Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

2.
 
Xufyona iqtisodiyot turlarining tasnifi va uni baholashga nisbatan yondashuvlar 
 
Turli qonunchilik me‘yorlariga amal qilinmaslik holatlarining tez-tez uchrab turishi 
xufyona iqtisodiyot o‘lchamining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, uning miqdoriy o‘lchovi 
vazifasini hal etishga kirishishdan oldin xufyona iqtisodiyotning turli unsurlarini ta‘riflash lozim. 
Umuman olganda xufyona iqtisodiyot – unda iqtisodiy faoliyat qonun doirasidan tashqarida 
amalga oshiriladigan, ya‘ni bitimlar qonundan, xo‘jalik turmushining huquqiy me‘yorlari va 
rasmiy qoidalaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan soha. Xufyona iqtisodiyot bir 
nechta unsurdan tarkib topadi. 
Xufyona iqtisodiyotning mashhur iqtisodchi E.Fayg15 tomonidan taklif etilgan tasnifi 
diqqatga sazavordir. 
Faygning fikriga ko‘ra, har bir alohida xufyona iqtisodiyot turining tafsifi uning vakillari 
buzadigan institutsional qoidalar to‘plami bilan belgilanadi, ya‘ni ularning faoliyati qoidalar va 
normalarning o‘rnatilgan tizimi doirasidan tashqariga chiqadi yoki uni chetlab o‘tadi va, o‘z 
navbatida, o‘lchanmaydi va ijtimoiy jihatdan hisobga olinmaydi. 
15 Файг Э. Определение и оценка подпольной и неформальной экономики: нео-институциональный подход. –М.: РТТУ, 
2000. -147 с. 


43 
U yoki bu holatda qanaqa qoidalarning buzilishi xufyona iqtisodiyot turlarini farqlash 
mezoni hisoblanadi. Ushbu mezondan tasniflash tizimi uchun asos sifatida foydalangan holda, 
E.Fayg xufyona iqtisodiy harakatlarning to‘rtta xilini ajratadi: nolegal (maxfiy, yashirincha), 
hisobga olinmagan, ro‘yxatga olinmagan va norasmiy iqtisodiy faoliyat. 
1. Nolegal iqtisodiyot. Nolegal iqtisodiyot tijoratning qonuniy shakllari sohasini belgilab 
beruvchi, yuridik normativlarni buzuvchi iqtisodiy faoliyat tomonidan ishlab topilgan 
daromadning sinonimi sifatida ishtirok etadi. Nolegal tadbirkorlar taqiqlangan tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishda va ularni taqsimlashda ishtirok etadi (giyohvondlik moddalarini 
noqonuniy ishlab chiqarish, chayqovchilar tomonidan valyuta ayirboshlanishi va h.k.). Bunday 
taqiqlangan iqtisodiy harakatlar, qonunni chetlab o‘tgan holda, foydali daromad manbai 
hisoblanadi. Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va yuridik muassasalar barqarorligiga putur 
etkazishga xizmat qiladi. 
2. Hisobga olinmagan iqtisodiyot. Hisobga olinmagan iqtisodiyot institutsional jihatdan 
o‘rnatilgan, soliq kodeksida qayd etilgan fiskal qoidalarni chetlab o‘tuvchi yoki ulardan bo‘yin 
tovlovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Hisobga olinmagan iqtisodiyotdan olingan 
daromadlar soliq organlariga xabar qilinmaydi. Bunda ―soliq bo‘shlig‘i‖ – soliq tushumlarini 
nazarda tutuvchi summa bilan amalda olingan daromad o‘rtasidagi farq yuzaga keladi. 
Hisobga olinmagan daromadlarni tadqiq etish rivojlangan mamlakatlarda soliq solish 
sohasidagi turli o‘zgarishlarga turtki bo‘ldi. Soliq to‘g‘risidagi qonunlarning soddalashtirilishi va 
soliq stavkalarining pasaytirilishi soliq solish bazasining kengayishiga va soliq tizimi 
xarajatlarining qisqarishiga olib keldi. Shu bilan bir vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda 
hisobga olinmagan iqtisodiyot, perulik iqtisodchi E. de Sato ―merkantilist tizim‖ sifatida 
ta‘riflagan samarasiz fiskal institutlari mustahkamlangan holda, faoliyat ko‘rsatishda davom 
etmoqda. 
3. Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot. Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot hukumat statistika 
organlarining talablariga ko‘ra belgilangan institutsional qoidalarni chetlab o‘tuvchi iqtisodiy 
faoliyat turidan tarkib topgan. Bu erda davlat milliy statistika tizimida ro‘yxatga olinmagan 
daromad summasi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. E.Faygning fikriga ko‘ra, ro‘yxatga olinmagan 
daromad – bu amaldagi umumiy daromad bilan statistika tizimi tomonidan qayd etiladigan 
daromad o‘rtasidagi farqdir. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda uyda ishlab chiqarish ro‘yxatga olinmagan iqtisodiy 
faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Milliy daromadni hisoblash metodikasi 
uyda ishlab chiqarishning milliy hisobga kiritilishini nazarda tutsa-da, mazkur sektor, odatda, uni 
o‘lchashning qiyinligi tufayli, e‘tibordan chetda qoladi. E.Faygning ta‘kidlashicha, uyda ishlab 
chiqarishning mavjud baholari shuni ko‘rsatmoqdaki, u rivojlangan mamlakatlarda ro‘yxatga 
olingan YaIMning 25-50 foizini tashkil qiladi. 
Ta‘kidlash lozimki, hisobga olinmagan va ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot o‘rtasidagi farq, 
yuqorida keltirilgan ta‘riflardan kelib chiqib, g‘oyat shartli. Agar faoliyat statistika organlari 
tomonidan ro‘yxatga olinmasa, u hisobga ham olinmaydi. 
4. Norasmiy iqtisodiyot. Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasini hamda mulkchilik 
munosabatlarini, litsenziyalashni, mehnat shartnomalarini, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy 
sug‘urtalash munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va ma‘muriy qoidalar bilan belgilangan 
huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. U 
norasmiy faoliyat yurituvchi iqtisodiy agentlar tomonidan olinadigan daromadlar bilan 
o‘lchanadi. 
Iqtisodiyotning ushbu xiliga uyda ishlab chiqarishni kiritish mumkin, chunki iqtisodiy 
nuqtai nazardan u hisoblashning qiyinligi tufayli hisobga olinmaydi. 
Norasmiy sektorning hozirgi ta‘riflari, E.Faygning fikricha, odatda, norasmiylikning 
huquqiy kontseptsiyasini nazarda tutuvchi E. de Satoning g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. 
Norasmiy sektor to‘g‘risidagi adabiyotlarning katta qismi shahar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan 
bo‘lsa-da, albatta, qishloq norasmiy iqtisodiyoti yanada katta. 


44 
Xufyona xo‘jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois, xufyona 
iqtisodiyot o‘lchamlarini baholash muammosi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun 
quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi: 
- monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‘lardan foydalanilishi 
to‘g‘risidagi gipotezaga asosida quriladi (naqd pul massasi harakatining dinamikasi xufyona 
iqtisodiyotning o‘lchamlari haqida fikr yuritish imkonini beradi); 
- xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan daromadlar 
xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste‘molining real hajmlari bilan taqqoslanadi; 
- bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan 
ro‘yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng 
imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro‘yxatga olinmagan ishsizlar soni xufyona 
iqtisodiyotning o‘lchamlaridan bilvosita dalolat beradi); 
- texnologik koeffitsientlar usuli, u xarajatlarning ma‘lum texnologik koeffitsientlari 
asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi ma‘lumotlarni olish imkonini beradi 
(masalan, iste‘mol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan 
mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar taqqoslanadi); 
- uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish usuli, u xufyona 
iqtisodiyotning o‘lchamiga ekspert baholarini beradi; 
- sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida me‘yorlarni, ularning 
jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik qo‘llanishini tahlil qilishdan iborat. 
Yoritilgan yondashuvlarning turli xilligi sababli olinadigan natijalarni ko‘pincha 
taqqoslash qiyin bo‘lsa-da, xufyona iqtisodiyot miqdorining ayrim baholarini keltirish mumkin: 
(YaIMga nisbatan foiz hisobida): Italiya - 15-30, Belgiya - 4-13, Shvetsiya - 0,5-17, Buyuk 
Britaniya - 2-16, Frantsiya - 15, SShA - 3-28, Peru -27-28. Rossiyada 80-yillarning oxirida 
YaIMning 20 foizga yaqini, 1996 yilda 23 foiz. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qonunga bo‘ysunishning yuqori bahosi va xufyona 
iqtisodiyotning katta o‘lchamlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Biroq xufyona 
rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan bog‘liq. Xarajatlarning bir turida 
tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub‘ektlar boshqa xarajatlarni 
ko‘proq amalga oshirishadi – ular «xufyonalik bahosi»ni to‘lashga majburdirlar. Xufyonalik 
bahosi bir necha unsurlardan tarkib topadi. 
Huquqiy qoidalardan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq xarajatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq to‘lash; ishlab chiqarish hajmining 
cheklanishi va reklama natijasida yo‘qotilgan foyda (korxona qanchalik katta bo‘lsa va u 
reklama kampaniyasini qanchalik faol yuritsa, nazorat qiluvchi organlarning e‘tibori doirasiga 
tushish imkoniyati unda shunchalik katta); «ikkiyoqlama» buxgalteriyani yuritish xarajatlari va 
shu munosabat bilan yuzaga keladigan korxonadagi hisob yuritish va nazorat qilishdagi 
qiyinchiliklardan ko‘riladigan yo‘qotishlar. 
Daromadlar transferti bilan bog‘liq xarajatlar. Hatto soliqlar to‘lashdan bosh tortuvchi 
iqtisodiy sub‘ektlar ham o‘z faoliyatidan foydali samarani davlat bilan baham ko‘radi, biroq 
bunda ular buning evaziga davlatdan hech narsa olishmaydi. Gap shundaki, barcha iqtisodiy 
sub‘ektlar bilvosita soliqlar va inflyatsiya solig‘ini to‘lashadi (birinchi navbatda bu xufyona 
almashuvlar chog‘idagi mutlaq naqd pullarga taalluqli). Lekin transfertlar bir tomonlama 
xususiyatga ega – oshkora iqtisodiy sub‘ektlardan farqli o‘laroq, xufyona iqtisodiy sub‘ektlar 
buzilgan mulkchilik huquqlarini himoyalash yuzasidan davlatga murojaat eta olishmaydi. Bunga, 
shuningdek, kredit olish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ham qo‘shimcha qilish lozim – chunki o‘z 
faoliyatini yashiruvchi sub‘ektlar o‘zining kreditga layoqatliligini buxgalteriya balansida asoslay 
olishmaydi. 
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog‘liq xarajatlar. Daromad 
solig‘i, ijtimoiy sug‘urta fondiga va pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan bosh tortish 
korxonaga ish haqini to‘lashga tejash imkonini beradi, lekin bunda mehnatning o‘rnini sarmoya 
bilan bosish va texika bilan qayta jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi. Arzon mehnat 


45 
korxonani «yo‘ldan ozdiradi». Bundan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish tadbiri 
xufyona faoliyat sohasini faqat ishlab chiqarish zanjirining chetki bo‘g‘inlari – chakana savdo va 
xomashyoga ishlov berishning boshlang‘ich bosqichlari bilan cheklaydi. Chunki ishlab chiqarish 
jarayonining aynan boshlang‘ich bosqichlarida QQSni to‘lamaslikdan ko‘riladigan foyda eng 
ko‘p miqdorga etadi, ayni paytda oraliq bosqichlarda oraliq mahsulotning xufyona yotkazib 
beruvchilari oshkora etkazib beruvchilarga qaraganda yutqazish holatiga tushib qolishadi.
Qonuniy qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligi bilan bog‘liq xarajatlar. 
Mulkchilik huquqlarini xufyona tafsirlash faqat ijtimoiy sanktsiyalar va munosabatlarni 
individuallashtirish yo‘li bilan ijtimoiy tuzilmalar doirasida amalga oshirilishi mumkin. 
Mulkchilik huquqlari oshkora (fuqarolik kelishuvi asosida) emas, balki ijtimoiy (an‘anaviy 
kelishuvlar asosida) belgilanadi va himoyalanadi. Shuning uchun faqat barcha transaktsiyalar 
ijtimoiy tuzulma - qabila, oila-qarindoshchilik yoki qo‘shni jamoa, milliy doiralar ichida amalga 
oshirilganda, huquqlarni almashish va himoyalash xarajatlari juda past bo‘ladi. «Chetdan» inson 
ishtirokidagi har qanday bitimda mulkchilik huquqlarini himoya qilishning iqtisodiy 
mexanizmlari amal qilmay qoladi. Demak, huquqlar faqat ular ichida eng yuqori narxni to‘lashga 
tayyor bo‘lgan (ya‘ni eng samarali huquq egasi) xaridor topilishi shart bo‘lmagan insonlarning 
qat‘iy chegaralangan doirasiga mumkin. Kouz teoremasining bajarilmasligidan tashqari, 
mulkchilik huquqlarini kapitallashtirish, huquqlarni erkin o‘tkazishning ilojsizligi ham ma‘lum 
shaxslar doirasi tomonidan huquqlar bilan almashuvni cheklashning natijasi hisoblanadi 
(o‘zboshimchalik bilan egallab olingan er uchastkasini sotishning iloji yo‘q). De Soto xufyona 
qayd etilgan mulkchilik huquqlarini ta‘riflash uchun «jonsizlantirilgan kapital» atamasidan 
foydalanadi: ushbu kapitaldan garov sifatida foydalanish, uni garovga investitsiya qilish, erkin 
sotish, ba‘zan esa shunchaki meros qilib qoldirish mumkin emas. 
Shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bog‘liq xarajatlar. Shartnomalarni 
tuzishning xufyona tadbiri unda ko‘plab iqtisodiy sub‘ektlar ishtirok etadigan uzoq muddatli 
loyihalarning amalga oshirilishini qiyinlashtiradi. Chunki uzoq muddatli loyihaga mablag‘lar 
qo‘yishga undovchi omil bo‘lib unda ishtirok etuvchi insonlarning shaxsiy nufuzi emas, balki 
nima bo‘lishidan qat‘i nazar sarmoyadorlarning huquqlari himoyalanishiga ishonch hisoblanadi. 
Haqiqatdan ham, shartnomani qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgan hollarda ishtirokchilar 
bitimning tomonlarning hech biri undan manfaatdor bo‘lmagan barcha ikir-chikirlariga e‘tibor 
qaratishi lozim bo‘lgan sud yoki arbitrajga murojaat eta olishmaydi. 
Xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog‘liq xarajatlar. Faoliyatni 
va uning natijalarini qonundan yashirishga urinish xufyona bitim ishtirokchilari doirasini 
mumkin qadar cheklashga undaydi. Xufyona bitim ko‘proq ikki tomonlama xususiyatga ega. 
Bitimdan manfaatdor bo‘lgan uchinchi shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga keladigan bozorlar 
yaqinidagi mavzelar aholisi) uning ishtirokchilari doirasidan chiqarilgan va, demak, ularning 
manfaatlari bitimda hisobga olinmaydi. Boshqacha aytganda, zararli foydalanish huquqi, odatda, 
xufyona huquqni tartibga solish sohasidan tashqarida qoladi. 
Nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari. Oshkora sud-huquq 
tizimi nizolarni hal etishning qator subinstitutlariga – oilaviy-qarindoshchilik va mafiya 
mexanizmlariga ega. Yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun ikkala muqobil variantdan ham 
foydalanish xarajatlar bilan bog‘liq. Birinchidan, ko‘p sonli qarindoshlar, yurtdoshlar va boshqa 
«o‘zinikilar» bilan yaxshi munosabatlarni ushlab turish e‘tibor belgilarini qaratish uchun vaqt va 
xizmatlar almashish uchun mablag‘lar talab qiladi. Ikkinchidan, sud va kuchlilik tuzilmalari 
funktsiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga murojaat etish o‘ziga xos soliqni to‘lash zarurati 
bilan shartlangan. Hatto Italiyada ushbu soliq alohida – pizzo nomiga ega bo‘lgan. Ushbu 
soliqning miqdori yo korxona aylanmasiga nisbatan foizlarda, yoki mafiya tomonidan biznesni 
himoyalash va nizolarni hal etish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarga teng (ekvivalnt) hisobida 
hisoblab chiqiladi. Bunda davlatdan farqli ravishda mafiya o‘z xizmatlarining har bir 
foydalanuvchisiga «soliqning» alohida miqdorini belgilagan holda monopolchini kamsituvchi 
siyosatni olib borishga qodir bo‘ladi. Oshkora tuzilmaga qaraganda mafiya faoliyatining lokal 
xususiyati axborot manbalarining ancha keng doirasidan foydalanishda o‘z ifodasini topadi. 


46 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin