Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlarni turli mezonlar bo’yicha



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlarni turli mezonlar bo’yicha
baholash 
Tashkiliy-huquqiy shakl 
Mezonlar 






Xususiy korxona 




11 
11 
Ishlab chiqarish kooperativi 




10 
10 
Ochiq aktsiyadorlik jamiyati 






Yopiq aktsiyadorlik jamiyati 






Shu‘ba korxona 






Mas‘uliyat cheklangan jamiyat 






Qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyat 






Tezkor boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan 
unitar korxona 
11 
10 
11 
11 


Xo‘jalik yuritish huquqiga ega bo‘lgan 
unitar korxona 
10 
11 
10 
10 


Fermer xo‘jaligi 




10 
11 
Dehqon xo‘jaligi 




11 
10 
3. Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqida axborot manbasi sifatida 
Tashkiliy-huquqiy shakl nafaqat firmaning tashkiliy tuzilishi haqidagi, balki shartnomani 
amalga oshirish jarayonidagi ehtimoliy xatti-harakati haqidagi axborotni ham o‘zida mujassam 
etadi. Shu nuqtai nazardan tashkiliy-huquqiy shaklni tahlil qilish bitimni amalga oshirish uchun 
sherikni tanlashda foydali hisoblanadi. Boshqa shartlarda (aktivlarning o‘ziga xoslik darajasi, 
bitimning murakkablik darajasi) bitimning yakuni uning tashkiliy-huquqiy shaklini belgilab 
beruvchi shartnoma bo‘yicha hamkor xatti-harakatining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. 
Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, hamkorning tashkiliy-huquqiy shaklni bilish bitimni 
amalga oshirishda garovning mavjudligi hamda mulkning rasmiy va haqiqiy tarkiblarini 
muvofiqlashtirish qanchalik mumkinligi haqida axborot olish imkonini beradi. So‘nggi jihat 
muloqotlarni yuritish va shartnomani bajarish shartlarini firmaning 
rasmiy
egalari bilan 
muvofiqlashtirishning samarasizligi tufayli muhim, bunda shartnomani bajarish korxonani 
haqiqiy
nazorat qiluvchi insonlarning harakatlariga bog‘liq. 
Garov shakllari.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlash uchun bitim 
tomonlari an‘aviy tarzda garovdan foydalanadi. Pul shaklidagi garovni bitimni tuzish vaqtida 
tomonlardan biri, maboda shartnoma bekor qilingan yoki u kerakli tarzda bajarilmagan taqdirda, 
ikkinchi tomonning yo‘qotishlarini qoplash uchun to‘laydi. Mulk huquqi nazariyasining 
atamalarida undirib olish ko‘rinishida javobgarlikni o‘tkazish yuz beradi. Masalan, bank 
tomonidan kredit berilayotganda, u odatda kreditning qaytarilishi va u bo‘yicha foizlar 


53 
to‘lanishining kafolati sifatida garov kiritilishini talab qiladi. Bitim shartlaridan qat‘i nazar pul 
shaklidagi garov miqdorini hisoblab chiqish oson, bunda yagona muammo shartnomaning 
to‘liqsizligida va, demak, garovni begonalashtirishning qonuniyligi xususida nizolar kelib 
chiqishining muqarrarligida. Shuning uchun shartnoma tomonlarining ixtisoslashgan garovni 
birgalikda barpo etishini nazarda tutuvchi sof (natura) shakldagi garov (ushbu garov haqida 
shartnomada kelishilmasa-da) ancha samarali. Masalan, imkoniyatli xaridor nafaqat mahsulotni 
sotish tarmoqlariga ega, balki uni ishlab chiqarish va unga sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish 
xarajatlarining bir qismini ham o‘z zimmasiga oladi. 
Firma tomonidan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Fuqarolik kodeksi me‘yorlariga 
muvofiq uning mulkdorlari zimmasida bo‘ladigan javobgarlik ulushi shartnoma shartlarida 
ko‘rsatilmaydigan garovning yana bir shakli hisoblanadi. MChJ, YoAJ va OAJ holatlarida 
bunday javobgarlik 
ustav kapitalining miqdori bilan 
chegaralanadi, bunda, ushbu tashkiliy-
huquqiy shakllardan har birining muassislari soniga nisbatan cheklovlarni hisobga olgan holda 
ustav kapitaliga nisbatan eng kichik talablar MChJda, eng katta talablar OAJda qo‘yiladi. 
Qolgan tashkiliy-huquqiy shakllar uchun mulkdorlarning ancha katta hajmdagi 
javobgarligi ko‘zda tutilgan. Bu erda garov sifatida 
muassislarning mol-mulki
ishtirok etadi, 
uning miqdori mulkdorlar tomonidan kiritilgan hissalarning yoki ularga tegishli aktsiyalarning 
qiymati bilan chegaralanmaydi. To‘liq shirkat ishtirokchilari zimmasiga yuklatiladigan 
majburiyatlar hajmi eng katta, chunki garov rolini unga tegishli barcha mol-mulk bajaradi. 
Qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyatda ishtirokchilar o‘zining barcha mol-mulki bilan emas, balki 
barcha uchun baravar bo‘lgan, ular hissalari qiymatining karrasi miqdorida javobgarlikka egalar. 
Ishlab chiqarish kooperativining asosida ham huddi shunday tamoyil yotadi. Tezkor boshqarish 
huquqiga asoslangan unitar korxona shakli mulkdor – davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari 
tomonidan uning majburiyatlari yuzasidan o‘z mulki bilan subsidiar javobgarlikka ega bo‘lishini 
nazarda tutadi. Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyati holatida ham huddi shunday tamoyil, lekin faqat 
«printsipal» (boshqa xo‘jalik jamiyati yoki shirkat) ko‘rsatmalarini bajarish yo‘lida amalga 
oshirilgan bitimlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ta‘kidlash lozimki, bu erda muassislarning mol-
mulki shaklidagi garovning miqdori emas, balki mulkdorning firma faoliyati uchun o‘z mol-
mulki bilan javob berishi tufayli yuzaga keladigan shartnoma majburiyatlarini bajarishga 
undovchi omillar muhim. Bunday omillar to‘liq shirkatda eng kuchli va MChJ, YoAJ va OAJda 
– eng kam (11.1-rasm.) 
To‘liq shirkat 
Kommandit 
shirkat 
Qo‘shimcha 
ma‘suliyatli 
jamiyat 
Ishlab chiqarish 
kooperativi 
YoAJ, 
OAJ, 
MChJ 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin