Sana:
Sinf: 8
“
B
”
-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu:A. Navoiy “Deyin”, “Jong`a chu dermen” g`azallari tahlili
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: o`quvchilarga g`azal va uning sharhi haqida ma`lumot berish;
b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida go`zallikka muhabbat tuyg`usini
tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars tipi : Yangi bilim beruvchi
Dars turi: Odatdagi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi: Savoljavob
Dars jihozi : 8sinf Adabiyot darsligi
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
Takrorlash
1.Alisher Navoiy qachon qayerda tug`ilgan?
2. Alisher Navoiyning hayoti qanday kechgan?
3. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida
qanday rol o`ynadi?
4. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday?
5. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan
haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan?
6.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini
qo`llaydi?
7. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab
bering.
8. Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan?
9. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat?
G`azalning maqta`sini ayting
10. Begona bayt deganda nimani tushunasiz?
11. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim?
“Deyin ”radifli g`azali tahlili
Matla`:
Qoshi yosinmu deyin ,ko`zi qarosinmu deyin,
Ko`ngluma har birining dardu balosinmu deyin?!
Begona bayt:
Charxi ranjinmu deyin,dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?!
Maqta`:
Ey Navoiy,dema qoshu ko`zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin , ko`zi qarosinmu deyin?!
Hajm :
7 bayt 14 misra
Qofiyalanish tartibi
: aa ba da ea fa ga ha
Radif :
deyin
Qofiyadosh so`zlar
: qarosinmu, balosinmu, safosinmu,davosinmu,
adosinmu, qabosinmu,jafosinmu,qarosinmu.
Ichki qofiya ham mavjud
She`rda rad ul matla` san`ati yana matla`ni takrorlash san`ati qo`llangan.
“Jong`a chun dermen” matla`li g`azali tahlili
Matla`
Jong`a chun dermen : “Ne erdi o`lmakim kayfiyati”
Derki : “Bois bo`ldi jism ichra marazning shiddati”
Begona bayt:
Yig`lab aytur ko`zki: “Yo`q manga ham ixtiyor,
Ki ko`rundi nogahon ul sho`xi mahvash tal`ati”
Maqta`:
Ey Navoiy, barcha o`z uzrin dedi ,o`lguncha kuy,
Kim sanga ishq o`ti –o`q ermish azal qismati
Hajm :
7 bayt 14 misra
Qofiyalanish tartibi:
aa ba da ea fa ga ha
Qofiyadosh so`zlar:
kayfiyati ,shiddati, hirqati ,ofati,tuhmati,
vahshati,tal`ati,qismati
G`azalda
jon,jism,bag`ir,ko`ngul,ko`z
so`roqqa tutiladi.
G`azallarnini ifodali o`qish
Mushoira daqiqasi 15 daqiqa
Uyga vazifa : G`azalni yodlash
Sana:
Sinf: 8
“
B
”
-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu:“Yo’q”, “Bo’ldum sanga” radifli g`azallari tahlili
Darsning maqsadi:
a) ta`limiyAlisher Navoiyning “Yo’q”,”Bo’ldum sanga”radifli g’azallarini ifodali o’qish va
g’oyaviy – badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida g’azallarda ilgari surilgan go’zal insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning g’azal tahlil qilish malakasini takomilashtirish va fikrlash
salohiyatini oshirish.
Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,bahs;
Dars jihozi :darslik,g’azallar tahlili,Navoiy siymosi va g’azallar sharhi (badiiy kitob)
Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitobdaftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savoljavob;
II.Navoiy g’azallaridan yod so’rash va g’azallar sharhi.
Dar sning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”Yo’q”radifli g’azalini ifodali o’qish va g’azal sharhi:
Yor din ayr u ko’ngulmulkedurur,sultoni yo’q,
Mulkkim,sultoni yo’q,jismedurkim,joni yo’q…
G’azal ramali musammani mahzuf(yoki maqsur)foilotunfoilotunfoilotunfoilun(foilon)—v/v/v
/v ruknida yozilgan.G’azalishqiy mavzuda bitilgan bo’lib,birinchi bautda shoir yordan ayru
ko’ngulni sultoni yo’q mamalakatga,sultoni yo’q mamalakatni esa joni yoq jismga o’xshatadi…Bu
g’azalda ishq dardining ortida ilohiy ishq nazarda tutilgan…
II.Savoltopshiriqlarustidaishlash.
Dar sning mustahkamlash bosqichida:
I.”Bo’ldum sanga ”rdifli g’azalini ifodali o’qish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish:
Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldum sanga,
Ne balolig’ kun edikim,oshno bo’ldum sanga…
G’azal an’anaviy yeti baytdan iborat.ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan.bitinchi baytda
ko’ngilga ishq tushishi bilan oshiq uchun mashaqqatli jarayon boshlanishi ta’kidlangan…Bunda
misrama misra oshiq dardi orta boradi. Ma’shuqa esa unga jabru sitam yetkazadi..
G’azalda ishq mavzusi turli badiiy san’atlar,tasvrlar,jozibador so’zlar,qiyoslashlar bilan qalamga
olingan:
Men qachon dedim :”Vafo qilg’il manga”,zulm aylading,
Sen qachon deding”Fido bo’lg’il manga”,bo’ldum sanga..
Bumisralarda Navoiy tazod san’atidan unumli foydalanib,Yor va Ma’shuqaga oid fazilatlarni ochishga
yana bir bor mohirona yondashgan…
II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash.
III.Darslikdan tashqari badiiy asarlardan Navoiy g’azallarini o’qib,g’oyaviybadiiy tahlil qilish.
IV.Testsinovi:
1.”Yoq ”radifli g’azali qanday vaznda yozilgan?
A.Ramali musammani mahzuf
B.Ramali musaddasi maqsur
C.Mujtassi musammani maxbun
D.hazaji musaddasi mahzuf
2.Ajratilgan so’zlarni izohlang:
Yordin ayru ko’ngulmulkedurur ,sultoni yo’q,
Mulkkim,sultoni yo’q,jismedururkim,joni yo’q.
A.Qofiya
B.Radif
C.Turoq
D.Misra
3.Men qachon dedim :”Vafo qilg’il manga”,zulm aylading,
Sen qachon deding”Fido bo’lg’il manga”,bo’ldum sanga
Qanday san’atqo’llanilgan?
A.Talmeh
B.Tazod
C.Tanosub
D.Irsoli masal
4.Jomi Jam birla Hizr suyi nasibimdir mudom,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.Qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tazod
B.Irsoli masal
C.Tardi aks
D.Talmeh
5.O’zaro o’zakdosh so’zlardan foydalanish san’ati Sharq adabiyotida qanday ataladi?
A.Ishtiqoq
B.Tardi aks
C.Tajnis
D.Talmeh
Javoblar:1.A
2.A
3.B
4.D
5.A
Uyga vazifa:gazallardan birini yod olish,g’azallarni g’oyaviybadiiy tahlil qilish;
Oquvchilarbiliminibaholash.
Dostları ilə paylaş: |