Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
 
12-Mavzu. Davlat institutsional tashkilot sifatida 
 
Reja 
1. Davlatning funktsiyalari
2. Davlatning institutsional tabiati 
3. Davlatning mohiyati va uning ta’rifi 
4. Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik kontseptsiyasi 
5. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari» 
Tayanch so’z va iboralar:
davlat, eksplautatorlik davlati, shartnomaviy davlat, soliq, 
byurokratiya, fiskal siyosat, ijtimoiy siyosat. 
1. Davlatning funktsiyalari 
Davlat va davlat tomonidan tartibga solish tabiatining kontseptual asoslarini tadqiq etish 
institutsional nazariyada alohida o‘rin tutadi. Bu shu bilan izohlanadiki, jahon xo‘jalik tizimi 
rivojlanishining hozirgi bosqichida iqtisodiy rivojlanish va u yoki bu davlatning iqtisodiy asosini 
shakllantirish yo‘lini aniqlashda muhim rol o‘ynovchi mulk huquqlarini taminlash mulk sohasida 
muayyan cheklovlarni belgilash, ushbu cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish va mazkur 
cheklovlar buzilgan hollarda kuch ishlatish monopoliyasiga ega bo‘lgan mavjud siyosiy 
tuzilmaga bog‘liq. 
Shunday qilib, davlat jamiyatda rasmiy qoidalarning shakllanishida katta rol o‘ynaydi va 
bu bilan institutsional muhitning o‘zgarishiga hal qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. 


56 
1970-yillarda jahon xo‘jalik tizimida yuz bergan larzalar davlatning iqtisodiyotdagi roli 
va davlatning tabiati to‘g‘risidagi yangi bahs-munozaralarga turtki berdi. 
Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi chegarasi nima bilan belgilanadi? 
Davlatning iqtisodiy sohada ishtirok etishining o‘zi inqiroz sababi va iqtisodiy rivojlanish uchun 
to‘siq hisoblanmaydimi? Agar davlatning aralashuvi etarlicha samarali bo‘lmasa, buni qanday 
qilib to‘g‘rilash mumkin? Davlatning roliga taalluqli bo‘lgan shu va boshqa savollarga javob 
qidirish bilan turli ilmiy maktablar va yo‘nalishlar iqtisodchilarining aksariyati band. 
Davlat tomonidan tartibga solish sohalari to‘g‘risidagi masala eng bahs-munozarali 
bo‘lib, biz ushbu paragrafda unga javob topishga urinib ko‘ramiz. 
Adam Smit 18-asrning ikkinchi yarmidayoq davlatning asosiy majburiyatlari doirasini 
belgilab berdi: 
- birinchidan, jamiyatni kuch ishlatish va boshqa mustaqil jamiyatlarning bostirib 
kelishidan himoyalash; 
- ikkinchidan, imkon qadar, jamiyatning har bir a‘zosini adolatsizlikdan va uning boshqa 
a‘zolari tomonidan jabrlashdan himoyalash yoki yaxshi adolat hukmini o‘rnatish; 
- uchinchidan, ularni barpo etish va saqlab turish alohida shaxslar yoki kichik guruhlar 
manfaatlari yo‘lida amalga oshirilmaydigan muayyan ijtimoiy inshootlar va ijtimoiy 
muassasalarni barpo etish va saqlab turish, chunki ulardan keladigan foyda hech qachon alohida 
shaxslar yoki kichik guruhlarga xarajatlarni to‘lay olmaydi, lekin ko‘pincha xarajatlarni katta 
jamiyatga ortiqcha to‘lashi mumkin
29

Ikki asrdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, mazkur tasnif davlat faoliyati 
sohalarining asosiy ma‘nosini aks ettiradi. 
Yangi institutsional maktabning hozirgi vakillari davlat interventsionalizmini iqtisodiy 
asoslashni bozorning nuqsonlarida yoki nochorligida ko‘rmoqda. Yangi institutsionalistlarning 
hozirgi talqinida davlatning
 
funktsiyalari quyidagilardan iborat
30

-
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish: 
transaktsiya xarajatlari nolga 
teng bo‘lmagan taqdirda mulkchilik huquqlarining taqsimlanishi resurslardan foydalanish 
samaradorligiga ta‘sir ko‘rsatadi; 
-
axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish: 
muvazanatli narx bozor 
ishtirokchilariga past xarajatli va kam buzib ko‘rsatilgan axborot bilan almashish imkonini 
beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasi bazasida shakllanadi; 
-
o’lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish:
davlatning ushbu yo‘nalishdagi 
faoliyati almashinadigan tovarlar va xizmatlar sifatini o‘lchash xarajatlarini pasaytirish imkonini 
beradi, yanada keng ma‘noda esa universal chora-tadbirlar jumlasiga davlat tomonidan pul 
muomalasining tashkil etilishi ham kiradi, chunki almashuvning universal tadbir – pulning eng 
muhim funktsiyalaridan biri; 
-
tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini 
barpo etish:
bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish tarmoqlarini, balki tovarlar va 
xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlari (transport tarmoqlari, savdolar uchun uyushgan 
maydonchalar va h.k.)ni o‘z ichiga oladi; 
-
huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish:
shartnomalarni bajarishda kutilmagan holatlarning paydo bo‘lishi sharnoma tomonlarining 
ulardan opportunistik foydalanishidan kafolatlash uchun «uchinchi» tomon (sud)ning 
aralashuvini talab qiladi; 
-
sof ijtimoiy farovonlikni yaratish
«chiptasiz» muammosini keltirib chiqaradi, bu 
uni moliyalash uchun davlat tomonidan majburlov choralaridan foydalanishni talab qiladi 
(birinchi navbatda mudofaa, keyin sog‘liqni saqlash va ta‘lim singari ijtimoiy farovonlikni 
yaratish). 
29
Смит А. Исследование о природе и богатстве народов – М.: Лекиздат, 1935. –С. 231. 
30
Олейник А. Институциональная экономика. – М.: ИНФРА-М, 2000. –С. 344-345. 


57 
Yangi institutsional nazariya vositalariga tayanib, davlatni shakllantirish va rivojlantirish 
bosqichlarini tadqiq etgan holda, davlatni boshqarishning asosiy sohalarini tanlashning 
institutsional sabablarini aniqlash mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin