Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

4. Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash 
Individlar uchun mulkchilik huquqlarini o‘rnatish hamda ushbu huquqlarga ularning 
amal qilish zarurati qonunga ixtiyoriy bo‘ysunish normalari bilan o‘zaro uzviy bog‘langan. 
Mulkchilik huquqlari individlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlardagi noaniqlikni 
kamaytiruvchi institutlardan biri hisoblanadi.
Mulkchilik xuquqlarini tahlil qilish uchun ikkita fermer o‘z podalarini biri past hosildor 
bo‘lgan ikkita yaylovda o‘tlatishi misolini ko‘rib chiqamiz [47]. Berilgan holatga ko‘ra, em-
hashak zahiralari ushbu yaylovlarning har birida bir vaqtning o‘zida ikkita podani o‘tlatish 
imkonini bermaydi. 
4.2.-jadval 
Fermerlarning yaylovlaran foydalanish imkoniyatlari 
 
 
Ko’rsatkichlar 
2-fermer 
Birinchi yaylovda 
o‘tlatish -R
2
Ikkinchi yaylovda 
o‘tlatish-1- R
2
1-fermer 
Birinchi yaylovda 
o‘tlatish - R
1
2; 2 
8; 4 [N
2
R
2
R St
1

Ikkinchi yaylovda 
o‘tlatish -1- R
1
4; 8 [N
1
R
1
St
2

1; 1 
Ushbu holatda Pareto bo‘yicha optimallik nuqtai nazaridan ikkita bir xil yakun (4; 8) yoki 
(8; 4) mavjud. Yakunlardan birini qayd etuvchi institutsional qarorlar bir nechta bo‘lishi 
mumkin. Ulardan eng oddiysi yaylovdan foydalanishdagi ustuvorlikni unga birinchi bo‘lib o‘z 
podasini olib kelgan fermerga beruvchi qoidani qo‘llashdan iborat. Kelish tartibi bo‘yicha noyob 
resurs (yaylov)ni taqsimlash – navbat instituti faoliyat ko‘rsatishining asosida yotuvchi 
tamoyillardan birini aks ettiradi. Biroq navbat institutidan foydalanish podani qaysi yaylovga 
olib borish to‘g‘risida qaror qabul qilish vaqtida fermerlarning ikkilanishini kamaytirmaydi
balki oshiradi. Bundan tashqari, ikkilanish undan keyin ham har safar yaylovni tanlashda 
takrorlanadi. 
Yaylovda mulkchilik huquqlarining o‘rnatilishigina masalani hal etishning muqobil 
varianti bo‘ladi. Masalan, 1-fermer birinchi yaylovning, 2-fermer esa ikkinchi yaylovning 
mulkdori hisoblansin. Hatto fermerlarning nafliligi nuqtai nazaridan bunday qarorning 
nomutanosibligini hisobga olgan holda, 
ikkalasining
ham manfaatlari yo‘lida mulkchilik 


30 
huquqlarini tan olish va hurmat qilish lozim. Kam hosilli yaylovni oluvchi ikkinchi fermerning 
mulkchilik huquqlari joriy etilgunga qadar va undan keyingi nafliligini taqqoslaylik. 
Mulkchilik huquqlari o‘rnatilgunga qadar ikkinchi fermer, agar u podasini birinchi 
yaylovga olib borsa, 2 R

Q 8 (1- R
1
) q 8-6R

ga, agar u podasini ikkinchi yaylovga olib borsa, 4 
R

Q 1 (1- R
1
) q 3R

Q 1 ga ega bo‘ladi. So‘ngra, ikkinchi fermer tomonidan birinchi yaylovning 
tanlanishi ehtimolini hisobga olgan holda, R
1
, EU q R
2
(8-6R
2
) (3R
1
Q1)ga, oddiy holatda R

q R

q
1G‘2 ga ega bo‘lamiz, bu EU q 3,75 ni beradi. Mulkchilik huquqlari o‘rnatilganidan keyin esa 
ikkinchi fermerga 4; ya‘ni, 4 > 3,75 ga teng bo‘lgan yutuq kafolatlangan. 
Ikkala fermer ham bir vaqtning o‘zida bitta yaylovdan foydalangan hollarda past 
yutuqlarga erishishiga alohida e‘tiborni qaratish lozim. Mazkur holat ochiq foydalanishda 
bo‘lgan resurslarni nooqilona iste‘mol qilishda o‘z aksini topadigan «jamoat mulki fojiasini» 
namoyon etadi. Bunday resurslardan foydalanishning xususiy va jamoat sarf-xarajatlarining 
nomuvofiqligi ularning tugashiga olib keladi. Boshqacha aytganda, resursga nisbatan mulkchilik 
huquqlari aniq o‘rnatilmagan hollarda uning iste‘mol qilinishi salbiy tashqi ta‘sirlar yoki 
eksternallarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Yana misol tariqasida ikkala fermer tomonidan bir 
vaqtning o‘zida bir yaylovdan foydalanilishini tasvirlovchi holatni ko‘rib chiqaymiz. Misolda 
ishlab chiqarishning faqat ikkita omili – fermerlarning eri va mehnati hisobga olinsin. 
Faraz qilaylik, yaylovga qo‘shimcha mehnat birligi sarflangan, ya‘ni birinchi fermer 
egallagan yaylovga ikkinchi fermer o‘z podasini olib keldi. Ushbu holatda qo‘shimcha mehnat 
sarfining samarasi pasayadi. Ishlab chiqarish (etishtirish) umumiy hajmi oshgani holda 
qo‘shimcha mehnat qilgan fermerning manfaatdorligi pasayadi va o‘rtacha mahsulotning 
kamayishi yuz beradi. Agar yaylov xususiy mulkchilikda bo‘lsa, u holda mulkdorning shaxsiy 
sarf-xarajatlari ko‘proq samara keltiradi va renta eng yuqori bo‘ladi. Agar yaylov umumiy 
foydalanishda bo‘lsa, mehnat sarfi samaradorligining darajasi pasayib, renta yo‘qoladi. 
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, ta‘kidlash lozimki, mulkchilik huquqlarining 
o‘rntilishi kamida ikkita sababga ko‘ra iqtisodiy agentlar manfaatlariga mos keladi, ya‘ni 
ularning o‘zaro hamkorligidagi noaniqlik (ikkilanish) kamayadi va resurslardan foydalanish 
optimallashadi. 
Xulosa 
Normalar individlarning o‘zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining asosiy kafolati 
hisoblanadi. Iqtisodiyot konstitutsiyasi deb individlarning iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishini 
ta‘minlovchi normalar tizimiga aytiladi. Buyruqbozlik va bozor tizimlarida iqtisodiyot 
konstitutsiyasining normalari o‘zaro zid holda amal qiladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotining 
normalar (oddiy utilitarizm, maksimal individuallashtirish, «sen – menga, men - senga», 
qonunga tilda buysunish) tizimi surunkali taqchillik, ya‘ni resurslarning etishmasligini namoyon 
etadi.
 
Bozor konstitutsiyasi
– bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish 
imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o‘zaro shartlangan normalari

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin