Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

ratsional maqsadli 
fe’l-atvor (hulq, xatti-harakat)
 
normasi foydalilikni muayyan vazifalarning hal etilishi bilan 
bog‘lagan holda oshirishni muayyanlashtiradi. Ma‘lumki, ratsional maqsadli fe‘l-atvor individ 
tomonidan o‘zining ratsional qo‘yilgan va o‘ylangan maqsadiga erishish uchun tashqi olam 
predmetlari va 
insonlarning
ma‘lum fe‘l-atvoridan foydalanishini nazarda tutadi. Axborotning 
to‘liqsizligi va uni qayta ishlash bo‘yicha kognitiv qobiliyatlarning cheklanganligi sharoitida 
ratsional maqsadli fe‘l-atvor nayrang qilishga aylanadi: agar individ katta hajmdagi axborotga 
ega bo‘lsa, u o‘zining hamkori bilan nayrang qiladi. Individ shu usul bilan atrofidagilarni o‘z 
maqsadiga – foydalilikni oshirishga erishish vositasiga aylantirishga urinadi. 
Ayrim agentlarning foydalnilgan avtomobillar bozori va «ma‘naviy xatar» bilan bog‘liq 
sug‘urta bozorida boshqalarni ziyonga uchratishi axborot asimmetriyasidan foydalanishga 
klassik misol bo‘ladi. Bunday ayyorlik, yaqqol yoki nozik shaklda aldash bilan shaxsiy manfaat 
ko‘zlanadigan xatti-harakatga opportunizm nomi berilgan. Ratsional maqsadli fe‘l-atvorni 
opportunizmga aylantirishga qarshi kafolatlar barcha ishtirokchilar faoliyatining quyidagi yo 
tarkibiy yoki rasmiy-huquqiy jihatlari bilan tavsiflanadi: 
-
mukammal kognitiv qobiliyat va almashuvda to‘liq axborotga ega bo‘lish; 
-
shartnoma tuzishda maxsus taomillardan foydalanish. 
Ikkinchi jihat optimal shartnoma nazariyasini maxsus o‘rganish predmeti hisoblanadi, 
shuning uchun bu erda bozor konstitutsiyasining ikkinchi unsuri sifatida 
to’liq ratsionallik 
mezonlariga javob beruvchi 
ratsional maqsadli fe’l-atvor
ni ta‘kidlash lozim. 
Maqsadli ratsional fe‘l-atvor shakllanishining asoslardan biri atrof-muhit predmetlari va 
odamlarning fe‘l – atvorini kutilayogan voqelikka nisbatan mos ravishda ayta olishdir. Individ 
tomonidan qabul qilinadigan qarorlar xatarining hamkor faoliyati asosida aniqlangan vaziyatlari 
kutilayotgan voqelikka kontragent xarakatlarining mos bo‘lishi uchun o‘ta ahamiyatlidir. O‘zaro 
bog‘liqlar sharoitida individlar o‘rtasidagi munosobatlarni tartibga soluvchi norma sifatidagi 


29 
ishonch bo‘lgan taqdirda maqsadli ratsional harakatga erishiladi. Individga o‘z harakatini 
boshlashidan oldin atrofdagi harakatlar aniq bo‘lib, individ tanloviga ayrim atrofdagi harakatlar 
bo‘yicha kutilishlarning ta‘sir qilishiga ishonch deyiladi. Bozordagi bitim bilan 
individuallashmagan ishonch o‘rtasidagi bog‘liqlik oldindan to‘lovlarning amal qilishida 
namoyon bo‘ladi. Bu eng oddiy bozor bitimi hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda 
ishonchning individuallashmaganligi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlarga javoblar (Daniya-94 %; 
Germaniya-90 %; Frantsiya-84%)da yuqori natijalar olingan. 
Bozor konstitutsiyasining yana bir normasi empatiya bo‘lib, bunda individ o‘zini hamkor 
o‘rniga qo‘yib ko‘radi va uning barcha kechinmalari, qiziqishlari va mo‘ljallarini bozor subekti 
sifatida o‘zidan o‘tkazishga harakat qiladi. Ayrim shaxslar doirasi bilan cheklanmagan empatiya 
individning o‘z xarakatlarida erkinlikka chiqqani bilan bog‘liq. Insonning faoliyati qancha erkin 
bo‘lsa, u atrofdagilarning harakatini shuncha yaxshi tushunadi va uni oldindan ayta oladi. Bu
erkinlik normasining ratsional asoslangan maqsadga erishishda to‘siq emas, balki muvaffaqiyat 
shartiga aylanishini ta‘minlaydi. So‘nggi norma legalizm bo‘lib, bunda qonunni hurmat kilish va 
o‘z ixtiyoriga ko‘ra, unga bo‘ysinish tushuniladi. Bu norma ayni chog‘da, mulkiy huquqlarning
samarali himoya qilinishiga ham yo‘l ochadi. Yuqorda bayon etilganlardan shu narsa kelib 
chiqadiki, bozor konstitutsiyasi normalarida ham ayrim nuqsonlar mavjud bo‘lgani holda, 
ularning o‘zaro bog‘liq tarzda amal qilishi tizimning muntazam takomillashuviga xizmat qiladi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin