Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Takrorlash uchun savollar 
1.
―Imkon kapital‖ kompaniyasining ijrochi direktori bilan tuzilgan shartnoma unga 
yiliga 750000 so‘m miqdoridagi har yillik mukofot hamda dividendar to‘langanidan so‘ng 
qoladigan 11 foiz miqdoridagi yillik foydaning 2 foizi to‘lanishini nazarda tutar edi. 
Menejerlarni rag‘batlantirish bunday tizimlarining paydo bo‘lishi xatarlarni bo‘lish va o‘tkazish 
darajalariga qanaqa yangiliklar kiritadi? 
2.
Qonun hujjatlari «Iqtisodiy manfaatlar bo‘yicha birlashuvlarni» - o‘z mustaqilligini 
yo‘qotmagan holda boshqa korxonalar bilan qo‘shma faoliyat yuritish va hamkorlik qilishni 
istovchi korxonalar yig‘indisini nazarda tutadi. Ushbu tashkiliy-huquqiy shaklga aktsiyadorlik 
jamiyatining ham, yuridik shaxslar birlashmalarining ham xususiyatlari xos. Fuqarolik kodeksiga 
bunday tushunchaning kiritilishi biznes uchun qanday o‘ziga xos vaziyatni qonunlashtirishi 
mumkin? 
3.
Korxona bo‘linmalari o‘rtasidagi nizolarni hal etishda uning rahbari bajaradigan 
hakamlik funktsiyalarining o‘ziga xosligi nimadan iborat? Chunki «firma ichidagi nizolarni 
sudda hal etishning imkoni bo‘lmagan sharoitda ushbu nizolar tomonlari firma ichida nizoni hal 
etish yo‘lini qidirishga majburlar. Ierarxiya firmaning o‘z «appelyatsiya sudi»ga aylanadi». 
4.
LUKoyl, O‘zbekneftgaz kabi neft-gaz qazib chiqarishdan tortib to benzin-gaz
sotishgacha bo‘lgan texnologik zanjirning barcha bo‘g‘inlarini birlashtiruvchi vertikal 
integratsiyalashgan kompaniyalarni shakllantirish foydasiga xizmat qiluvchi institutsional 
dalillarni keltirishga urinib ko‘ring. 
5.
Notijorat tashkilotlarida, masalan, ta‘lim muassasalarida – oliy o‘quv yurtlarida 
mulkning rasmiy va haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish mumkinmi? Muvofiqlashtirish 
sabablari nimalardan iborat bo‘lishi mumkin? Siz tahsil olayotgan universitet yoki institutda 
muvofiqlashtirish kuzatiladimi?

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin