Sana: (1 soat)



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix09.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#153186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi

Sana:
Sinf: 8

B

-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu: A.Navoiy qit`alari
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy­Alisher Navoiy qit`alarini o`qish va tahlil qilish;
b) tarbiyaviy­ o`quvchilar qalbida poklik,insoniylik,shukronalik tuyg`ularini
tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi­o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish.
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil;
Dars jihozi :darslik,Navoiy qit’alari,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Aqlih hujum:
1. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab
bering.
2. Alisher Navoiyning “Qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan?
3. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat?
G`azalning maqta`sini ayting
4. Begona bayt deganda nimani tushunasiz?
5. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim?
6. Alisher Navoiy ijodidan g`azaldan tashqari yana qanday janrlar o`rin olgan?
II.Shoir ijodi asosida yod olingan she’r lardan she’r iy daqiqalar o’tkazish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Shoirlar ijojidagi qi’t’alar asosida savol­javob.
II.Alisher Navoiy qi’t’alaridan ifodali o’qib,g’oyaviy­badiiy tahlil qilish.
Chun g`ar az so`zdin er ur ma`ni anga,


Noqil o`lsa xoh xotun , xoh er.
So`zchi holing boqma , boq so`z holini,
Ko`r ma kim der ani , ko`r gilkim ne der.
Bu qit’ada Alisher Navoiy insonning tashqi qiyofasiga emas,balki aytayotgan so’ziga boq,deb
ta’kidlaydi.Bu uning kimligini senga ko’rsatib beradi.Maqsadli aytilgan so’z ma’noli bo’ladi…Bunda
shoir insonning odobi uning so;zidan bilinadi,deb uqtiradi…
II. Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq
Jahondin notamom o`tmak biaynih ,
Er ur hammomdin nopok chiqmoq
Bu qit’ada esa shoir inson o’zini kamolga yetkazishni kasb qilib olishi kerakligini uqtirib,senga olam
uyidan g’amgin bo’lib chiqish farz hisoblanmayda,bu dunyodan notamom,kamolga yetmasdan o’tmoq­
xuddi hammomga kirib,chala yuvinib,nopok holda chiqqanday gap,deydi
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ulki iflosdin ayog’inda,
Kafsh yo’li azmi chog’I yo’qtur oning.
Shukr qildik boqib birav sori,­
Ki yur urg’a ayog’i yo’qtur oning.
Bu qit’aning asosiy g’oyasi­shukronalik.Shir bu misralarda;oyoqqa kiyishga kavushi yo’q kishi
kavush kiyish uchun oyog’i borligiga shukur qilsin,chunki yurishga oyog’I bor,ana
boshqabirovgaboqsin,yuraydesa,oyog’i yo’q uning…
II,Savol­topshiriqlar ustida ishlash.
III,Test sinovi:
1.”Kamol et kasbkim..”qit’asi “Xazoyin ul­maoniy”ning qaysi devonidan olingan?
A.”G’aroyib us­sig’ar”
B.”Badoyi’ ul­vasat”
C.”Favoyid ul­kibar”
D.”Navodir ush­shabob”
2.”Kamol et kasbkim..”qit’asi g’oyasi.
A.Kasb tanlash
B.Ezgulik
C.Poklik,komillik
D.To’g’rilik
3.Shoirning shukronalik haqidagi qit’asi:
A.”Kamol et kasbkim…”
B.”Ulki,iflosdin ayog’inda…”
C.”Chun manga lutf etti…”
D.”Yuqori o’lturni kim tilasa…”
4.Yaxshilig gar qilmasa,bori yamonlig’ qilmasa,­
Kim yamonlig’ qilmasa,qilg’ancha bordur yaxshilig’..Qanday san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Tanosub
C.Irsoli masal
D.Tazod
5.”Bosh omon bo’lsa,do’ppi topiladi”­qaysi qit’aga mos xalq maqoli’
A.”Ulki iflosdin ayoginda..’
B.”Kamol et kasbkim…”
C.”Har kishikim topsa…’
D.”Chun manga lutfv etti…”
Javoblar:1.A
2. C
3. B
4.D
5.A
Uygavazifa : Qit`a yodlash va mustaqil o’qish uchun berilgan qit’alar tahlili.
O’quvchilar bilimini baholash.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin