Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


Korxonalarda (implitsit shartnoma asosida) amalga oshiriladigan faoliyat turi ulushining



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Korxonalarda (implitsit shartnoma asosida) amalga oshiriladigan faoliyat turi ulushining 
tahlili*
Faoliyat turi 
Mustaqil ravishda (implitsit shartnoma asosida) 
bajarish ulushi, foizda 
1990-1992 yy. 1994-1995 yy. 2015-2020 yy. 
Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstrukturlik 
ishlanmalari (ITTKI) 
100 
70 
50 
Qurilishni loyihalashtirish 
50 
60 
50 
Qurilish-montaj ishlari 
72 
44 
45 
Jihozlarga xizmat ko‘rsatish 
65 
63 
63 
Asbob-anjomlar ishlab chiqarish 
73 
77 
73 
Idishlar ishlab chiqarish 
68 
51 
71 
Issiqlik ta‘minoti 
100 
10 
10 
Transport xizmati 
75 
72 
82 
*Manba: horij ekspert baholari ma‘lumotlari.
Faoliyatning ma‘lum turini mustaqil ravishda amalga oshiruvchi korxonalar ulushining 
eng tez qisqarishi ITTKI, qurilish-montaj ishlari va issiqlik ta‘minoti sohasida kuzatiladi. 
Tabiiyki, bu ushbu faoliyat turlari klassik shartnomadan foydalanish xarajatlarining pasayishi 
bilan bog‘liq. Aksincha, klassik shartnoma asosida transport xizmatlariga ega bo‘lish xarajatlari 
ko‘rib chiqilayotgan davrda korxonaning tarkibiy transport bo‘linmasini barpo etishga nisbatan 
oshdi. 
Firma ichki tuzilmalarining turli variantlarini ham huddi shu tariqa taqqoslash mumkin. 
Butlovchi qismlarning alohida turlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy 
bo‘linmalar yo unitar, yoki xolding, yoxud multidivizional tuzilma doirasida o‘zaro hamkorlik 
qiladi, deylik. Unda barcha axborot oqimi markazlashgan unitar tuzilmada axborotni qidirish 
xarajatlari eng kam va xolding tuzilmada eng yuqori, chunki bo‘linmalar hatto faqat moliyaviy 
ko‘rsatkichlarni nazorat qiluvchi bosh ofisda ham bir biri haqidagi axborotga ega bo‘la olmaydi. 
Muzokaralar yuritish xarajatlari unitar korxonada eng kam, bo‘linmalari tarqoq joylashgan 
xoldingda esa - eng yuqori. O‘lchash xarajatlari xoldingda yuqori, u erda yagona standartlarni 
joriy etish vazifalari qo‘yilmaydi. Shartnoma tuzish xarajatlari bosh ofis va bo‘linmalar 
o‘rtasidagi huquqlarni chegaralash qiyinligi tufayli multidivizional tuzilmada eng yuqori. 
Monitoring xarajatlari xoldingda eng past. U erda bo‘linmalarning opportunistik xatti-harakatlari 
ustidan nazorat bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi. Transaktsiya xarajatlari 
miqdorining tafsiloti 10.3-jadval ko‘rinishida berilgan. 
Demak, unitar korxona transaktsiya xarajatlarining eng past umumiy miqdori bilan 
tavsiflanadi. Biroq amalda tarmoq bozoridagi muayyan vaziyat hisobga olinishi lozim. Masalan, 
kapital bozori va fond bozorining rivojlanmaganligi kapitalning tarmoqlararo oqimini ta‘minlash 
uchun xoldingning jozibadorligini, kapitalning tarmoq ichida oqimini ta‘minlash uchun esa 
multidivizional tuzilmaning jozibadorligini oshiradi. Bundan tashqari, bitimning xususiyatiga 
qarab har bir parametrga (0 dan 1 gacha) alohida ulush berish zarur. Axborotni qidirish 
xarajatlarining nisbati emas, balki aynan monitoring xarajatlarining nisbati hal qiluvchi bo‘lishi 
mumkin. 
 


43 
10.3-jadval 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin