qatag`oni haqida nimalarni bilasiz?
2.30­yillarda qatag`onga uchragan ijodkorlardan kimlarni bilasiz?
II.Nazm gulshani:Quyi sinflarda o’tilgan Usmon she’rlari asosida.
III.Usmon Nosir 1912­yilning 13­noyabrida Namangan shahrining “Chuqurko`cha” dahasida
tug`ildi.Usmon Nosir 4 yasharligida onasi bilan Qo`qon shahriga ko`chib keldi. Masodiq Nosirhoji
xonadonida kamol topa boshladi.Shu yerlik bolalar qatori internatda o`qib tarbiyalandi.O`rta maktabda
va Samarqanddagi o`zbekiston dorilfununida o`qib yurgan kezlaridayoq u shoir Usmon nosir bo`lib
tanildi. U.Nosirning nomi yigirmanchi yillarning oxirlaridayoq o`quvchilarga tanila
boshladi.O`ttizinchi yillarda esa , uning asarlarini kitobxonlar intiqlik bilan kutadigan shoirga aylandi.
Endi uni “tabiatan shoir”, “tug`ma shoir” deb
ta`rifladilar .Ana o`shanda U.Nosir 20 yoshlarda edi.
Usmon Nosir 18 yoshidan 24yoshigacha bo`lgan davrda ijod qildi.Shu qisqa 6­7 yil ichida u beshta
she`r to`plami :
“Quyosh bilan suhbat”,“Safarbar satrlar”,“Traktorobod”,“Yurak”,“Mehrim”
Ikkita doston:“Norbo`ta”,“Naxshon”
To`rtta drama:
“Atlas”,“Zafar”,“So`nggi kun”,“Dushman”asarlarini yaratdi
Badiiy tarjima sohasida ham shoir o`ziga xos tarjimonlik madaniyatini va poetik didini namoyish
qilgan edi.
N.A.Dobrolyubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?” asari
V.I.Kirshonning “Ulug` kun”dramasini
A .S.Pushkinning “Bog`chasaroy fontani”
M.Yu.Lermontovning “Iblis”nomli dostonlarini shuningdek Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko`pgina
asarlarni o`zbek tiliga tarjima qildi.
U .Nosirning 1927 yildan 1932­yilgacha bol`gan ijodida publisistika,voqealarga publisistik
munosabat , publisistik pafos va ritorika ko`proq ko`zga tashlanadi.
Shuning uchun uning she`rlari chaqiriq bo`lib yangraydi.Bu xususiyat usmon Nosir ijodining zamon
talabiga hozirjavobligini ko`rsatdi.
“Usmon she`riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo`ronday!U shunday to`polon va to`lqin bilan
keldiki,uncha­muncha she`riy uslub vaijodni to`s­to`s qilib yubordi.Uni o`zimizda “O`zbekning
Lermontovi”Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo`ldi” deb yozishdi”,­deydi shoir
TurobTo`la.
Usmon Nosir 1944­yil 23­martda 32 yoshida Uzoq Sharqda vafot etdi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.She’rim !Yana o’zing yaxshisan,
Boqqa kirsang ,gullar sharmanda.
Bir men emas,hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
“Yana she’rimga”
Sen yuragimning chashma suvisan,
Sen ko’zlarimning gavhar nurlari.
Sening bahongni kim so’rasa,de:
“Bahom –umrning bahosiga teng”.
“She’rim”
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bog’im.
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
She’rlarim yangrab qolur,
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog’im.


(“Bog’im”)
Usmon Nosir har bir she’rida ichki kechinmalarini bayon qilib,dard­iztiroblarini,orzu­o’ylarini bayon
etadi.Mana shu misralar orqali shoir mangu yashaydi.
II.”Yurak”she’rini ifodali o’qish,g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo’r etding.
Ko’zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim…
Shoir bu she’rida ham qalb tug’yonlarini soddalik va ta’sirchanlik bilan ifoda etadi.Shoir har bir
yurakni Vatanni sevishga..undaydi…
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo’lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylansen,
Yoril!Mayli tamom o’lsam.
III.Test sinovi:
1.Usmon Nosir 20yoshida qanday nom bilan ta’rifladilar?
A.Tabiatan shoir,tug’ma shoir
B.O’zbekning Lermontovi
C.Sharq Pushkini
D.Bo’ronday kuchli
2.”Atlas”,”Zafar”,”So’nggi kun”,”Dushman”asarlari qanday janrda yozilgan?
A.She’riy ro’plam
B.Doston
C.Drama
D.Ballada
3.”Sen yuragimning chashma suvisan,
Sen ko’zlarimning gavhar nurisan”,­deb shoir nimaga ta’rif beradi?
A.Yurakka
B.Orzu­o’ylariga
C.She’rga
D.Asarlariga
4.“Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo’ronday!...”Bu fikrlar kimga tegishli?
A.Cho’lpon
B.Usmon Azim
C.Turob Tola
D.E.Vohidov
5.Moskva gazetalarida Usmon Nosir qanday ta’riflanadi?
A.”O’zbekning Lermontovi”
B.”Sharqda Pushkin paydo bo’libdi”
C.”Tug’ma shoir”
D.”Tabiatan shoir”
Javoblar:1. A
2.C
3.C
4.C
5.B
Uyga vazifa:Otilganlarni o’zlashtirish va “Yurak “she’rini yod olish
O’quvchilar bilimini baholash.
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu: U.Nosir. “Nil va Rim” va “Monolog”she’rlari
Darsning maqsadi:a)ta`limiy­Usmon Nosirning “Monolog”va “Nil va Rim ”she’rlarini ifodali o’qish
va g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy­she’rlarda ilgari surilgan mehr­muhabbat,jaholatga qarsgi kurashish,iliq tuyg’ular ruhida
tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning sh’er tahlil qilish,ifodali o’qish ,fikrlash salohiyati va
dunyoqarashini takomillaashtirish;
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,qiyoslash;
Dars jihozi :Adabiyot darsligi, Usmon Nosir siymosi,tarqatmalar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:


Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish, navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida usmon Nosir hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob;
2.Shoirning “Yurak”she’rini yod olish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Savollar: 1.U.Nosir qachon qayerda tug`ilgan?
2.U.Nosirning bolaligi qanday kechgan?
3.U.Nosir nechanchi yillarda shoir bo`lib tanilgan?
4.U.Nosirning she`riy to`plamlarini sanab bering
5.U.Nosirning dramalarini sanab bering.
6.U.Nosirning she`riy dostonlarini sanab bering
7.U.Nosir qanday asarlarni tarjima qilgan?
8.U.Nosir haqida qanday fikrlar bildirildi?
II.”Nil va Rim”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviy­badiiy tahlil qilish.
Tayanch tushunchalar: Ro,Aziriso,Tifon­qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi
Fir`avn­qadimgi Misr davlatini boshqargan hukmdor
Munis,Ramzes,Kleopatra­quldorlik davri Misr hukmdorlari
Avval bahor osmonidek­erta bahor osmonidek
Ochun –dunyo,olam
Homer –qadimgi yunon shoiri ,ko`zi tug`ma oiz bo`lgan
Sezar­Rim imperiyasini boshqargan hukmdor
Spartak –Rim quldorlik tuzumiga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonning rahbari
Sud –ma`no, mohiyat
Aflotun (Platon)­qadimgi yunon faylasufi
Vergiliy –qadimgi yunon shoiri
…To Minisdan Ramzesgacha ,Ramzesdan nari
“Malika qiz”­Kleopatra hukmron davri.
Undan tortib …yana uzoq ,yana ko`p yillar
Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo`llar.
Ko`zyoshidan dil toshidan qurilgan haykal
Mag`rur turar ,mag`rur boqar hech biron mahal
Na odamdan ,na zamondan qo`rqmas asti u.
G`azabini yutib o`lgan qullar dasti bu!
Ushbu misralarda shoir o`zi la`natlayotgan davrda hayot ,tiriklik mantig`i insoniy turmush tarzining
oyog`i osmondan keltirilganini mana shu “g`alati o`xshatish”lar orqali ham bo`rttirib ifodalaydi.
Fir`avnlarning qabri bo`lmish Misr ehromlari , bu mamlakatdagi tosh haykallari ,mana necha asrlarki,
“na odamdan, na zamondan qo`rqadi”.Ular shu qadar mustahkam ,shu qadar chidamli.Holbuki, shoir
nazarida , bularning bari “G`azabini yutib o`lgan qullar dasti”dir.Xo`rlik, nochorlik, alamli hayot
og`riqlariga qarshi mahkam tugilgan inson mushti ular.
Asarda naqarotdek ikki bor qaytarilgan , “Mana menman , u isyonning o`lmas avlodi…” deya
boshlanuvchi fidoyi hayqiriq ,go`yo U.Nosir o`zini kutayotgan og`ir rksizlik , surgun zulmatlariga
oldindan ko`tarilayotgan isyondek yangraydi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Monolog”she’rini ifodali o’qish va g’oyviy­badiiy tahlil qilish;
Sevgi!Sening shirin tilingdan,
Kim o’pmagan,kim tishlamagan?
Darsding yovday tilib ko’ksidan,
Kim qalbidan qonlar to’kmagan?


Ishq­muhabbat jahon adabiyoti,tasviriy va qo’shiqchilik san’ati ,musiqasining doimiy va hech qachon
ohori to’kilmaydigan mavzisidir.”Monolog” she’ri sevgi­muhabbat mavzusi mutlaqo yangi nuqtayi
nazardan turib yoritilgan ,talqin etilgan o’lmas asar hisoblanadi.She’rda muhabbat dostonlarining
go’zal timsollari,ularning jasorati va sadoqati kuylanadi…Mashhur tatar shoiri Xodi Toqtash”Muhabbat
o’zi eski narsa,lekin har bir yurak uni yong’orta(yangilaydi)”,­deb aytgan edi.
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash;
III.Test sinovi:
1.Firavnlar ..
A.Qadimgi Misrni boshqargan hukmdorlar
B.Xudolar nomi
C.Quldorlar nomi
D.Quldorlik davri Misr hukmdori
2.”Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo’q…”misrasida qanday san’at qolllanilgan?
A.Jonlantirish
B.O’xshatish
C.Tazod
D.talmeh
3.”Odam bilan hayvon o’yin ko’rsatar emish…”misrasida shoir qaysi voqeaga murojaat qiladi?
A.Masxarabozlarning hayvonlarni o’ynatishi
B.Odamlarni hayvonlarga tiriklayin yedirish
C.Qullar va yo’lbarslar olishuvi
D.Odamlarning hayvonlarhi qirib yuborishi
4.”Muhabbat ul o’zi eski narsa,lekin har bir yurak uni yong’orta(yangilaydi) ”,­degan fikr kimga
tegishli?
A.Turob To’la
B.Oybek
C.Usmon Nosir
D.Xodi Toqtash
5.”Dezdemona ,gunohsiz dilbar,
Jigar qonlaringni ichgan kim?...”Dezdemona­qaysi asar qahramoni?
A.”Hamlet”
B.”Otello”
C.”Qirol Lir”
D.”Anna Karenina”
Javoblar:1.A
2.B
3.C
4.D
5.B
Uyga vazifa:She’rlardan birini yod olish
O’quvchilar bilimini baholash.
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu: Asqad Muxtor hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: Asqad Muxtor hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy:o`quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:yangi bilim beruvchi;
Dars uslubi:nazm gulshani,suhbat,matn ustida ishlash;
Dars jihozi :darslik,Asqad Muxtor siymosi,tarqatmalar;
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida o’tilgan mavzular yuzasidan savol­javob;
2.Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodidan namunalar yod etish;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Nazm gulshani:quyi sinflarda yod olingan Asqad Muxtor she’rlari asosida:
Ko’k yuzida pag’a bulut,oq bulut,
Oq bulutdan sut yog’armi yoki qut.
Pag’a bulut yaxshi ko’klam elchisi,


Havolarda yomg’ir isi,sel isi…
II.XX asr o`zbek she`riyati ,nasri, tarjimachilik san`ati va dramaturgiyasi rivojida Asqad Muxtorning
alohida xizmatlari bor.Jahon adabiyotining eng sara namunalarini puxta o`rgangan,badiiy ijodga juda
jiddiy faoliyat turi sifatida qaragan bu adib o`zidan boy va ibratli meros qoldirdi.
Asqad Muxtor 1920­yilning 23­dekabrida Farg`ona shahrida temiryo`lchi oilasida tavallud
topdi.Bo`lajak adib 11 yoshga yetganda otasi vafot etadi. Asqad Muxtor balog`at yoshiga yetguncha
bolalar uyida tarbiya topadi,o`qiydi.
1936­yilda Toshkentga kelib jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o`qishga kiradi,gazeta tahririyatlarida
ishlaydi.1938­yilda Asqad Muxtor Samarqanddagi dorilfununga o`qishga kiradi.Urush yillari bu ilm
dargohi O`rta Osiyo dorilfununiga qo`shilishi bilan ko`pchilik qatori A.Muxtor ham Toshkentda
o`qishni davom ettiradi.Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach ,uni Andijonga ishga yuboradilar.U
yerdagi Pedagogika institutida 3 yil davomida o`zbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat
ko`rsatadi.1945­yilda Asqad Muxtorning taqdiri yana Toshkent bilan bog`lanadi.U o`z davrining ko`zga
ko`ringan matbuot nashrlari­“Yosh leninchi”, “Qizil O`zbekiston” gazetalarida bol`im mudiri ,mas`ul
kotib vazifalarini bajaradi.1960­1965­yillar oralig`ida Asqad Muxtor Respublikaning eng yirik adabiy
nashri­ “Sharq yulduzi” jurnaliga muharrirlik qiladi.U “Guliston”jurnaliga , “O`zbekiston adabiyoti va
san`ati” haftalik gazetalariga muharrirlik qiladi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
II.Asqad Muxtorning adabiy merosi haqida:
Asqad Muxtor badiiy ijod bilan ham muntazam shug`ullanadi:
1935­1938­yillarda “Tilak”, “Tong edi” , “Totli damlar”nomli ilk she`riy asarlari dunyo yuzini ko`radi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Asqad Muxtor “G`alaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”,
“Tug`ishganlar qaytdi”, “Sog`inish” singari o`nlab she`rlari urush davri o`zbek poeziyasi namunalari
bo`lib qoldi.
She`riy to`plamlari
“P`olat quyuvchi”­1947,“Hamshaharlarim”­1949
“Rahmat ,mehribonlarim”­1954,“Chin yurakdan”­1956
“99 miniatura”­1962,“Karvon qo`ng`irog`i”­1964
“She`rlar”­1966,“Quyosh belanchagi”­1971
“Sizga aytar so`zim”­1978
Nasriy asarlari:
“Daryolar tutashgan joyda”­1950
“Buxoroning jin ko`chalari”­1980
“Bo`ronlarda bordek halovat”­1982
“Jar yoqasidagi chaqmoq”­1982
“Kumush tola”­1987 isngari qissalari
“Davr mening taqdirimda”­1964
“Chinor”­1969­1973
“Amu” 1984kabi romanlari nashr ettirildi
Bolalarga bag`ishlangan
“Chinyurakdan” 1956 she`riy to`plam
“Hayotga chaqiriq” 1956
“Dunyo bolalari”1962
hikoyalar to`plami
Asqad Muxtor tarjimabilan ham unumli shug`ullandi.U buyuk dramaturg Sofokl qalamiga mansub
“Shoh Edip” asarini o`zbek tiliga tarjima qildi.Bundan tashqari Pushkin,Lermontov,
Tagor,Mayakovskiy, Blok,Gorkiy,Shevchenko singari klassiklardan ajoyib namunalr tarjima qildi
Asqad Muxtor umrining oxirida –sog`lig`i yomonlashib qolganda ham badiiy ijoddan to`xtamadi.
Uning “Uyqu qochganda” “Tundaliklar” deb nom berilgan badiiy­falsafiy mushohadalari asari uning
yaqqol dalilidir.
II.Test sinovi:
1.Asqad Muxtor qanday oilada tavallud topgan?


A.Temirchi
B.Temiryo’lchi C.Kosib
D.Ziyoli
2.1960­1965­yillarda shoir qaysi jurnalga muharrirlik qiladi?
A.”Sharq yulduzi” B.”Jahon adabiyoti” C.”Gulxan”
D.”Til va adabiyot”
3.Ikk she’riy to’plamlari berilgan qatorni toping:
A.”Chin yurakdan”,”Karvon qo’shig’i”
B.”Dunyo bolalari”,”Tong”
C.”Tilak”,”Tong edi”,”Totli damlar”
D.”G’alaba ishonchi”,”She’rlar”
4.”Opa­singillar”,”Tug’ilish”,”davr mening taqdirimda”asarlari qaysi janrda yozilgan?
A.Qissa
B.Hikoya C.She’rlar D.Roman
5.Adibning 1962­yilda yozilgan hikoyalar to’plami:
A.”Dunyo bolalari”
B.”Amu”
C.”Hayotga chaqiriq”
D.”Chin yurakdan”
Javoblar:1.B
2.A
3.C
4.D
5.A
Uyga vazifa:Darslikda berilgan “Chinor” romanidan olingan parchani o`qish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romani
Darsning maqsadi:
a)ta`limi­oquvchilarga “Chinor”romani,uning tuzilishi haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida qarindoshlar o’rtasida mehr­muhabbat,ezgulik tuyg’ularini
tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishini takomillashtirish;
Dars turi :yangi bilim berish;
Dars uslubi:ma’lumot berish;ifodali o’qish,asar tahlili,bahs;
Dars jihozi : “Chinor”romani, darslik,tarqatmalar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
Savollar ustida ishlash
1.Asqad Muxtor qachon qayerda tug`ilgan?
2.Asqad Muxtorning bolaligi qanday kechgan?
3.Asqad Muxtorning tahsil yo`nalishini aytibbering
4.Asqad Muxtor qaysi gazeta va jurnallarda ishladi?
5.Asqad Muxtorning ilk she`riy asarlarini aytib bering
6.Asqad Muxtorning dastlabki she`riy to`plamlarini sanab bering
7.Asqad Muxtor qalamiga mansub romanlarni sanab bering
8.Asqad Muxtor qalamiga mansub qissalarni sanab bering
9.Asqad Muxtorning bolalarga bag`ishlangan asarlarini sanab bering
10.Asqad Muxtor umrining so`ngida yozgan badiiy­falsafiy asar qanday
nomlanadi?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.“Chinor”romani
Asqad Muxtor romanlari ichida ,ayniqsa, “Chinor” asari muallifga katta shuhrat keltirgan.Bu asar
o`ziga qadar yaratilgan o`zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi.
Avvalo ,romanning kompozitsion tuzilishi –asar voqea–hodisalarining o`zaro shaklan joylashuvi
boshqa asarlardan keskinfarq qiladi.Unda go`yo bir­biri bilan bog`lanmaydigan qator hikoyalar
,rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi.Ularda tasvirlangan voqea­hodisalar ham zamon,
vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga buysunmaydi.Masalan, roman yaratilgan davr(o`tgan asrning 60­


yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o`rin
beriladi.
Aslida ,romanga jalb etilgan barcha katta­kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz­93
yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog`lanadi.
Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq­yaqin qarindoshlaridan xabarolgani otlangan
Ochil buva olis safarga chiqadi.
O`ta qiziqarli va ibratli safar asnosida Ochil bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir­biriga ulanib
ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinamiz.
Bu taqdirlar bir­biri bilan Ochil buva orqali bog`lanib ,yagona shajarani­azim Chinorni vujudga
keltiradi.
II.Darslikda berilgan parchadan o’qib ,asarni g’oyaviy­badiiy tahlil qilish.
Darsninh mustahkamlash bosqichida:
I.Bu romandan o`rin olgan hikoya va qissalar ,ko`p asarlarda bo`lgani singari,albatta , yaxshilik bilan,
ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g`alabasi bilan tugavermaydi.Asarda o`nlab insonlar taqdiri
borki, shafqatsiz va chigal hayot bo`roni ularni xuddi cho`ldagi bir uyumxashak singari sarson­
sargardon qiladi.
Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish , ularni “to`g`ri yo`lga solib yuborishdan” o`zini tiyadi
Hozirgi paytda o`zbek adabiyotshunosligida ko`p tilga olinayotgan “shafqatsiz realizm” ko`rinishlarini
Asqad Muxtor o`tgan asrning 60­yillaridayoq o`zbek romanchiligiga olib kirgan edi.Bu esa adibning
tashabbuskorligi (novatorligi)dan dalolat beradi.
Ochil bobo ­azim chinor Akbarali esa mana shu chinordagi “mo`rt bir barg”
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1.”Chinor”romani qachon yozilgan?
A.1969­70 y
B.1969­73 y C.1954­55 y
D.1960­63
2.Asardagi barcha qissa,hikoya va rivoyatlar qaysi obraz atrofida birlashadi?
A.Bektemir B.Akbarali
C.Ochil buva
D.Azimjon
3.Bektemir qayerda dushmanga asir tushgan edi?
A. Ukraina yaqinidagi qishloqda
B.Mozdok yaqinidagi qurshovda
C.Berlin chegaralarida
D.Sankt ­Peterburgda
4.Bektemir necha yil sargardonchilikda umr kechirdi?
A.12 yil
B.10 yil
C. 7 yil
D.13 yil
5.Bektemir odamlar uning nimasini ko’rishini istar edi?
A.Mehnatini
B.O’zini
C.Mashaqqatlarni yengganini
D.Baxtli oilasini
Javoblar:1.B
2.C
3.B
4.D
5.A
Uyga vazifa:Darslikda berilgan parcha tahlili
O’quvchilar bilimini baholash
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romanidan berilgan parcha tahlili
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: o`quvchilarda badiiy asar tahlil qilish malakasini shakllantirish;
b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbidmehr­ muhabbat,ezgulik,yashashga ishtiyoq,mardlik va jasorat
tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyatini va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi :yangi bilim berish;
Dars turi:muhokama,tahlil,matn ustida ishlash;
Dars jihozi : darslik, “Chinor”romani,tarqatmalar;


Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida adib hayoti vaijodi yuzasidan savol­javob;
2.Darslikda berilgan savol­topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Aqliy hujum:
1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?
3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan
Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.
4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?
5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?
II.“Chinor” romanidagiobrazlar:
1. Akbarali
2. Ochilbuva
3. Azimjon
4. Sharofatxola
5. Bektemir
6. Bufetchi Sonya
“Chinor” romanidagi joy nomlari:
1. “Shodasoy”
2. “Akbarobod”
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Darslikda berilgan qissadan parchalar o’qish va g’oyaviy­badiiy tahlil qilish:
“Akbarali otasiga uncha o’xshamas,novcha ,ingichka,kamgaproq edi.Lekin kechsidagi hikoyalardan
keyin oqko’ngil Bektemir aka unga yoqib qoldi,ota o’rniga mehribon bir odam o’tirgandek edi....”
Akabarali o`zining faolligi, ishchanligi, mehnatsevarligi bilan do`stlari va rahbarlarning hurmatini
qozonadi. Faol ishchi sifatida uning rasmi hatto hurmat taxtasiga qo`yilgan. U o`z sevgan kasbi,
sevgan yori bilan bir maromda osuda va tinch hayot kechiradi. Uning kunlari ana shunday osuda
o`tayotgan bir paytda , uni yo`qlab otasining xizmatdoshi yo`qlab keladi.
Bektemir aslini olib qaraganda Akbaraliga hech qanday yaqinligi yo`q. Faqat urushga ketayotgan
paytda bir eshelonda ketishgan.Shundan so`ng qaytib uchrashishmagan. Lekin o`sha bir uchrashuvning
o`zida Akbaralining otasi unga yashash joyi, o`g`li haqida gapirib bergan.
Bektemir 1942­yili Mozdok yaqinidagi qurshovda qolib, uch oy jang qilgandan keyin, ochlikdan
sulaygan, o`q­dorisiz o`n yetti yarador bilan birga dushmanga asir tushdi. Darmonga kirib olay, sal
o`zimga kelib, deb lagerma lager yurib,hamma tanishlarini yo`qotdi. Ularni bir joyda uzoq tutishmas,
dam allaqanday yer osti korxonasiga , dam tonnel qurilishiga ,dam tosh karyeriga qo`yishar kechalari
bilan notanish yo`llardan kolonna qilib haydashar edi. Bektemir bu yillar ichida ne­ne odamlarni,
azoblarni ko`rmadi, bir necha tillarni o`rgandi , necha­necha o`limlardan qoldi, necha xil kasalliklarga
yo`liqdi.Endi uning bir ko`rmagani o`lim edi. Hamma narsadan umid uzib , o`limni kutar edi.
Urushdan keyin ularni hamma unutib tashlab ketgan lagerdan amerikaliklar qutqardi. Shundan keyin
Bektgemir ajalga chap berdi hisob­u, lekin endi uning uchun darbadarlikning yangi davri boshlangan
edi. Yevropada elma­el sudralib yurib rizqini terdi, ikki sog`lom qo`lidan bo`lak tayanchi yo`q edi.
Gaplarga qaraganda , Vatanga qaytish xavfli ,u yerda unga o`xshaganlar uchun ham yana lagerlar
tayyor emish. Lekin yo`q, vatangadolikning azobi go`r azobi bilan teng ekan. O`n uch yil
sargardonlikdan keyin yuragini hovuchlab bo`lsa ham yurtiga qaytdi. Qaytib kelsa “Yaxshi qilibsiz,
boring, oilangiz bilan tirikchilingizni qiling” deyishibdi. U tanishlaridan birgina Akabaralini qora
tortib keladi.
II.Test sinovi:


1.Bektemir konda nima qilishga urindi?
A.Odamlarni qutqarishga
B.Transfarmatorni o’chirishga
C.Akbaralini qutqarishga
D.O’tni o’chirishga
2.Akbarali o’z sirini onasidan tashqai yana kimga aytgan edi?
A.Hadyaga
B.Abdusamadga
C.Bufetchi xolaga
D.Singlisiga
3.Akbarali qabristonda nimadan qorqdi?
A.Bektemir ruhidan
B.O’z­o’zidan
C.Yolg’izligidan
D.Onasi vasiyatidan
4.Shodasoy nomi qaysi nom bilan almashgan edi?
A.Akbarobod
B.Konchilar shahri
C.Akbarali G’oziyev
D.Qahramon
5.Shodasoyning salqini bilan qayerdandir pishgan..... hidi anqib turar edi.
A.Olma
B.Behi
C.O’rik
D.Nok
Javoblar:1.B
2.C
3.B
4.A
5.B
Uyga vazifa: Asar marni ustida ishlash
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:_______________________________
Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romanidan parcha
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: “Chinor” romanidagi g`oya haqida suhbat
b)tarbiyaviy: o`quvchilarni irodali bol`ib voyaga yetishishga yo`naltirish
d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Yangi bilim beruvchi
Dars turi: An`anaviy
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi: Savol­javob, munozara, dibat
Dars jihozi : Darslik, shoirning surati
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?
3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan
Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.
4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?
5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?
“Chinor” romanidagi fojiali qismat egalaridan biri – Akbarali obrazi . Akbarali tuppa­tuzuk yigit.
Onasini yaxshi ko`radi, urushda o`lgan otasining xotirasiga hurmatni yo`qotmagan. U “bersang
–yeyman, ursang­o`laman” deydigan odamlar xilidan emas. Konda og`ir sharoitda halol mehnat qiladi,
yaxshi ishlagani uchun hatto faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Uning qalbi ham insoniy tuyg`ular
bilan to`la. Bir qarashda uning hayotdan baxt talab qilishga , umrini tinch­xotirjam o`tkazishga haqqi
bor. Lekin “Hayotim bir tekis , avvaldan rejalashtirganimdek , ortiqcha g`avg`olarsiz o`tadi” degan
kimsa aksariyat hollarda adashadi. Agar hayot rejaga , bir chiziqqa bo`ysunganida edi, insoniyat
allaqachon o`ziga jannatni qurib olgan bo`lar edi. Afsuski, “Uyning gapi ko`chaga to`g`ri kelmaydi!”
Ancha paytga qadar Akbaralining hayoti bir tekis, ortiqcha tashvishlarsiz kechayotgan , u o`zi sevgan
kasbni qilib , tirikchiligini o`tkazib yurgan edi. Agar yarim kechada uning uyiga otasining quroldosh
do`sti Bektemir kirib kelmaganida , balki bu sokin hayot uzoq davom etgan ham bo`lar edi...
Taqdir deganlari o`z aytganidan qolmadi –Akbaralini bir necha daqiqalik sinovga soldi va
shafqatsizlarcha sindirdi!
O`sha mash`um daqiqada Akbaralining ichida kamida ikki his bir –biri bilan ayovsiz olishdi. Ulardan
biri: “Yur, Bektemirga yordam ber, agar ikki kishi bo`lsalaring, ulgurasizlar! Axir Bektemir otang bilan


birga bunaqa xavfning nechtasini yengib kelishgan. Ular cho`chimagan­ku!”, ­deb uni oldinga
chorlasa , ikkinchisi : “Borma, xavfli ,oldinda o`lim turibdi, yosh joning juvonmarg bo`lib ketadi!
Yaxshisi­qoch! Joningni , hayotingni saqla!” –der edi.
Agar fursat salgina ko`proq bo`lganida , ozgina o`ylab­keyin bir qarorga kelishga imkon berganida
edi...
Afsuski, bu gal ham alloma Gafur G`ulom aytgan haqiqat isbotlandi.
Ba`zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz sonishi uchun yetgulik
Ming yulduzni so`ldirishga qudrati yetadigan hal qiluvchi lahzalar Akbarali yulduzni ham
so`ldirdi.Endi uning ko`rgan kuni –kun emas. Azob –uqubat , vijdon qiynog`i, qalb so`rog`i...
Akbaralining bir lahzalik qo`rqoqligi ikki kishining umriga zomin bo`ldi.
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?
3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan
Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.
4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?
5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?
Uyga vazifa:O`qib –o`zlashtirish
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu:SaidAhmadhayotivaijodi. “Qochoq” hikoyasi
Darsningmaqsadi:
a)ta`limiy­Said Ahmad hayoti va ijodi haqida malumot berish,adibning “Ufq”romani haqida tushuncha
berish;
b)tarbiyaviy­o`quvchilar qalbida badiiy adabiyotga qiziqish,ota­ona va Vatan oldidagi burchni anglash
tuyg’ilarini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish.
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlili;
Dars jihozi : darslik, Said Ahmad surati, asarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Odil Yoqubov va “Ulug’bek xazinasi”asari yuzasidan bahs­munozara;
2.Asardan olgan taassurotlar va “Buyuk ajdodlar xotirasini yod aylab”…
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1. “Kelinlar qo`zg`oloni ” spektaklining muallifi kim?
2.Mashshur qo`shiq “Hay­hay” ning muallifi kim?
II.O`zbekiston Qahramoni –Said Ahmad 1920­yilda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida
dunyoga keldi. U o`rta maktabni tugatgach, avval Toshkent Rassomlik bilim yurtida , so`ng Toshkent
Pedagogika institutida o`qidi va uni 1943­yilda tugatdi. Yoshligidan adabiyotga havasmand bo`lgan
adib adabiyot darslarida , maktabdagi to`garaklarda faol qatnashardi. Adib dastlab “Mushtum”
jurnalida adabiy xodim bo`lib ishga kirdi. Tabiatan hazil­mutoyibaga moyil Said Ahmad uchun bu


jurnal muhiti yaxshigina ijodiy maktab bo`ldi. Yozuvchining “Mushtum” jurnalida (1938­1939, 1955­
1957), “Yosh leninchi” gazetasida (1940­1941) O`zbekiston davlat radio qo`mitasida (1941­1943) ,
“Qizil O`zbekiston” gazetasida (1943­1947) , “Sharq yulduzi” (1948­1950) jurnallari tahririyatlaridagi
faoliyati uning yetuk ijodkor bol`ib yetishishiga , elga tanilishiga sabab bo`ldi.
Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko`p yozsa­da , xo`b yozadi. Unig “Tortiq” nomli dastlabki
hikoyalar to`plami 1940­yilda chop etilgan. Shundan so`ng adibning “Er yurak”, “Farg`ona hikoyalari”,
“Cho`l burguti”
“Muhabbat” kabi ellikka yaqin katta­kichik kitoblari alohida to`plam va ko`p jildliklar shaklida nashr
etilgan. Bu asarlarning barchasi zo`r qiziqish va hayajon bilan o`qiladi. Sababi , adabiyotshunoslarimiz
ta`kidlaganidek Said Ahmad Oybekning psixologik mahoratini, G`afur G`ulom yumori, A.Qahhorning
ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgan adib.
Said Ahmad –o`tkir kulgi ustasi. bu xususiyat uning barcha janrdagi asarlariga ko`chgan deyish
mumkin. Jumladan adibning “Kelinlar qo`zg`oloni”1976 komediyasi dovrug`i olamga ketgan sahna
asari hisoblanadi. Asar o`zining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan
ko`plab xorijiy mamlakatlar tomoshabinlarining ham ko`nglini rom etdi.Adib ssenariysi asosida
yaratilgan qator kinofilmlar ham xuddi shunday olqishlarga sazovor bo`lgan.
Mustaqillik yillarida adib yanada katta g`ayrat bilan qalam tebratdi. U shu yillarda ko`plab publitsistik
maqolalar , badialar yozdi, shuningdek, quvnoq yumoristik, jo`shqin lirik hikoyalar, ta`sirchan xotiralar
yaratdi. Yozuvchining “Xandon pista”, “Bir op`ichning bahosi” kabi hajviy to`plamlari,
“Yoqotganlarim va topganlarim” , “Qorako`z majnun”, “Kiprikdagi tong” kitoblari , 3 jilddan iborat
“Tanlangan asarlar”i aynan istiqlol yillarida yaratildi.
Said Ahmad o`zbek adabiyotini romanlar bilan ham boyitdi.1988­yilda “Jimjitlik” romanini yozdi.
Romanda sho`ro hukumati davridagi zohiran tinch , turg`unlik, aniqrog`i , “jimjitlik” yillarida
kechirgan kunlari hikoya qilinadi.
Darsning mustahkmlash bosqichida:
I.Said Ahmad hayoti va ijodi haqida berilgan maqola matni ustida ishlash.
II.”Ufq”romani haqida ma’lumot:
“Ufq” romani uch qismdan iborat:
1.“ Qirq besh kun”
2. “Hijron kunlarida”
3. “Ufq bo`sag`asida”
Said Ahmad 1947­yilda “xalq dushmani” sifatida ayblanib, nohaq qamoqqa olingan , bir necha yil
qamoq jabrini tortgan. Said Ahmad 1953­yilda oqlangan. Mustaqillik yillarida adibga “Buyuk
xizmatlari uchun”, “Do`stlik” “O`zbekiston Qahramoni” unvoni kabi sharafli unvonlar bilan
taqdirlandi.
III.Darslikda berilgan “Ufq” romanidan parchani o`qish
I.Test sinovi:
1.Said Ahmad ilk faoliyatini qaysi matbuotdan boshlagan?
A.”Inqilob”
B.”Til va adabiyot”
C.”Mushtum”
D.”Gulxan”
2.Adibning ilk hikoyalar to’olami qanday nomlanadi?
A.”Tortiq”
B.”Muhabbat”
C.”Er yurak’ D.”Cho’l burguti”
3.”Kelinlar qo’zg’oloni”komediyasi qachon yaratilgan?
A.1978­yil B.1976­yil
C.!988­yil D.1970­yil
4.”Ufq”romani necha qismdan iborat?
A.4
B.5
C.2
D.3
5.Asarning ikkinchi qismi qnday nomlanadi?
A.”Ufq bo’sag’asida ”
B.”Qirq besh kun”
C.”Hijron kunlarida”
D.”Ufq”
Javoblar:1.C
2.A
3.B
4.D
5.C
Uyga vazifa:”Ufq”romanini o’qish.”Qochoq” hikoyasi matni ustida ishlash.
Adabiyot
8­sinf


Sana:
Mavzu: Said Ahmad . “Ufq” romanidan parcha “Qochoq”
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­ Said Ahmadning “Ufq” romani haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy­o`quvchilar qalbida farzandlik burchini anglash,ona Vatanga munosib xizmat qilish ,ota­
onaga hurmat,mehnatsevarlik tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishini oshirish;
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:bahs,asar matni ustida ishlash,tahlil,“erkin fikr“;
Dars jihozi : darslik, Said Ahmad surati, kitoblari,”Ufq”romani,II jahon urushi tasvirlari tushirilgan
suratlar;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I. Romandan olingan parchada urushdan bir oyog`idan ajrab kelgan Ikromjon va uning noshud og`li
Tursunboyning so`nggi kunlari haqida hikoya qilinadi.
Ikromjon Vatan uchun jonini kechishga ham tayyor. U olis urush yerlarida qon kechib, matonat
ko`rsatgan. Barcha Ikromjonni hurmat qiladi. Ikromjon urushdan nogiron bo`lib qaytadi. Uning
xizmatini sharaflab berilgan ko`krak nishoni ham ortidan uyga yuboriladi. Ikromjon urushdan
qaytganida o`g`li Tursunboy frontga ketgan edi. Bundan Ikromjonning ko`ngli to`ladi. Barcha yigitlar,
tengdoshlari qatori Tursunboy ham Vatan oldida o`z burchini o`tashi kerak deb biladi. Ikromjon
urushdan bir oyoq bo`lib qaytgan bo`lsa­da , u uyda tinch o`tirmaydi. Urush ortida Vatan uchun xizmat
qiladi. Ikromjon uchun medal u ishlayotgan kolxozga yuboriladi. Kolxoz idorasida miting uyushtirilib,
Ikromjonga mukofot xizmatlari uchun tantanali topshirilayotgan bir kunda uning o`g`lini izlab harbiy
prokuror ham keladi. Ammo Ikromjonning hurmati uchun rais buni odamlar oldida ayttirmaslikkka
harakat qiladi. Ammo el og`ziga elak tutib bo`lmaydi.Aynan shu davrada Ikromjon yakka­yu yagona
o`g`li Tursunboyning urushga bormay , xoinlarcha qochib yurganini eshitadi. Aslida Tursunboy
uzoqda emas edi. U o`zlariga yaqin to`qayda urushdan qochib bekinib yotgan edi. Buni onasi Jannat
xolagina bilar edi, xolos.
Jannat xola kasal bo`lishiga qaramay tez­tez to`qayga qatnar. Arzanda o`g`liga etik, ustara, choy ,
ovqat tashir edi. Tursunboy esa hayvonga o`xshab faqat qornini to`yg`azishni o`ylar edi.
II.Asardan berilgan parchadan ifodali o’qish va asarni g’oyaviy­badiiy tahlil qilish
Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.Bahs:Onalar farzandlari uchun har nega qodir
Jannat xola timsoli orqali Said Ahmad haqiqiy o’zbek onalari siymosini yarata olgan Jannat xola o’z
o’gli vatnga xiyonat qilgan bo’lsa­da,uni mehr bilan boshini silaydi,barchadan uni yashirib,kasal
bo’lsa­da ,to’qayzorga borib uni boqadi,uning xo’rliklariga chidaydi.Ammo qornidan boshqa g’amni
o’ylamaydigan Tursunboy to’qayzorda yolg’iz,odamlardan yiroqda yashab hayvon qiyofasiga
kiradi.Ona umrini zavol qiladi...
II.”Ufq” romani haqida”berilgan adabiy maqola ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1.Ikromjon o’g’lining qochib kelganini kimdan eshitdi?
A.Nizomjon
B.Jannat xola
C.Tog’a
D.Zebi
2.Tursunboy har narsadan kechganda ham,bir narsadan kechmas edi.Bu:
A.Onasidan B.Zebidan
C.Otasidan kechirim so’rashdan D.Ovqatdan
3. Jannat xola nimadan qattiq cho’chirdi?


A.Tursunboyning kasal bo’lib qolishidan
B.Ikromjonning o’g’li haqida xabar topishidan
C.O’zining kasal bo’lib yotib qolishidan
D.O’g’lining xalq nafratiga duchor bo’lib qolishidan
4.Roman so’zi qaysi tildan olingan?
A.Yunon
B.Fransuz
C.Lotin
D.Ingliz
5.”Ufq”romani qanday romanlar shakliga kiradi?
A.Roman­dilogiya
B.Epopeya
C.Roman­tetralogiya
D.Roman­trilogiya
Javoblar:1.C
2.B
3.C
4.B
5.D
III.Roman shakllari haqida tushuncha:
Uyga vazifa:asar qahramonlariga tavsif
O’quvchilar bilimini baholash.
Adabiyot
8­sinf
Sana:
Mavzu: Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi,adabiyotshunoslik tarqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi
haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy­o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat,adabiyotga qiziqizh tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning fikrlash salohiyati,adbiy maqolalarni tahlil qilish malakasini
yakomollashtirish;
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlil,Vatan haqida o’ylarim…
Dars jihozi : darslik,Vatan haqida tasvirlar,she’rlar,donolar fikri;
Tayanch tushunchalar: adabiyotshunos, adabiy tanqidchi, yozuvchi, shoir
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Said ahmad hayoti va ijodi yuzasidan bahs­munozara;
2.”Qochoq”hikoyasida qaysi obraz taqdiri haqida hikoya qilinadi?Hikoyada qaysi davr qalamga
olingan?Asar qahramonlariga tavsif bering.Onalar haqidagi she’rlardan yod so’rash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:


I.Ozod Sharafiddinov 1929­yilning 1­martida Qo`qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog`ida
tavallud topgan. Uning bolalik o`smirlik kezlarigina
emas , keyingi butun hayoti ham Toshkent shahri bilan chambarchas bog`liq bo`ldi.Ozod
Sharafiddinov Toshkent shahrida o`rta maktabni tugallab , O`rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi
O`zMU)ga o`qishga kiradi va 1951­yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Oradan uch yil o`tar
–o`tmas
, Moskvada
nomzodlik dissertatsiyasini ham yoqlaydi.
O.Sharafiddinov mehnat faoliyatining asosiy qismi o`zi o`qigan universitetda kechdi. U 1955­ 1995
–yillar oralig`ida , qariyb qirq yil mana shu ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab
shogirdlarga beminnat ustozlik qildi .
Uning 1996­ 1997 –yillarda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri o`rinbosari , 1997­yildan to umrining
oxiriga qadar “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri vazifalarida ishlagan kezlari ham nihoyatda
barakali , sermahsul yillar bo`ldi.
Iqtisodiy qiyinchiliklar va urush yillariga to`g`ri kelgan og`ir bolalik va o`smirlik yillarida ham ,
adabiyot va san`atga bir yoqlama , hukmron mafkura manfaatlaridan kelib chiqib baho berish talab
etilgan o`tgan asrning 50­yillarida ham o`ziga qarshi turli ig`volar uyushtirilgan paytlarda ham Ozod
Sharafiddinov hayotiy prinsiplardan tonmadi, barcha ko`rgiliklarga bardosh berdi. Albatta, bu kurashlar
olimning jism­u jonini zangday kemirdi, “qand kasali” day bedavo dardga yo`liqtirdi, biroq uning ruhi
doimo tetik , vijdoni uyg`oq qoldi
Darsning mustahkamlash bosqichida:.
II.Asarlari:dastlabki kitobi: 1962 –yilda chop etilgan
1. “Zamon. Qalb.Poeziya”
2. “Adabiy etyudlar” 1968
3. “Yalovbardorlar” 1974
4. “Iste`dod jilolari” 1976
5. “Birinchi mo`jiza” “Talant –xalq mulki” 1979 y
6. “Adabiyot –hayot darsligi” 1980 y
7. “Hayot bilan hamnafas” 1983 y
8. “Go`zallik izlab” 1985 y
Shov­shuvga sabab bo`lgan asarlari:
1. “Zaharxanda qahqaha” 1962 y
2. “Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi”
3. “Yurtin madhi bo`ldi so`nggi satri ham ” 1979
4. “ She`r ko`p ,ammo shoir­chi? ” 1983
5. “Bir tilda gaplashaylik” 1987
Barcha yerdan yig`ishtirib olingan asari: “Tirik satrlar”
Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari:
1. “Yolboshchi”
2. “Mustaqillik me`mori”
3. “Istiqlol jilolari”
4. “Istiqlol fidoyilari”1993
5. “Sardaftar sahifalari”1999
6.“Ma`naviy kamolot yo`llarida” 2001
7.“Dovondagi o`ylar”2004
8.“Ijodni anglash baxti”2004
Ozod Sharafiddinov mukofotlari:
1997 “Mehnat shuhrati”,1999 “Buyuk xizmatlari uchun”,2002 “O`zbekiston Qahramoni”
III.Maqola matni ustida ishlash
1. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz?
2. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan?
3. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi?
4. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi?


5. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari?
6. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi?
7. Ozod Sharafiddinov qaysi mukofotlar bilan taqdilangan?
IV.Test sinovi:1.O.Sharafiddinovning ilk kitobi?
A.”Yo’lboshchi” B.”Ijodni anglash baxti”
C.”Zamon.Qalb.Poeziya” D.”Go’zallik izlab”
2.Adib qaysi jurnalda bosh muharrir etib tayinlangan?
A.”Til va adabiyot” B.”Sharq yulduzi” C.”Gulxan ” D.”Jahon adabiyoti”
3.Ozod Sharafiddinov “...eng katta boyligim...”deb nimani ataydi?
A.Maqolalarini
B.Kitoblarini
C.O’z yurtini
D.Xalqqa xizmatini
4.”O’ylaymanki,o’zini o’zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday fidoyi
yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi...”Ozod sharafiddinov haqidagi bu fikrlar muallifi
A.G’ .G’ulom
B.Oybek
C.I.Karimov
D.A.Oripov
5.O’Sharafiddinov “jahon adabiyoti”jurnalining nechta sonini tayyorlashga ulgurdi?
A.90 B.50 C.100
D.150
Javoblar:1.C
2.D
3.B
4.C
5.C
Uyga vazifa:Ozod Sharafiddinovning “O’lsam,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi matni
ustida ishlash,mazmunini o’zlashtirish;
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:
Mavzu:Ozod Sharafiddinov “O`lsam ,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi tahlili
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­ “O`lsam ayrilmasman, quchoqlaringdan ” maqolasi haqida bkmlar hosil qilish,maqolani
ifodali o’qish va g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy­ o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­og`zaki va yozma nutqni o`stiish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ijod gulshani;
Dars jihozi : darslik,vatan haqida buyuklar so’zlari,Vatanning buyuk siymolari va
go’zal qadamjolar tasviri;
Darsning borishi :
Tashkiliy qism:
Darsning mustahkamlash bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­dsaftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob;
1. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz?
2. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan?
3. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi?
4. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi?
5. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari?
6. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi?
7. Ozod Sharafiddinov qaysi mukofotlar bilan taqdilangan?
8. Ozod Sharafiddinovning shov –shuvga sabab bo`lgan asarlari qaysilar?
II.Tarqatmalar asosida „O’lsam ,ayrilmasman quchoqlaringdan“adabiy maqolasi yuzasidan bahs­
munozara:
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.“O`lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” nomli maqolani o`qib –o`zlashtirish
Vatan –ona so`zi naqadar laziz,


Sensan har narsadan mo`tabar, aziz,
Hurmatingni saqlar har bir o`g`il –qiz ,
Muqaddas, mo`tabar ulug` Vatanim,
O`lsam ayrilmasman quchoqlaringdan
Uyg`un
Vatan.Vatan tuyg`usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga
yetmagan , dunyo ko`rmagan , turmushning past­balandlaridan bexabar , o`yin –u sho`xliklardan o`zga
dardi yo`q bir o`smirning yuragiga jo bo`lib, butun umr uning xatti­harakatini, yurish –turishi
boshqarib turadi? Bu tuyg`u inson farzandida tug`ma bo`larmikin? Yoki go`dak tamshana­tamshana
onasini emganida , ona suti bilan birga uning ham tomirlariga yugurarmikin?
Umuman, “Vatan” deganning o`zi nima?
Tug`ilib o`sgan uyingmi? Beshikda qulog`ingga kirgan mungli va ayni chog`da nurli
allami?Buvingning ertaklarimi? Maktabmi? Ilk bor visol onlaringga guvoh bo`lgan so`lim
xiyobonlarmi? Albatta, bularning hammasi va yana allaqancha narsalar birlashib , “Vatan” degan
narsaning so`nmas timsolini yaratsa kerak.
Vatan muhabbati ham shunday: u hammaga ko`z –ko`z qilinmaydi , u tog`risida tantanavor e`lonlar
chop etilmaydi, har muyulishda odam ko`kragiga urib , Vatanga oshiqligini pisanda qilmaydi.
Madaniyatning
yuksak pog`onalariga ko`tarilgan jamiyatlarda odamlar o`z Vatanlariga muhabbatni shovqin –suron
ko`tarmay , aqyyuhannos solmay, tamagirliksiz , bepisanda , maqtanchoqliksiz amalga oshiradilar.
Vatanga muhabbat bozorga solinadigan matoh emas, balki inson qalbining to`rida gard yuqtirmay
pokiza saqlanadigan eng nafis, eng inja tuyg`udir.
II.Vatan haqidagi o`quvchilarning fikrlari tinglanadi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Vatan haqidagi she`r va maqollar
Vatanni sev, tuproqni o`p,
Har qarichi muqaddas bizga.
Cho`lidagi hatto quruq cho`p,
Jondan aziz yuragimizga.
Oybek
Bulbul chamanni sevar,
Odam Vatanni;
O`zga yurtda shoh bo`lguncha,
O`z yurtingda gado bo`l;
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir;
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash;
III.Test sinovi:1.Quyidagi fikrlarni O.Sharafaiddinov kimga qarata aytadi?
“...ona Vatanni yovdan saqlab qolish uchun ongli ravishda jonini qurbon qilishga otlangan?”
A.To’maris
B.Spitamen
C.Shiroq
D.Temur Malik
2.Adabiyotshunos olim Vatanga muhabbatni qaysi muhabbat bilan qiyoslaydi?
A.Onaga
B.Yor­do’stga
C.Tabiatga
D.Ollohga
3.Chin vatanparvar avlodi ,deb kimlarni talqin etadi?
A.Massagetlar
B.Boburiylar
C.Jadidlar
D.Oq kiyimlilarni
4.Prezidentimizning qaysi fikrlari maqolada keng tahlili qilinadi?
A.O’zingni ,o’z uyingni o’zing asra.
B.Shu muqaddas Vatanda azizdir inson.
C.Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.
D.Savob ishni har qilmog’i,har kun qilmog’i lozim.
5.”Qayga borsam,g’oz yurarman,boshda do’ppim gerdayib...”misralari muallifi
A.A.Oripov
B.E.Vohidov
C.G’ G’ulom
D.Uyg’un
Javoblar :1.C
2.A
3.C
4.D
4.B


Uyga vazifa: O`qib –o`zlashtirish.vatan haqida she’rlar yod olish va maqoladan olgan taasurotlar
asosida ijodiy ish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:______________________
Mavzu: To`ra Sulaymon hayoti va ijodi. “Iltijo”she’ri
Darsningmaqsadi:
a)ta`limiy­To`raSulaymonhayotivaijodihaqidabkmlarhosilqilish,”Iltijo”she’riniifodalio’qishvag’oyaviy­
badiiytahlilqilish;
b)tarbiyaviy­o’quvchilarqalbidaadabiyotga,she’riyatgaqiziqishvaona –Vatanga,tabiatgamehr­
muhabbattuyg’ularinitarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,she’r tahlili;
Dars jihozi : darslik, Vatan va bahor tasvirlari,tarqatmalar;
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida III chorakda o’tilgan mavzular asosida savol­javob;
2.Nazm gulshani:Darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I. O`zbekiston xalq shoiri To`ra Sulaymon 1934 –yil 15 –fevralda Jizzax viloyati Baxmal
tumanidagiAldashmon qishlog`ida tavallud topgan.Adib yosh paytlarida otasini “quloq” sifatida
qamoqqa oladilar. 1939 –yilda otasi qamoqdan qaytadiva oilasini Sirdaryoga ko`chirib keladi. To`ra
Sulaymon shu yerdagi qishloq maktabida o`qiydi.Maktabni bitirgach, bir necha yillar davomida
maktabda dars beradi. Urushdan keyingi yillar o`qituvchilar yetishmasligi sababli ko`p uquvli
o`quvchilar maktabda dars bergani olib qolinardi. Keyinchalik adib Toshkent Davlat Universiteti
(O`zMU) filologiya fakultetiga o`qishga kiradi.1958 ­1964 –yillar mobaynida ham o`qiydi ham
ishlaydi. O`qishni bitirib Guliston tumanidagi maktablarda ona tili adabiyot fanidan dars beradi.
1972 ­1981 yillar davomida Respublika Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyat bo`limi mas`ul
kotibi , adabiy maslahatchisi lavozimlarida ishlaydi.
Shoining ilk she`rlari 1958 –yildan nashr etila boshlagan
Asarlari:1. “Men qayga borar bo`lsam” she`riy to`plam
2. “Qorasoch” dostoni3. “Jahongashta” 1970 doston
4. “Hamqishloqlarim” maqolalar to`plami
5. “Intizor” 19736. “Sirdaryo qo`shiqlari” 1974
7. “Iltijo” 1976
8. “Alhazar” (satirik va yumoristik asarlar to`plami) 1976
9. “To`yboshi” 1977
10. “Sizni eslayman” 1980
11. “Qorako`zginam” 1981
12. “Gulshan” 1988
13. “Sarvinoz” 1989
14. “Xarsang” 1984
15. “Jahonnoma” 1996
16. “Gul bir yon chaman bir yon” 1996
17. “Yovqochdi” 1998


1999 –yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan To`ra Sulaymonga
“O`zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi.
II.Shoir haqida darslikda berolgan ma’lumotlarni o’zlashtirish,matn ustida ishlash;
Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.Darslikda berilgan “Iltijo” she`rini o`qib tahlil qilish:
Bahor kelsa,boshlanar bog’da bulbul xonishi,
Sa’va,qumri nag’masi,suralay tovlanishi,
Qirlarda lola sayli,qishlovlarda yilboshi,
To’xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi­
Bahor,ketma mening bog’imdan.
“Iltijo” she`ri chetdan qaraganda yil fasllaridan biri –go`zal bahorga bag`ishlangan. She`rning dastlabki
bandida , darhaqiqat, kelinchak bahor kelishi bilan tabiatda yuz beradigan o`zgarish va jonlanishlar
tasvirlanadi.
Shoir “Bahor, sensiz sahro –yu tog`­toshga jon qayda? ” der ekan , bu sahro –beminnat makon qidirib
sargardon kezgan vatangado kimsalarning , tog` ­u toshlar qilmishi, qing`ir zotlarning ramziy ifodasi
ekani sifatida tasvirlangan.
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi:1.Shoirning ilk she’ri qachon chop etilgan?
A.1957 y
B.1958 y
C.1960 y
D.1964 y
2.Ilk she’riy to’plami qanday nomlanadi?
A.”Istar ko’ngil”
B.”Qorasoch ”
C.”Intizor”
D.”Iltijo”
3.”Qorasoch”,”Jahongshta”asarlari qanday janrda yozilgan?
A.She’riy to’plam
B.Ballada
C.Doston
D.Maqola
4.”Iltijo”she’rida qaysi fasl qalamga olinadi?
A.Yoz
B.Kuz
C.Qish
D.Bahor
5.She’rda shoir bahorga iltijo qilib,kimlarning taqdiridan kuylaydi?
A.Vatanfurushlar
B.Vatangadolar
C.vatan ishkida kuyganlar
D.Vatan haqida kuylaganlar
Javoblar:1.B
2.A 3.C
4.D
5.B
Uyga vazifa: She`rni yodlash va shoirning darslikda berilgan she’rlarini tahlil qilish.
Ko’rildi:
Sana: ______________________
Mavzu: To`ra Sulaymon.She`rlar.”Armon”,”Tavallo”,”Gul bir yon,chaman bir yon”she’rlari
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­ To`ra Sulaymon she’riyati haqidagi bilimlarni kengaytirish va “Armon”,”Iltijo”,”Gul bir
yon,chaman bir yon”she’rlarini ifodali o’qish va g’oyaviy – badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy­o’`quvchilar qalbida she’rlarda ilgari surilgan mehr­muhabbat,yurtga munosib farzand
bo’lish,onalarni e’zozlash,ona tabiat va go’zallikni qadrlash tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning fikrlash salohiyati vashe’r tahlil qilish malakasini oshirish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars uslubi:ifodali o’qish,she’rlar tahlili,bahs;
Dars jihozi : darslik, she’rlarga oid rasmlar va shoir she’rlari asosida aytilgan qo’shiqlar.
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Tarqatmalar asosida To’ra Sulaymon hayoi va ijodi yuzasidan savol­javob;
1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan?


2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan?
3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi?
4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi.
5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina boshlaydi?
6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting
7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz?
8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi?
II.Nazm gulshani:Shoir she’rlari asosida
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Darslikdagi “Armon” she`rini o`qib, tahlil qilish:
“Armon” she`ridagi lirik qahramon dunyoqarashi jihatidan yetuk ma`naviy barkamol shaxs.Uning
ko`nglini mayda –chuyda ho –yu havaslari , o`tkinchi manfaatlari armonga to`ldirolmaydi. Bu lirik
qahramon o`ziga hayotda nihoyatda katta talablar qo`yadi. O`sha talablarga loyiq bo`lolmaslik uni
xavotirga soladi, cho`chisa shundan cho`chiydi:
Bemavrid xeshlarimning ko`zlarida yosh ko`rsam,
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko`rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo`lda adash ko`rsam,
Bir betayin kimsaning oyog’iga bosh ko’rsam,
Ko`nglimda armon yotar
Terskaydagi qor misol
She`rning har bir misrasida faqat lirik qahramon taqdiriga emas, balki xalq va millat , kelajak va
insoniyat taqdiriga daxldor muammolarni lirik qahramon o`z muammolari deb bilishi ochila boradi.
II.”Tavallo”she’rini ifodali o’qish vag’oyaviy­badiiy tahlil qilish:
“Tavallo” she`ri mushfiq va mushtipar onaizor haqida bo`lib, qachon va qanday vaziyatda bo`lmasin
,farzandi uchun onadan yaqin sirdosh bo`lmasligi haqida fikrlar o`ta ta`sirchan hikoya qilinadi.
Birda haqdin, birda nohaqdin,
Jabr ko`rsam bir betavfiqdin
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Ohlar urib Onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir.
III.Darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Gul bir y’on,chaman bir yon”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviy­badiiy tahlil qilish:
Chaman ichinda bir gul,gul bir yon,chaman bir yon,
Sarv­u sanobarmidir­soch bir yon,suman bir yon,
Sahar ,subhi sodiqda mushk bir yon,mijgon bir yon,
Tun pardasin tortsa gar,oy bir yon ,osmon bir yon.
Shoir bog’ ichidagi go’zal bir gul tasviri orqali go’zal qiz suratini chizib beradi.Bu
tasvirda,nafaqat,uning tashqi go’zalligi,balki qalb gozalligi,ibo­hayosi ham qalamga olinadi.Bu
go’zallik Oy,Quyoshni ham bir chetda qoldirib,oshiqlar qalbiga ming dard soladi...
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1.”Armon”she’rining bosh g’oyasi
A.Xalq baxtini kuylash
B.Har kimning dardiga sherik bo’lish
C.Ruhiy azoblanish
D.Baxtli inson kechinmalari
2.”Tavallo”she’rida shoir qaysi ulug’ siymoni qalamga oladi?
A.Ota
B.Ustoz
C.Ona
D.Buyuk siymolar
3.”Tavallo”so’zining ma’nosi
A.Oh,iltijo
B.Orzu
C.Armon
D.Qalb izhori
4.”...Tun pardasin tortsa gar,oy bir yon,osmon bir..”misrasida shoir yorning qaysi tasvirini beradi?
A.Qosh
B.Yuz
C.Qomat
D.Soch
5.”Hakim zoti bor yerda dard bir yon,darmon bir yon,


Yoring jafokash bo’lsa ,uy bir yon,zindon bir yon”­qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tazod,tanosub,tashbih
B.Jonlantirish ,tashbih
C.Talmeh ,tanosub
D.Tanosub,tashbih
Javoblar:1.C
2.C
3.A
4.B
5.A
Uyga vazifa: Shoir she`rlaridan birini yodlash va tahlil qilish
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:
Mavzu:She`rxonlik musobaqasi
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­ o`quvchilarda she`rxonlik va she`rxonlik fazilatlarini
shakllantirish;
b)tarbiyaviy­o`quvchilar qalbida ona­Vatanga muhabbat tuyg`usini
tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi:takrorlash;
Dars uslubi:bahs,musobaqa,sher’xonlik,ijodiy fikr;
Dars jihozi : darslik, mustaqil o`qilgan asarlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Ozod Sharafiddinovning “O’lsam,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy
maqolasi yuzasidan savol­javob;
2.Lirik chekinish:”Qiyosi yo’q Vatanim”­Vatan haqidagi she’rlar asosida she’rxonlik va adabiy maqola
asosida yozilgan ijodiy ishlar tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.III chorakda o’tilgan ijodkorlar hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob(Maqsud Shayxzoda,Usmon
Nosir,Asqad Muxtor,said Ahamad,Ozod Sharafiddinov)
II.O’tilgan asarlar asosida bahs:
(“Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,”Chinor ”romani,”Ufq”romani,”O’lsam ham ayrilmasman
quchoqlaringdan”adabiy maqolasi asosida)
Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.Ijodiy fikr:
Menga yoqqan she’r
Yurak ,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo’r eting.
Ko’zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim…
Ha,bu buloq yanglig’ pok misralar yurak amri bilan ish ko’rish bilan birga,uni Vatanni sevishda,har
qarich tuprog’ini qadrlahsga o’rgatadi…
I.”Zulfiya­tong kuychisi”­mavzusi ostida she’rxonlik
(Zulfiyaxonimning 100 yillik tavalludlariga bag’ishlab)
Salqin saharlarda bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi,yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda,qirlarda bahor…
Men o’tgan umrimga achinmay qo’ydim,


Hech kimga ko’rmadim umrimga o’xshash.
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim.
Izzat nima bildim,
Shu­da bir yashash…
II.Bahr­bayt musobaqasi:
Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so`raydi qadrin
Fursat g`animatdir shoh satrlar­la
Bezamoq chog`idir umr daftari
n
N
elardandir ko`ngil bo`lib g`ash
Ham egilib bu egilmas bosh
Ko`zlarimdan qalqib tursa yosh
Bir mushtipar onam yig`laydir
Qolganlari yolg`on yig`laydir.
III.Qatorlararo she`rxonlik musobaqasi.
Uyga vazifa: She`r yodlash
III chorakda o’tilgan mavzularni takrorlash va shu mavzular asosida test,tarqatmalar tayyorlash.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:__________________________
Mavzu: 6­nazorat ishi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Nazorat
Nazorat turi: Test
Test miqdori : 20 ta
Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta
Reglament : 45 daqiqa
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
O`qituv­
chining
bahosi
Javoblar
Savollar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Uyga vazifa: Takrorlash
Sana:______________________________
Mavzu:Takrorlash
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: III chorak davomida olingan bkmlarni takrorlash;
b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ona­Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars tipi :Yangi bilim beruvchi
Dars turi:Odatdagi
Dars usuli:Induktiv
Dars metodi:Savol­javob,tarmoqlar metodi
Dars jihozi :Darslik, tarqatma materiallar


Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi?
2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi?
3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan
Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik.
4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz?
5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali?
6. Said Ahmad qachon, qayerda tug`ilgan?
7. Said Ahmad qayerlarda tahsil olgan?
8. Said Ahmad dastlab qaysi jurnalda faoliyat olib borgan?
9. Said Ahmadning ilk asari qanday nomlanadi?
10.Said Ahmad qalamiga mansub asarlarni sanab bering
11. Said Ahmadning romanlarini sanab bering
12. Said Ahmad qanday unvonlar bilan taqdirlangan?
13. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan?
14. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan?
15. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi?
16.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi.
17. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina
boshlaydi?
18. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting
19. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz?
20. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi?
21. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz?
22. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan?
She`rxonlik daqiqalari
Uyga vazifa: Takrorlash
Sana:30.03.2015y­9­“A”;1.04.2015 y­9­“B”;
Mavzu: O’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash
Darsning maqsadi:


a)ta`limiy: o’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash va olgan bilimlarni mustahkamlash;
b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ilm olish,adabiyotga ,badiiy asar o’qishga qiziqish ona Vatanga
muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: o’quvchilar olgan bilimlarni takomillashtirish.
Dars turi : takrorlash
Dars uslubi: musobaqa,nazm gulshani,ijodiy ish.
Dars jihozi : adabiyot darsligi,tarqatmalar,badiiy asarlar,g’azallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida :
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kirob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
Ta’til topshiriqlari asosida suhbat:
1.Ta’tilda yod olingan darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida suhbat;
2.Darslikdan tashqari o’qilgan badiiy asarlar yuzasidan bahs­munozara.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.III chorakda o’tilgan shoir va shoiralar hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol­
javob.(Abdulla Qodiriy,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,Oybek,Odil Yoqubov,Abdulla
Oripov…)
II.Qatorlararo musobaqa: III chorakda yod olingan she’rlar asosida bahr­u bayt:Abdulhamid Sulaymon
o’g’li Cho’lpon ,Muso Toshmuhammad o’gli Oybek,Abdulla Oripov she’rlari asosida
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ijodiy ish:
Menga yoqqan she’r
Nafis cayqaladi bir tup na’matak,
Yuksakda shamolning belanchagida,
Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul,
Viqor­la o’shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…
Oybekning bu misralari dilga yaqin satrlar bo’lib,unda insoniylik,kamtarlik va go’zallik tuyg’ulari
tarannum etiladi.Na’matak qanchalik yuksakda bo’lmasin,u o’z go’zalligini atrofdagilarga baxsh
etishdan charchamaydi.Lekin bu go’zallik bilan u saslo g’ururlanmaydi,aksincha kamtarona ruhda
o’zgalarga iliq tuyg’ularni baxsh etadi..
II.Bahs:Menga yoqqan adabiy qahramon
Menga Kumush Va Zebi timsollari o’zgacha taasurpt qoldir di.Chunki bu timsollarda hozir da
o’zbek qizlari or asida yoqolib borayotgan samimiylik,soddalik ,kamtar inlik,mehr­muhabbat
tuyg’ulari o’zgacha r uhda talqin etiladi.Asarni o’qigan sar i qahramonlar taqdiri sizni befarq
qoldirmaydi,aksincha asar sizni o’z girdobiga tor tadi.Zebi va Kumush sabr qanoati,muhabbatga
sadoqati… har bir qiz uchun ibr at maktabidir …
Uygavazifa:O’tilgan mavzular asosida testlar,tarqatmalar tayyorlash.
O’quvchilarbiliminibaholash.
Ko’rildi:
30.03.2015.y
Dir .o’r inb:


Sana:____________________
Mavzu:Insho tahlili
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: o`quvchilarning inshoda yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarini tuzatish;
b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona­Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Takrorlash va tahlil
Dars turi: Odatdagi
Dars usuli:Induktiv
Dars metodi:Savol­javob,test
Dars jihozi :Nazorat ishi matnlari
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
O`tilgan mavzu bo`yicha takrorlash va mavzuga yo`naltiruvchi savollar
1. Insho matnlari bilan tanishib chiqish.
2. Xatolar ustida ishlash:
1) imloviy xatolar ustida ishlash;
2) ishoraviy xatolar ustida ishlash;
3) uslubiy xatolar ustida ishlash.
3. Baholarni jurnalga qayd etish.
O`tilgan mavzular bo`yicha takrorlash
1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan?
2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan?
3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi?
4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi.
5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina
boshlaydi?
6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting
7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz?
8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi?
9. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz?
10. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan?
11. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi?
12. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi?
13. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari?
14. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi?
Uyga vazifa: O`tilgan mavzularni takrorlash


Adabiyot
8­sinfSana:
Mavzu: Muhammad Yusuf hayoti va ijodi,”Vatanim”she’ri
Darsning maqsadi:a)ta`limiy­ Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil
qilish,”Vatanim”she’rini ifodali o’qish va she’rni g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy­o`quvchilar qalbida ona­Vatanga muhabbat,she’riyatga shaydolik va undagi nozik
jihatlarni his qilish tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars uslubi:nazm gulshani,ifodali o’qish,tahlil;
Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf siymosi,she’riy to’plamlar;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida To’ra Sulaymon hayoti va ijodi yuzasidan bahs­munozara;
2.Nazm gulshani:To’ra Sulaymon she’rlari asosida;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Muhammad Yusuf she’rlari,unng she’rlari asosida taratilgan qo’shiqlar haqida nimalar bilasiz?
II.Muhammad Yusuf 1954­yil 26­aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898­yilda mashhur Dukchi
eshon qo`zg`oloni bo`lib o`tgan Mingtepa)
tumanidagi Qovunchi qishlog`ida oddiy zahmatkash odamlar orasida tug`ildi. Mana shu qishloqda
beg`ubor bolaligi , sho`x –shodon o`smirligi o`tdi. Bu holat
ni shoir shunday ta`riflaydi.
Nechun qulluq qilmay Andijonga men­
Shu yurtda tug`ildim,shu yurtda o`sdim.
Agar do`stim bo`lsa, bitta u do`stim­
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Yodimga o`t tushsin ,etmasam yodlar­
Dukchi eshonlari qilgay faryodlar.
Uni tavf etgan Mashrabdek zotlar,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Muhammad Yusuf o`rta maktabni tugatgach, Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga
kiradi va uni 1978 –yilda bitiradi.Uning dastlabki she`rlaridan namunalar 1976­yilda “O`zbekiston
adabiyoti va san`ati” haftaligi sahifalarida chop etiladi.
Ayni shu damlarda o`zbek she`riyati o`zining yuksalish pog`onasiga ko`tarilgan , Shavkat Rahmon,
Usmon Azim, Xurshid Davron singari ko`plab iste`dodlar o`rtasida o`ziga xos ijodiy musobaqa avjga
chiqqan edi. Bu ijod davrasiga Muhammad Yusuf ham o`zining samimiy she`rlari bilan kirib bordi.
Muhammad Yusuf 1978­1980­yillarda respublika “Kitobsevarlar” jamiyatida , 1980­ 1986­yillar
oralig`ida poytaxtning “Toshkent oqshomi” gazetasida , 1986­1992 –yillarda esa G`afur G`ulom
nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida xizmat qiladi. Mana shu nashriyotda


ishlash yillari Muhammad Yusufning ijodiy taqdirida muhim o`rin tutdi. Bu paytda nashriyotda Erkin
Vohidov rahbarlik qilar edi.
Muhammad Yusuf 1992­1995­yillar da “O`zbekiston ovozi” gazetasida , O`zbek milliy agentligi (O`z
A) da xizmat qildi.1997­yildan e`tiboran shoir O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`inbosari
etib tayinlandi.
Shoirning birinchi she`rlar to`plami 1985 –yilda nashr etildi: “Tanish teraklar”
“Bulbulga bir gapim bor”­1987;“Iltijo” ­1988 ;“Uyqudagi qiz”­1989
“Halima enam allalari”­ 1989;“Ishq kemasi” ­1990;“Ko`nglimda bir yor”­1990;
“Bevafo ko`p ekan”­1991;“Yolg`onchi yor”­1992;“Erka kiyik”­ 1992
“Osmonimga olib ketaman” kabi she`riy to`plamlari va “Osmonning oxiri”,
“Qora quyosh” singari dostonlari bor
Muhammad Yusuf ning millat va yurt istiqboli sharafiga bitgan go`zal
go`zal she`rlari o`zining samimiyligi ,soddaligi badiiy mukammmalligi bilan millionlar qalbida aks
sado berdi. Shoirning “Vatamin”, “Xalq bo`l, elim”, “Dunyo”, “Inshoolloh”, “O`zbekmomo”, “Iqror”,
“Tilak” singari o`nlab she`rlar chinakam she`riyat yurtni qanday kuylamog`i lozimligini
isbotlagan asar bo`lib qoldi.
1998­yilda “O`zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Darslikda berilgan Muhammad Yusuf haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish;
II. Darslikda berilgan “Vatanim” she`rini o`qish va tahlil qilish:
Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim.
O’zim xoqon,
O’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Bu she’rda shoir Vatan tarixidan,buyuk siymolaridan,faxri va g’ururidan jo’shib kuylaydi.Undagi har
bir misra qalblarga vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi.Shunday vatan bilan faxrlanish hissini
tarbiyalaydi...
III.Test sinovi:
1.Shoirning dastlabki she’rlari qaysi matbuotda bosilgan?
A.”Sharq yulduzi” B.”Gulxan”
C.”O’zbekiston madaniyati”
D,”Til va adabiyot”
2.1978­1980­yillarda adib qayerda ishlaydi?
A.”Kitobsevarlar”jamiyatida
B.”Toshkent oqshomi ”gazetasida
C.Yozuvchilar uyushmasida
D.”O’zbekiston ovozi”gazetasida
3.Shoirning birinchi she’riy to’plami qachon chop etilgan?
A.1985­y il
B.1987­yil
C.1977­yil
D.1988­yil
4.”Osmonning oxiri”,”Qora quyosh”asarlari qanday janrda yozilgan?
A.Ballada
B.She’r
C.Doston
D.Esse
5.Shoir “Vatanim ”she’rida kimni “faqirni duo qilgan”deb ta’riflaydi?
A.Bobur
B.Ulug’bek
C.navoiy
D.Muqanna
Javoblar:1.C
2.A
3.A
4.C
5.C
Uyga vazifa : She`rni yodlashva darslikda berilgan she’rlar tahlili.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
6.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot
8­sinf


sana:_______________________
Mavzu: Muhammad Yusuf. “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Yurtim ado bo`lmas, armonlaring bor”
she`rlari
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­ Muhammad Yusuf she`rlari mazmuni haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy­ O`quvchilar qalbida ona­Vatanga muhabbat,mehr­muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­oquvchilarning dunyoqarashi vafikrlash sslohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,bahs­munozara;
Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf siymosi,she’riy to’plamlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Tarqatmalar asosida Muhammad Yusufning hayoti va ijodi yuzasidan bahs­munozara;
1. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan?
2. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan?
3. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering
4. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi?
5. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan ishladi?
6. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi?
7. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz?
8.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting
9. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi?
2.Nazm gulshani:Muhammad Yusuf she’rlari asosida;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Darslikda berilgan “Mehr qolur,muhabbat qolur” she`rini ifodali o`qish
O`tar qancha yillar to`zoni,
Bulbullar ko`z yoshi samoni.
O`tar inson, yaxshi –yomoni,
Mehr qolur,muhabbat qolur.
Qorachug`da porlagan o`sha,
Iqboliga chorlagan o`sha,
Dunyoni tor aylagan o`sha,
Mehr qolur,muhabbat qolur.
Odamni odam qilib turgan ,uning hayootiga insoniy mazmun baxsh etadigan inja ytuyg`ular , avvalo,
mehr va muhabbatdir. Shu tuyg`ular tufayli olamda hayot davom etadi, tiriklik tantana qiladi. Zero, ota­
onaning farzandga mehri , akaning singilga achinishi , do`stning do`stga madadi , yigitning qizga
muhabbati bularning barchasi Mehrdir.
Hayotni ,tiriklikni insonlar o`rtasidagi ,ularga yaratgan tomonidan omonat sifatida in`om etilgan mehr
va muhabbat atalmish qudrat asrab qoldi. Agar insoniyatga mana shu tuyg`ular u yaratilayotgandayoq
berilmaganda ei yoki ular butkul unutilib ketganda edi, hech qanday insoniy kuch , biror qudrat
Yerdagi hayotni tugab bitishidan saqlab qololmas edi.
Shoir : “Qorachug`da porlagan o`sha, Diydoriga chorlagan o`sha” der ekan , bu noyob tuyg`ular o`zini
doim oshkor qilavermasligini ta`kidlaydi.
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.Darslikdagi “Yurtim .ado bo`lmas armonlaring bor” she`rini o`qib ,sharhlash


Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni,
Onamsan­ku og`ir olma so`zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko`zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar,alhazar,ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar,
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.
Guruch kurmaksiz bo`lmaganidek , yov kelganida o`zini chetga olgan ,joni shirinlik qilib, sha`nidan
kechgan ,hatto do`stlarini sotgan kimsalarni ham , afsuski, tarix yodidan chiqarmaydi. Ularning
kirdikorlari tufayli yurtning “ado bo`lmas armonlari toshlarni yig`latgan dostonlari” paydo bo`ldi.
Ayniqsa, sobiq sho`ro davrida yurtimiz va yurtdoshlarimiz boshidan kechgan musibatlarni unutishga
hech kimning haqi yo`q . “Qora ko`zlarini” tug`ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis Sibir
o`rmonlaridagi “Qayinbarglar yopgan” Usmon nosirning ham barcha qatori yashashga haqi bor edi.
Afsuski, o`zimizdan chiqqan sotqinlar , mehrobga in qurgan chayonlar Usmon Nosirning ham, Abdulla
Qodiriyning ham, Cho`lpon va Fitratlarning ham umriga zomin bo`ldilar.
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
III.Shoirning darslikdan tashaqri she’rlaridan ifodali o’qib,g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
IV.Test sinovi:
1.Nekbin tuyg’ular deganda nimani tushunasiz?
A.Insoniy tuyg’ular
B.Toza,pok,samimiy tuyg’ular
C.illatlar
D.kamtarlik va mehnatsevarlik
2.Shoir nekbin tuyg’ular haqida qaysi she’rida kuylaydi?
A.”Mehr qolur,mugabbat qolur”
B.”Vatanim”
C.”Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor”
D.”Biz baxtli’lamiz”
3.Shoir qaysi “Mehr qolur,muhabbat qolur”she’rida qaysi xalq asariga murojaat qiladi?
A.”Layli va Majnun”
B.”Farhod va Shirin”
C.”Tohir va Zuhra”
D.”Yusuf va Zulayxo”
4.Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.
Bu baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?
A.Tashbih B.Jonlantirish
C.Tazod
D.Talmeh
5.Shoir she’rda qaysi shoirni “aybini bilmay ketgan”deb ta’riflaydi?
A.Abdulla Qodiriy
B.Cho’lpon
C.Akmal Ikrom
D.Usmon Nosir
Uyga vazifa : She`r yodlash va tahlil qilish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
7.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot
Sana:______________________
Mavzu: Muhammad Yusuf. “Biz baxtli bo`lamiz” she`ri
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­ “Biz baxtlibo`lamiz” she`rihaqidabkmlarhosilqilish;
b)tarbiyaviy­ O`quvchilar qalbida go’zal insoniy tuyg’ular va mehr­muhabbat fazilatlarini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi : noan’anaviy;
Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf to’plamlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:


Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Aqliy hujum:
1. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan?
2. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan?
3. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering
4. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi?
5. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan ishladi?
6. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi?
7. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz?
8.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting
9. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi?
10. “Mehr qolur” she`rida ko`tarilgan mavzu haqida gapiring.
11. “Yurtim ,ado bo`lmas” she`rida shoir qanday kimsalardan hazar qiladi?
II.Nazm gulshani:Shoir she’rlari asosida she’rxonli musobaqasi.
Darsning mohiyatin anglash bosqichida:
I.Darslikda berilgan „Biz baxtli bo`lamiz“ she`rini o`qish va tahlil qilish:
Mayli­da kimgadir
yoqsa,
yoqmasa
Ularga qo`shilib yig`lasharmidik…
Biz baxtli bo`lamiz ,
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamas,
Uchrasharmidik
Bu she’rda shoir qalbida jo’sh urayotgan g’ozal his va tuyg’ular haqida kuylar ekan,muhabbatga yana
bir bor ozgacha ta’rif­u tavsiflar bilan qalamga oladi.She’rda g’ozal ta’rifi mubolag’ali tashbihlar bilan
beriladi.Ba’zan bu chiroyni ta’riflash uchun so’z topolmaydi...
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.Shoirning darslikdan tashqari she’rlaridan ifodali o’qish va goyaviy­badiiy tahlil qilish:
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim
Men bir g`alatiman,
Men alohida.
Ko`zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim
Kelar gohida.
Muhammad Yusuf she`rlari o`zining ma`zmun mohiyati bilan o`zbek she`riyatida yetakchilik
qiladi.”Surat”she’ridagi bu ajoyib va o’ziga xos tasvir orqali ham buni ko’rish mumkin.Shoir
bu misralarda ham tashqi,ham ichki suratini chizar ekan,bu ikki suratning bir­biriga hamohangligini
yana bir bor his qiladi kishi.Ko’ngil dardi uning siyrati bilan uyg’unlashgan holda chizilgan syratni
ko’rasan bunda..
II.She’riyat bo’stoni:Shoir she’rlaridan ifodali o’qish va o’ziga xos jihatlari yuzasidan bahs­munozara.
III.Test sinovi:


1.O’zing ayt,senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan.Ushbu misralarda qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tazod
B.Tashbih
C.Mubolag’a
D.Tanosub
2.Shoir go’zalni nima “ayblaydi”?
A.Bevafolikda
B.Ishonchsizlikda
C.Chiroylilikda
D.Oqibatsizlikda
3.”Kipriklari uzun kokillaridan”misrasiga o’xshash misralar yana qaysi shoir ijodida uchraydi?
A.Usmon Nosir
B.To’ra Sulaymon C.Oybek
D.Mirtemir
4.”Tundan so’z qarz olib,tongga tutguchi”misralarida kimning holati aks ettirilgan?
A.Go’zalning
B.Lirik qahramonning
B.Ijarada turgan qizlarning
D.Boshqa oshiqlarning
5.Shoir o’z she’riyatida nimani “Agar do’srim bo’lsa,bitta u do’stim...” ,­deb kuylaydi?
A.Vatanni
B.She’riyatni
C.Andijonni
D.Qalamni
Javoblar:1.C
2.C
3.A
4.B
5.C
Uyga vazifa : She`r yodlash va tahlil qilish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
13.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot
8­sinf
Sana:_________________________________________
Mavzu:Fuzuliyhayotivaijodi. “O`landan so`r” g`azali
Darsningmaqsadi:
a)ta`limiy­ Fuzuliy hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”O’landan so’r” g’azalini
ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviy­badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy­O`quvchilar qalbida she`riyatga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi : yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlil‘
Dars jihozi : darslik , Fuzuliy g`azallari matni,Fuzuliy siymosi.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Tarqatmalar asosida Muhammad hayoti va ijodi yuzasidan bahs­munozara;
2.Shoir she’rlari asosida she’rxonlik daqiqasi.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Muhammad Sulaymon o`g`li Fuzuliy 1498­yilda IroqningKarbalo shahrida tug`ilgan. Bag`dod
madrasalarida ta`lim olgan. Fuzuliyning nomi hamisha Alisher Navoiyning nomi bilan birga


kelgan.Shoirning otasi asli Karbaloga ozarbayjonning Arash degan joyida ko’chib borgan.Keyinchalik
Fuzuliyning o’g’li Fazliy bobo Arashga qaytib borib yashagan.Fuzuliy Iroqning Bog’dod,Hilla,Najat
shaharlarida yashaganUmrining oxirida Karbalaoga yana qaytib,1556­yil shu yerda vafot etadi.
Shoir bir she`rida uch til­turk,arab, fors tillarining shuhratini o`z asarlari bilan olamga yoygan uch
buyuk dahoni: Abu Nuvos, Nizomiy va Navoiyni tilga olgan.
G`azaldur safobaxshi ahli nazar,
G`azaldur guli bo`stoni nunar.
G`azal bo`ldurur shoirning qudratin,
G`azal orttirur nozimning shuhratin.
Shoir „Layli va Majnun“dostonida Navoiyni ustoz yanglig‘ yilga oladi:
Turk­u,arab­u,ajamga ayyom,
Har shoira vermish edi bir kom.
O’lmish edi navoiy suxandon
Manzuri shahanshohi Xuroson.
Fuzuliy asarlari:
1. „laylovu Majnun“ ;2. „Haft jom“;3. „Anis ul­qalb“;4. „Matla ul­e`tiqod“
5. „Rind­u zohid“;;6. „Sihhat va Maraz“;7. „Bangu boda“;
8. „Suhbat ul asmor“;;9. „Shikoyatnoma“ (nasriy asar)
“Shifoyi vasl qadrin ” matla`li g`azalini o`qib sharhlash
II.Darslikda berilgan shoir ahyoti va ijodiga doir ma’lumotlar matni ustida ishlash .
Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.“O’landan so‘r“g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g;oyaviy­badiiy tahlil qilish:
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o`landan so`r,
Zuloli zavq­shavqin tashnai diydor o`landan so`r.
Labing sirrin gelub guftoa bandan o`zgadan so`rma,
Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o`landan so`r
Go`zu yoshlularing holin na bilsun mardumi g`ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o`landan so`r.
Xabarsiz o`lma fatton go`zlaring javrini chekkanlardan,
Xabarsiz mastlar bedodini hushyor o`landan so`r
G`amingdan sham`tak yondim ,sabodan so`rma ahvolim,
Bu ahvoli shabi hijron banim­la yor o`landan so`r.
Xarobi jomi ishqam,nargisi masting bilur holim,
Xarobot ahlining ahvolini xumor o`landan so`r.
Muhabbat lazzatidin bexabardur zohidi g`ofil,
Fuzuliy ishq zavqin , zavqi shavqi vor o`landan so`r.
Lug`at
o`landan­bo`lgandan
zuloli­tiniq
guftor­so`zlash
nukta­sir
kavokib­yulduzlar
fatton­fitnachi
banim­la­ men bilan
G’azal sof turkiy “o’landan so’r” radif bilan bitilganAruzning hazaji musammai solim uknida,ya’ni
mafoiylun­mafoiylun­mafoiylun­mafoiylun vaznida.Ga’zal ishqiy mavzuda bitilgan.bunda tasavvufiy
ishq kuylanib,ishqqa mubtalo bo’lgan kishi bilan ishqdan bexabar kishi o’rtasifagi farq ochib
berilgan.G’azal boshdan oxir azod san’ati asosida yozilgan.
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1… O’lmish edi Navoiy suxandon


Manzuri shahanshohi Xuroson.
Bu misralar shoirning qaysi asaridan olingan?
A. „Laylovu Majnun“
B. „Haft jom“
C.„Anis ul­qalb“
D. „Matla ul­e`tiqod“
2.O’zbek she’riyatida qaysi shoir Fuzuliy bo’lmasa,u ham bo’lmasdi,deydilar?
A.Ogahiy
B.Munis
C.Mahsrab
D.Muqimiy
3.“O’landan so‘r“g’azali qaysi mavzuda yozilgan?
A.Ishq
B.lohiy ishq
C.Oshiq dardi
D.Go’zal tasviri
4.G’azal boshdan oxir qaysi san’at asosida yozilgan?
A.Tashbih
B.Talmeh
C.Tazod
D.Irsoli masal
5.Muhabbat lazzatindan bexabardur zohidi g’ofil,
Xarobot ahlining ahvolini xummor o’landan so’r.
Baytdagi zohid­kim?
A.Oshiq
B.Tarkidunyo qilgan kishi
C.Piri murshid
D.Ishqdan bexabar odam
Javoblar:1.A
2.C
3.B
4.C
5.B
Uyga vazifa:Shoir lirik merosini o’rganish va g’azallar tahlili.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
15.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8­sinf
Sana:___________________________
Mavzu: Fuzuliy lirik merosi,“O`sondurdi” g`azali
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­Fuzuliy lirik merosi haqida bilim berish, “O`sondurdi” g`azali mazmun mohiyati haqida
bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy­ o`quvchilar qalbida g’azalda ilgari surilgan insoniy fazilatlarni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi­o’quvchilarning fikrlash salohiyati,g’azalxonlik malakasi va g’azal tahlil qilish
salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi : yangi bilim berish;
Dars uslubi:bahs,g’azalxonlik,matn ustida ishlash,tahlil;
Dars jihozi : darslik , Fuzuliy g`azallari matni,Fuzuliy siymosi.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
Aqliy hujum:
1. Fuzuliy qachon qayerda tug`ilgan?
2. Fuzuliyning bolaligi qanday kechgan?
3. Fuzuliy qaysi tillarda ijod qilgan?
4. Fuzuliyning nomi qaysi ijodkor nomi bilan birga tilga olinadi?
5. Fuzuliyning qaysi dostonlarini bilasiz?
6. Fuzuliyning nasr yo`li bilan yozilgan asari qanday nomlanadi?
7. “Shifoyi vasl qadrin” matla`li g`azali necha bayt?
8. G`azaldagi “So`r” radifi shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Fuzuliyning lirik merosi haqida nimalarni bilib oldingiz?


II.Fuzuliu 58 yillik umri davomida ulkan adabiy meros qoldirdi.
U turkiy,arab va forsiy tillarida devon yaratgan.Turkiy devonidan 300 ga yaqin g’azali,75 ta ruboiy ,42
ta qit’a,27 ta qasida va bir nechta tarje’band,tarke’band,murabba’ ,musammanlar o’rin olgan.
Fuzuliy g’azallari tilining ravonligi,ifoda va ta’sirning jozibadirligi,vazn ,qofiya,radif va badiiy
san’atlar qo’llashda yuksak darajasi,uslubining o’ynoqligi ,lirik qahramon ruhiyatida ko’tarinki
kayfiyat ,otashinlik va shiddatkorlik borligi,falsafiy mushohada­mulohaza va hukm­xulosalarning
yangiligi ,ya’ni ohoriyligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.Shoir g’azallarining asosiy mavsusi ham
ishq.shuning uchun lirik qahramon otashin oshiq timsolida namoyon bo’ladi.Navoiy kabi Fuzuliy
g’azallarida ham ikki otashin mhabbat tarannum
Etiladi va uyg’unlashib ketadi.
III.Shoir lirikasidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.“Bani jondan o`sondurdi” matla`li g`azalini o`qib, sharhlash:
Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu?
Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi?
Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,
Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?
Guli ruxsoringga qarshu go`zimdin qonli oqar su
Habibim fasli guldir bu, oqar suvlar bulanmazmu?
G`amim pinhon dutardim ban,dedilar yora qil ravshan,
Desam ul bevafo bilman , inonurmi, inonmazmi?
Dagildim ban sango moyil, san etding aqlimi zoyil
Bango ta`n aylayan g`ofil , sani ko`rgach o`tonmazmi?
Fuzuliy rindi shaydodir, hamisha xalqa rasvodir,
Ko`ringkim, bu na sabdodir , bu savdodan o`sonmazmi?
Lug`at:O`sonmoq –bezmoq
Qamu –barcha
Sonmoq –hisoblamoq
Uyodir –uyg `otadir
Bilman –bilmayman
Dagildim –emasdim
Zoyil –yo `q qiluvchi
Ta`n –ta `na
O`tonmoq –uyalmoq
Fuzuliyning ishqiy g’azallaridan sanalib,an’anaviy yetti baytdan iborat.Hazaji musammani
solim ruknida yozilgan.G’azalda shoir bir necha badiiy san’atlardan mohirona foydalanadi.
Jumladan,tazod san’ati deyarli har bir baytda uchraydi.
Bu g’zalda alohida syujet,hattoki,kichikroq voqea ham yo’q.Lirik ohang kuchaygandan kuchaya
boraveradi.Unda oshiq tarzida namoyon bo’lgan lirik qahramonning kayfiyatidagi turfa holatlar aks
ettirilgan....
II.Savol­topshiriqlar ustida ishlash .
III.Test sinovi:
1.Soirning turkiy devonida nechta g’azal kiritilgan?
A.300 ta
B.300ga yaqin C.300 dan ortiq
D.75 ta
2.Turkiy devonda neshta ruboiy va qit’a bor?
A.75,42 B.42,27
C.74,45
D.75,27
3. Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu?
Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi?
Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?


A.Talmeh B.Tazod C.Talmeh
D.Tanosub
4. Dagildim ban sango moyil, san etding aqlimi zoyil
Bango ta`n aylayan g`ofil , sani ko`rgach o`tonmazmi?
Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Tazod C.Talmeh
D.Tanosub
Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?
Baytdagi “qamu ”so’zini sharhlang.
A.Barcha B.Oshiq
C.Bilmayman
D.Emasdim
Javoblar:1.B
2.A
3.B
4.D
5.A
Uyga vazifa:Shoir g’zallaridan birini yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
15.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8­sinf
Sana:______________________________
Mavzu: G`azalxonlik va she`rxonlik musobaqasi
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy­ yodlangan g`azal va she`rlarni takrorlash orqali bkmlarni mustahkamlash;
b)tarbiyaviy­ o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat ,insoniylik va mehr­muhabbat tuyg`ularini
tabiyalash;
d)rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi:takrorlash;
Dars uslubi:aqlih hujum,musobaqa,she’rxonlik;
Dars jihozi:tarqatmalar,she’riy asarlar.
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Tarqatmalar asosida Fuzuliy hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob;
II,Shoir g’azallaridan yod so’rash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O`tilgan mavzular bo`yicha takrorlash
1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan?
2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan?
3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi?
4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi.
5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina
boshlaydi?
6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting
7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz?
8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi?
9. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan?
10. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan?
11. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering
12. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi?
13. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan j
14. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi?
15. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz?


16.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting
17. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi?
18. “Mehr qolur” she`rida ko`tarilgan mavzu haqida gapiring.
19. “Yurtim ,ado bo`lmas” she`rida shoir qanday kimsalardan hazar qiladi?
20. Fuzuliy qachon qayerda tug`ilgan?
21. Fuzuliyning bolaligi qanday kechgan?
22. Fuzuliy qaysi tillarda ijod qilgan?
23. Fuzuliyning nomi qaysi ijodkor nomi bilan birga tilga olinadi?
24. Fuzuliyning qaysi dostonlarini bilasiz?
25. Fuzuliyning nasr yo`li bilan yozilgan asari qanday nomlanadi?
26. “Shifoyi vasl qadrin” matla`li g`azali necha bayt?
27. G`azaldagi “So`r” radifi shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday
Darslikdan yodlangan she`rlar bo`yicha mushoira
Darsning mustahkamlash bosqichida:
II.Darslikdan yodlangan she`rlar bo`yicha mushoira
To`ra Sulaymon
“ILTIJO”
Bahor kelsa boshlanar bog`da bulbul xonishi
Sa`va qumri nag`masi ,suralay tovlanishi
Qirlarda lola sayli ,qishlovlarda yilboshi
To`xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi
Bahor,ketma mening bog`imdan
“ARMON”
Gulzorni alaf bossa ,zog` bossa bog`bon turib,
Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib,
Bir gazanda toptasa tuproqni posbon turib,
Bir yo`rtoq yo`l boshlasa ,qudratli karvon turib,
Ko`nglimda armon yotar
Buzilgan ro`zg`or misol
Muhammad Yusuf
“VATANIM”
O`tgan kuning o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun
Qodiriyni bergan zamin
Qodiriyni sotgan kun
Qo`lin bog`lab,
Dili dog`lab,
Yetaklashib ketgn kun
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim
Fuzuliy
“Bani jondan o`sondurdi” matla`li g`azalini o`qib sharhlash
Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu?
Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi?
Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,
Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?
III.Bahribayt musobaqasi.
IV.Ijodiy ish :Dilga yaqin misralar:
Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni,
Onamsan­ku og`ir olma so`zimni,


Qayinbarglar yopib qaro ko`zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar,alhazar,ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar,
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.
Guruch kurmaksiz bo`lmaganidek , yov kelganida o`zini chetga olgan ,joni shirinlik qilib, sha`nidan
kechgan ,hatto do`stlarini sotgan kimsalarni ham , afsuski, tarix yodidan chiqarmaydi. Ularning
kirdikorlari tufayli yurtning “ado bo`lmas armonlari toshlarni yig`latgan dostonlari” paydo bo`ldi.
Ayniqsa, sobiq sho`ro davrida yurtimiz va yurtdoshlarimiz boshidan kechgan musibatlarni unutishga
hech kimning haqi yo`q . “Qora ko`zlarini” tug`ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis Sibir
o`rmonlaridagi “Qayinbarglar yopgan” Usmon nosirning ham barcha qatori yashashga haqi bor edi.
Afsuski, o`zimizdan chiqqan sotqinlar , mehrobga in qurgan chayonlar Usmon Nosirning ham, Abdulla
Qodiriyning ham, Cho`lpon va Fitratlarning ham umriga zomin bo`ldilar.
Uyga vazifa: She`r va g`azallar yodlash
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
15.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Sana : ________________________________
Mavzu : 7­nazorat ishi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish;
Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona­ Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi: Nazorat
Nazorat turi : Insho
Insho mavzusi: Menga yoqqan g`azal
Berilgan vaqt: 90 daqiqa
Dars jihozi : Darslik
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Menga yoqqan g`azal
Reja:
I variant
1. Mirtemir she`rlarini sevib o`qiyman
2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi
3. “Toshbu” she`ri –o`zbek ayollari uchun bitilgan eng yaxshi she`r
4. Mirtemir –o`zbek she`iyatining bobodehqoni
II variant
1. Cho`lpon she`rlari shaydosiman
2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi
3. “G`ozal” she`ri sof lirik she`r
4. Cho`lpon –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz
Uyga vazifa: Takrorlash


Sana : ________________________________
Mavzu : 7­nazorat ishi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish;
Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona­ Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi: Nazorat
Nazorat turi : Insho
Insho mavzusi: Menga yoqqan shoir
Berilgan vaqt: 90 daqiqa
Dars jihozi : Darslik
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Reja:
I variant
1. To`ra Sulaymon she`rlarini sevib o`qiyman
2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi
3. “Tavallo” she`ri –o`zbek onalari uchun bitilgan eng yaxshi she`r
4. To`ra Sulaymon she`riyati mangu barhayot
II variant
1. Muhammad Yusuf­ men sevgan shoir
2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi
3. “Mehr qolur, muhabbat qolur” she`ri –eng yaxshi she`r
4. Muhammad Yusuf –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz
Uyga vazifa: Takrorlash
Sana : ________________________________
Mavzu : 7­nazorat ishi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish;
Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona­ Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi: Nazorat
Nazorat turi : Insho
Insho mavzusi: Menga yoqqan shoir
Berilgan vaqt: 90 daqiqa


Dars jihozi : Darslik
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Reja:
I variant
1. To`ra Sulaymon she`rlarini sevib o`qiyman
2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi
3. “Tavallo” she`ri –o`zbek onalari uchun bitilgan eng yaxshi she`r
4. To`ra Sulaymon she`riyati mangu barhayot
II variant
1. Muhammad Yusuf­ men sevgan shoir
2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi
3. “Mehr qolur, muhabbat qolur” she`ri –eng yaxshi she`r
4. Muhammad Yusuf –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz
Uyga vazifa: Takrorlash
Sana:___________________________
Mavzu: Robindranat Tagor hayoti va ijodi. “Nur va soyalar” romani
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy:Robindranat Tagor hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida ona­vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi: Savol –javob
Dars jihozi : Tagorning rasmi, darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Hindistonlik buyuk shoir, yozuvchi, bastakor va tarbiyashunos, taniqli jamoat arbobi, xalqaro Nobel
mukofotining laureati Robindranath Thokur 1861­yili 7­mayda Kalkutta shahrida tavallud topgan.
Uning otasi baland martabali, yuksak saviyali kishi edi. Thokur oiladagi 14 farzandning kenjasi
bo'lib, otasi uni butun Hindiston bo'ylab o'zi bilan olib yurar, mamlakatning muqaddas qadamjolarini
ko'rsatar edi. Bola tabiat go`zalliklaridan ta'sirlanib zavqqa to'lardi. Bo'lajak adibning 8 yoshidayoq
she'rlar yoza boshlagani shundan bo'lsa kerak. R. Thokur dastlabki savodni uyida olgan. Keyinchalik,
xususiy maktablarda, Kalkuttadagi seminariyada o'qidi, uni bitirgach, Bengaliya akademiyasida tarix
va madaniyatdan saboq oldi. 1878—1880­yillarda London Universitetining kollejiga o'qishga kiradi.
Biroq uni tugatmasdan Hindistonga qaytadi. Oilada akalariga ergashib, ijod qila boshlaydi.
Angliyadagi jurnallarda dastlabki she'r, doston va maqolalari e'lon qilinadi. Uning 1882­ yilda e'lon
qilingan ilk she'riy to'plami «Oqshom qo'shiqlari» deb atalardi. Shundan so'ng u pok insoniy
muhabbat ulug'langan “Tonggi qo'shiqlar”, «Suratlar va qo'shiqlar», mustamlakachilik zulmi va


ijtimoiy adolatsizlik qoralangan «Bibha sohili» va “Donishmand Roja» tarixiy romanlarini yozadi. U
asosan bengal tilida ijod qilgan.
1884—1911­yillarda R.Thokur ijtimoiy­siyosiy tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, Hindiston
Milliy kongressida faol qatnashdi.Milliy ozodlik harakatida qatnashib, milliy ongi o'sganligi tufayli
uning asarlarida ham hind xalqining ingliz istilochilariga qarshi kurashi, mustamlaka siyosatiga
nissbatan keskin noroziligi ifodalandi. Uning «Chitra», «Lahza» she'riy to'plamlari, «Roja va Rani»,
«Qurbonlik», «Chitrangoda», «Malini» falsafiy dramalari, keyinchalik o'zbek tiliga ham taijima
qilingan «Hisob­kitob», «Jazo» va «Nur va soyalar» hikoyalari ana shu harakatning ijtimoiy­badiiy
ko'rinishi sifatida yaratildi.
R. Thokur asarlari Hindiston va undan tashqarida ham mashhur bo'la boshladi. U 1912­yilda o'zining
«Gitanjali» she'rlar to'plamini ingliz tiliga tarjima qiladi. Mazkur asari uchun 1913­yilda Xalqaro
Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi. Mukofot puliga esa Hindiston bolalariga bepul maktab ochadi. Bu
maktab Birinchi jahon urushidan keyin bepul o'qitiladigan universitetga aylantiriladi. R.Thokur
Yevropa mamlakatlariga, Yaponiya, Amerika Qo'shma Shtatlariga bir necha marotaba safar qiladi.
Safarda ko'rganlarini Hindistondagi siyosiy ahvol bilan qiyoslaydi. Ko'rgan­bilganlari asosida milliy
ozodlikka da'vat ruhida kitoblar yaratdi. Bu asarlarida Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular
qaysi irq, tabaqa va diniy mazhab bo'lishidan qat'i nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa
birlashishga chaqirdi. Uning 1911­yilda vatanparvarlik ruhida bitgan «Xalq qalbi» nomli qo'shig'i
Hindiston Respublikasining milliy madhiyasiga, 1913­yilda yaratgan «Mening oltin Bengaliyam”­
qo'shig'i esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madhiyasiga aylangan.
R.Thokur ijodi rang­barang. U adabiyotning turli janrlarida qalam tebratdi. Uning adabiy bisotida
muhabbat haqidagi kicliik lirik she'rdan to yirik epik dostongacha, purmazmun hikoya, qissadan to
yirik romangacha, kichik sahna asaridan to salmoqli dramalargacha, kishini chuqur o'yga toldiradigan
badialargacha mavjud.
R.Thokur Hindiston ozodligini, uning kelajagini ma'rifatda ko'rdi. U ozodlikka, avvalo,
savodxonlik, ma'rifatga oshnolik, g'aflat va jaholatni yengish orqaligina erishish mumkin deb
hisoblaydi. Shuning uchun u butun umri davomida o'z xalqining ko'zini ochishga urindi, yurtdoshlari,
maslakdoshlarini ham shunga da'vat etdi. Buyuk adib shu jihatdan bizga ma'rifatparvar jadid
bobolarimiz Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho'lponlarni eslatadi.
R.Thokur asarlari jahonning ko'p tillariga tarjima qilingan, Xususan, o'zbek tilida adibning sakkiz
jildlik tanlangan asarlar to'plami, shuningdek, «Nur va soyalar» (1957), «Ko'zga tushgan cho'p»
(1973) nomli kitoblari nashr etilgan.
O'zbek sahnasida esa uning «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang
daryosining qizi» dramasi Hamza nomli akademik teatr (hozirgi Milliy teatr)da o'ynalgan.
«O'zbekfilm» kinostudiyasida 1961­yilda shu nomda to`la metrajli badiiy film yaratilgan.
Darslikda berilgan „Nur va soyalar“ asaridan olingan parchani o`qish.
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1. R.Tagor qachon qanday oilada tavallud topdi?
2. Tagorning bolaligi qanday kechgan?
3. Hindiston tarixida adib qanday xizmatlari bilan qadrli?
4. Tagor ijodidan qaysi asarlarni bilasiz?
5. Tgaorning asarlari o`zbek tiliga ham tarjima qilinganmi?
Uyga vazifa: o`qib o`zlashtirish
Sana:________________________________
Mavzu: R. Tagor . “Nur va soyalar” asari
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: “Nur va soyalar” asarini o`qish
b)tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida adolat, haqgo`ylik hislarini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:Og`zaki va yozma nutqni o`stirish


Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi:Savol ­javob
Dars jihozi : Darslik, Tagorning surati
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
O`tilgan mavzu bo`yicha takrorlash
1. R.Tagor qachon qanday oilada tavallud topdi?
2. Tagorning bolaligi qanday kechgan?
3. Hindiston tarixida adib qanday xizmatlari bilan qadrli?
4. Tagor ijodidan qaysi asarlarni bilasiz?
5. Tagorning asarlari o`zbek tiliga ham tarjima qilinganmi?
R. Thokurning “ Nur va soyalar” hikoyasini o'rganish tavsiya etiladi. Hikoya o'tgan asr boshlarida
Hindistonda mustamlakachilik zulmini tortgan, insoniy huquqlari poymol etilgan hind xalqi hayotidan
muhim bir lavhani hikoya qiladi. AsarqahramoniShoshibushono'qimishli, kamsuqum, dilkashyigit.
Uadvokatlikkao'qigan,
biroqbirorbirtayinliishqilishdanko'rayolg'izlikdakitobmutolaasibilanshug'ullanishniafzalko'radi.
Shoshibushon «...osoyishtalik, tinchlikniyaxshiko'rardi, shuninguchunuylanishnihamxohlamasdi».
Biroqko'po'tmayuzlatvatanholiknixushko'radiganbuyigito'zgarib, tez­tezg'azabijo'shib,
o'ziniqo'yganijoytopolmayqoladi. Uningbuahvolgatushishigasabab, o'zatrofidaro'yberayotgannohaqlik,
adolatsizlikedi. ShoshibushonqishloqdagilardanbezibKalkuttagajo'naydebturganda,
qishloqqaokrugsudyasikelibqoladi. Uningyugurdaklari, xizmatchilari, politsiyachilari, itlari,
otlarivaolboqaributunqishloqnilarzagakeltiradi. Sudyabarchaniurib­ so'kibzulmqilaboshlaydi.
Bundayadolatsizlikniko'rganShoshibushonchidabturolmaydi.
Hamishaodamlardanyashirinibyurganyigitsudyahuzurigakelib,
ujabrlagankishilarniqonunnomidano'zhimoyasigaolishinima'lumqiladi. Sudyaning:
«Buishniovozaqilmay, kelishibqo'yaqolaylik», degantaklifigarozibo'lmaydi.
Biroqusudjarayoniniboyberadi. Sababi ­ «da'vogarsustbo'lsaqozimuttaham» deganlaridek,
jabrlangannoibXorkumarda'vosidanqaytadi, sudyaga, xo'jayini ­ zamindorgaqarshiborgisikelmaydi.
Aksincha: «Menshikoyatqilmoqchiemasedim. Bumeninghamqishlog'imShoshiningishi»,
debungatuhmatqiladi.
Xullas, advokat Shoshibushon qaysi ishga qo'l urmasin, muvaffaqiyatsizlikka uchrayveradi. Sababi
o'sha ­ odamlar haqiqat uchun kurashishdan ko'ra, boshlari tinch bo'lishini o'ylaydilar, mutelikni ma'qul
biladilar. Uning haqsizlik himoyasi uchun qilganhar bir harakati temir devorga urilgan chinni
buyumdek sinib chil­chil bo'laveradi. Urinishlari puchga chiqqan Shoshibushon qonunni ham
yig'ishtirib qo'yib, hatto politsiya xodimini do'pposlash darajasiga boradi, bu qilmishi uchun besh yil
qamoq jazosiga hukm qilinadi, ko'p uqubatlar chekadi.
Adib mustamlaka yillarida Hindistonda hukm surgan tushkun ahvol, ingliz istilochilari tomonidan
qo'rqoq, yuvosh, mute avomga aylantirilgan yurtdoshlari taqdirini, bitta­yarimta insonning yurak yutib
aytgan so'zi yoki qilgan ishi shamolgn sovurilayotganligini «Nur va soyalar» hikoyasida yorqin
tasvirlagan. Ushbu asar jafokash hind xalqini qullikda ushlab turishga intilgan ajnabiy
mustamlakachilar va ularga z u l m pichog'ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida bitilgan
aybnoma kabi o'qiladi.
“Nur va soyalar” asari qahramonlari:
Shoshibushon
Giribala
Xorkumar
Okrug sudyasi
Noyib
xizmatkor
baliqchilar


Uyga vazifa: O`qib –o`zlashtirish
Sana:________________________________
Mavzu: Sergey Yesenin hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Sergey Yesenin hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
Tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ozodlikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`tirish;
Dars tipi:Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi :Savol­javob
Dars jihozi:Mavjud ko`rgazmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
Takrorlash
1. Rus shoirlaridan kimlarni bilasiz?
2. Rus tili darslarida Yeseninning qaysi she`rlarini o`qigansiz va yod
olgansiz?
XIX asrda rus adabiyoti, jumladan, she'riyati shunday yuksak darajada rivojlandiki, bugun jahon
adabiyotini shu davr rus so'z san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. XX asr boshlarida bu adabiyot
yangi shoirlar berdi. Shulardan eng mashhuri — Sergey Yesenin. Adabiyot ahli orasida, shoirlar
qishloqlarda tug'ilib, shaharlarda vafot etadi, degan gap yuradi. Bu rusning buyuk shoiri Sergey
Aleksandrovich Yeseninga nisbatan to'la mos keladi.
U 1895­yilning 3­oktabrida (eski hisob bo'yicha 21­sentabrida) Rossiyaning qadim tarixga ega
Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinovo qishlog'ida oddiy dehqon oilasida tug'ildi. Otasining
kambag'alligi, ayolmandligi uchun u ikki yoshligidan o'ziga to'qroq bo'lgan ona tomonidan bobosining
oilasida tarbiya topdi. Besh yoshligida o'qishni o'rgandi, to'qqiz yoshidan xalq qo'shiqlariga o'xshatib
she'rlar bita boshladi.
Qishloq muallimlari tayyorlaydigan maktabni tugallab, o'n yetti yoshida Moskvaga bordi.
Savdogarning idorasida ishladi, bosmaxonada musahhihlik qildi, adabiy­musiqiy to'garakka qatnashdi,


she'rlar yozishni davom ettirdi. O'n to'qqiz yoshidan she'rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur
bo'ldi. Yigirma yoshida Petrogradga kelib, yana bir mashhur rus shoiri Aleksandr Blok bilan tanishdi.
1916­yildan Armiya xizmatiga kirdi. Oq podshoh sharafiga she'r yozishdan bosh tortgani uchun
intizomiy batalonga jo'natildi, keyin xizmatdan tamoman voz kechdi.
1918—1921­yillarda Murmansk, Arxangelsk, Qrim, Kavkaz, Bessarabiya, shuningdek, Turkiston
bo'ylab safar qildi. 1922­ 1923­yillari esa taniqli amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan bilan
Yevropaning Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya mamlakatlarini aylandi, to'rt oy AQSH da yashadi.
Sergey Yesenin 1925­yil 28­dekabrda fojiali tarzda vafot etdi.
Shoir qayerda bo'lmasin, umri bo'yi o'zini ruhan qishloqda yurgandek his qilib yashadi. Shoirning
o'z yurti va ona xalqiga yuksak muhabbati she'rlarida uning bevosita Ryazan o'lkasiga mehri tarzida
aks etgan.
Shoir asarlarida taijimayi holi bilan bog'liq nuqtalar ko'p tilga olinadi. Mumtoz o'zbek adabiyotida
bunday asarlarga hasbi hol deyiladi. «Endi qaytmam uyimga» hamda «Singlimga xat» she'rlarida
muallifning ko'p umri xorijiy mamlakatlarda, safarlarda o'tgani shundoq sezilib turadi. Ammo qayerda
yashamasin, vatani mehri uning qalbida jo'sh uradi.
SergeyYeseninningsatrlariqisqa­qisqa,
tiliravonvasodda,
lirikqahramonninghayot,
tabiat,
odamlargamunosabatidaqishloqchasamimiylikvato'g'rilikufuribturadi. Eng muhimi, asarlarida sharqona
ruh bor.
Bu o'z­o'zidan paydo bo'lgan emas. Shoir forsiy tildagi mumtoz she'riyat namunalari bilan yaqindan
tanishganidan keyin Eronga borishga qattiq intiladi. Biroq o'sha paytdagi Rossiya va Eron
munosabatlari rus shoirini u yoqqa yuborish maqsadga muvofiq emasligini taqozo etadi. Shunga
qaramasdan, Sergey Yesenin qattiq turib Eronga borishni talab qilgani uchun uni Ozarbayjonning
Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga yuborishadi. Bir necha muddat bu yerda yashab, sharqona ruhni
his etadi, Sharq odamlarining hayot tarzidan zavqlanadi va tez fursatda uning «Fors taronalari» she'rlar
turkumi yoziladi.
Sharq she'riyatida Allohga ishqni majozan yorga ishq tarzida kuylash kuchli edi. Shunga taqlidan
rus shoiri ham Sharq go'zaliga bag'ishlangan ishqiy she'rlar bitadi. Lekin shu mavzu bahonasida G'arb
kishisining Sharqqa mehri jo'sh urib turganini sezish qiyin emas.
Rus hayotini tasvirlaydimi, sharqona mavzularda qalam tebratadimi, bundan qat'i nazar, Sergey
Yesenin she'rlarining tub mohiyatida umuminsoniylik yotadi. Millati, dini, irqidan qat'i nazar, ularni
o'qigan kishining
ko'nglidabiryorug'lik, zavq, mehr, ezgulikkaoshnoliktuyg'usipaydobo'ladi. She'r qalbni poklaydi,
deganlari shu.
Sergey Yeseninning aksar she'rlarini Erkin Vohidov maromiga yetkazib tarjima qilgan. Bu
she'riyatning o'zbek shoirlari ijodiga juda katta ta'siri bo'ldi. Erkin Vohidov, Tilak Jo'ra, Ma'ruf Jalil,
Xurshid Davron va boshqalar ijodida buni yaqqol sezamiz. Xususan, O'zbekiston xalq shoiri marhum
Muhammad Yusuf ijodini Sergey Yesenin asarlari ta'sirisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Darslikda berilgan she`rlarni o`qish
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan?
2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan?
3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi?
4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi.
5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi?
6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi?
7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi?
8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan?


9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi?
10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi?
Uyga vazifa: o`qib –o`zlashtirish.
Sana:____________
_____________________
Mavzu: Sergey Yesenin . “Xurosonda bir darvoza bor”
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Sergey Yesenin hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
Tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ozodlikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`tirish;
Dars tipi:Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi :Savol­javob
Dars jihozi:Mavjud ko`rgazmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
Takrorlash
1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan?
2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan?
3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi?


4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi.
5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi?
6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi?
7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi?
8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan?
9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi?
10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi?
Xurosonda bir darboza bor,
Ostonasi gulga ko'milgan,
Unda yashar bir pari ruxsor.
Xurosonda bir darboza bor,
Hayhot, uni ocholmadim man.
Qo'llarimda kuch ham yetarli,
Sochlarimdan oltin rang olgan.
Asir etdi meni ul pari.
Qo'lda garchi kuchim yetarli,
Ul eshikni ocholmadim man.
Mardligim ne ishq maydonida,
Ayting, kimga qilay sharhi g'am?!
Sevmas bo'lsa Shahi jonidan,
Ul eshikni ocholmas bo'lsam,
Mardligim ne ishq maydonida?!
Yana tushdi Rus sari yo'lim,
Eron, sendan ketgummi hali?
Nahot, seni boz ko'rmas bo'ldim?
Ona yurtga mehrim tufayli
Yana tushdi Rus sari yo'lim.
Xayr endi, xayr, parizod!
Darbozangni ocholmasam­da,
Shirin g'aming birla umrbod
Kuylab o'tay seni o'lkamda.
Xayr endi, xayr, parizod!
Bu she'r Sergey Yeseninning «Fors taronalari» turkumiga kiradi. Ma'lumki, bu turkumni shoir forsiy
she'riyat ta'sirida, buyuk qalam egalari yurtini ko'rishni istab, unga intilib, shu kayfiyat va sog'inch
bilan bitgan. Ammo, aslida, rus shoiriga Eronga (Xurosonning bir qismi ham hozirgi Eron tarkibiga
kiradi) borish nasib etmagan. Shunga qaramay, turkum she'rlarida shoir o'zini Eronda yurganday
tasavvur qilib ish tutgan.
Bu «Xurosonda bir darboza bor...» she'rida ham yaqqol ko'zga tashlanadi.
She'r har biri besh misradan tashkil topgan besh banddan iborat. Satrlar — muallif uslubiga xos
ravishda qisqa­qisqa
Birinchi bandda lirik qahramon Xurosondagi bu darbozaning ostonasi gulga ko'milgani, iclikarida bir
pari ruxsor yashashi, ammo uni ocholmay, armonda ekanini aytadi.
Aslida, uning darbozani ochishga kuchi yetadi, hatto, «sochlaridan oltin rang olgan», ya'ni uning
sochlari sap­sariq, ul pari buni asir etgan...
Birinchi bandda:
Xurosonda bir darboza bor, —
misrasi ikki bor (birinchi va to'rtinchi satr sifatida) takrorlangan, ikkinchi bandda:
Qo'llarimda kuch ham yetarli, —
misrasi (birinchi satr):


Qo'lda garchi kuchim yetarli, ­
tarzida (to'rtinchi satr) qayta qo'llangan edi.
Uchinchi bandda ham bu takror usuli bandning boshi (birinchi satr) va oxirida (beshinchi satr) davom
etadi («Mardligim ne ishq maydonida»). Bu bandda lirik qahramon yorining ismini ham («Shahi»)
qistirib o'tadi.
Xuddi shunday birinchi va beshinchi misralarni aynan bir xil qilib tuzish qoidasiga to'rtinchi bandda
ham amal qilinadi («Yana tushdi Rus sari yo'lim»). Endi lirik qahramon shunday go'zal qizga bo'lgan
sevgisiga kutilmaganda yurt muhabbatinr qarama­qarshi qo'yadi — ona yurtga mehrim tufayli, nahot,
seni qayta ko'rolmasam!
Oxirgi bandda oshiq yori bilan xayolan xayrlashadi, darbozangni ocholmasam­da, umrbod
vatanimda seni kuylab o'taman, deydi. Birinchi va oxirgi misralarning aynanligi bu bandda ham
mavjud («Xayr endi, xayr, parizod»).
Ikkinchi banddagi:
Sochlarimdan oltin rang olgan,—
satri bekorga qo'llanmagani, shoir zimdan o'zining qaysi yurt, qaysi millat vakili ekanini kitobxonga
oldindan eslatib o'tishni yodidan chiqarmaganini sezish qiyin emas.
Ana shu takrorlar asarning o'ziga xos ohangi, jarangi va ta'sirchanligini ta'minlagan. Aytish mumkinki,
bu usulning o'zi h a m Sharq mumtoz she'riyatiga taqlidriing bir ko'rinishi hisoblanadi. «Ostona», «pari
ruxsor», «pari», «parizod» so'zlarin i n g ishlatilishi ham — sharqona ruh mevasi.
Yana bir ta'sir shuki, she'rda qofiyaga tushmaydigan biror misra yo'q. Biroq ular g'azaldagi kabi
qat'iy tartibga bo'ysunmaydi. Shu tariqa kuchli musiqiylik ta'minlangan.
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1.She'rning band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlii qiling.
2.Bandlardagi takror misralar tartibi, ta'sirchanlik va musiqiylikni ta'minlashdagi o'rnini belgilang.
Nega keyingi uch bandda qaytarilgan misralar o'rni qat'iylashdi?
3.Asardagi qaysi so'z­timsollarda sharqonalik bor?
4.Beshinchi bandda yorga ishqqa nima qarama­qarshi qo'yiladi? Bu tazodning
asardagi ahamiyatini tushuntirib bering.
5.Ikkinchi banddagi
«Sochlarimdan oltin rang olgan» misrasining beshinchi banddagi vatan mehri
talqiniga qanday aloqasi bor?
Uyga vazifa: She`rni yod olis


Sana:_______________________
Mavzu: Sergey Yesenin she`rlari
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: Yesenin she`rlari haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona­Vatnaga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars usuli:Induktiv
Dars metodi:Savol­javob
Dars jihozi :Darslik, shoirning surati, buklet
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
O`tilgan mavzu bo`yicha takrorlash
1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan?
2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan?
3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi?
4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi.
5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi?
6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi?
7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi?
8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan?
9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi?
10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi?
11. “Xurosonda bir darvoza bor ”she'rining band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlil qiling.
12.Bandlardagi takror misralar tartibi, ta'sirchanlik va musiqiylikni ta'minlashdagi o'rnini
belgilang. Nega keyingi uch bandda qaytarilgan misralar o'rni qat'iylashdi?
13.Asardagi qaysi so'z­timsollarda sharqonalik bor?
14.Beshinchi bandda yorga ishqqa nima qarama­qarshi qo'yiladi? Bu tazodning
asardagi ahamiyatini tushuntirib bering.
15.Ikkinchi banddagi
«Sochlarimdan oltin rang olgan» misrasining beshinchi banddagi vatan mehri
talqiniga qanday aloqasi bor?
Darslikda berilgan she`rni o`qish va tahlil qilish
Dog'lar ketmish majruh ko'ngildan,
Mast vasvasa qo'zg'amas tug'yon.
Men dardimga Tehron gulidan


Choyxonada topoldim darmon.
Choyxonachi — barvasta, o'ktam,
Qoyil qolsin rus, deb, choyimga,
O'tkir aroq, may o'rniga ham
Achchiq­achchiq choy tutar menga.
Quy, mezbonim, ammo had bilan,
Bog'ing aro turfa gullar bor.
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko'zin suzdi gulruxsor.
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar bo'sa bizlarni
Bexanjar­u bemakr­u bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro'mol solgum boshiga,
Yo'llariga sheroziy gilam.
Mezbon, choy quy menga lolagun,
Shoir senga so'ylamas yolg'on.
Ehtiyot bo'l o'zingga bugun,
So'ngra mendan qilmagin gumon.
Eshikka ko'p qarayberma san,
Gulbog'ingga, baribir, yo'l bor...
Oqshom menga niqob ostidan
Ohu ko'zin suzdi gulruxsor.
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1.
She'rning band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlil qiling.
2.
Uchinchi band oxiridagi ikki satr nega she'r so'ngida takror ishlatildi?
3.
Asardagi qaysi so'z­timsollarda sharqonalik bor? Qaysilari lirik qahramon yurtini bildirib turadi?
4.
Qaysi bandda ayollarga munosabatda Eron va Rossiya o'rtasidagi ijtimoiy tafovut haqida so'z
boradi?
5.
Lirik qahramondagi o'ziga ishonchga asos bo'lgan voqeani aniqlab. sharhlab bering.
6.
She'rda «gul» bilan bog'liq so'z­timsollarning o'rni, ahamiyati, ma'nolarini izohlang.


Uyga vazifa: She`rni yod olish
Sana:_______________________
Mavzu: 8­nazorat ishi
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Nazorat
Nazorat turi: Test
Test miqdori : 20 ta
Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta
Reglament : 45 daqiqa
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
O`qituv­
chining
bahosi
Javoblar
Savollar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Takrorlash
1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan?
2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan?
3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi?
4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi.
5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi?
6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi?
7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi?
8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan?
9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi?
10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi?
11. “Xurosonda bir darvoza bor ”she'rining band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlil qiling.
12.Bandlardagi takror misralar tartibi, ta'sirchanlik va musiqiylikni ta'minlashdagi o'rnini
belgilang. Nega keyingi uch bandda qaytarilgan misralar o'rni qat'iylashdi?
13.Asardagi qaysi so'z­timsollarda sharqonalik bor?
14.Beshinchi bandda yorga ishqqa nima qarama­qarshi qo'yiladi? Bu tazodning
asardagi ahamiyatini tushuntirib bering.
Uyga vazifa: Takrorlash


Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin