alifbo deyiladi.
UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI Hozirgi o‘zbek adabiy tilida tovushlar ikki guruhga bo‘linadi: Unli tovushlar va undosh tovushlar.
Unli va undosh tovushlarni farqlovchi uchta belgi bor:
1.
To‘siqqa uchrash, uchramaslik
;
(unli to‟siqqa uchramaydi, undosh uchraydi.) 2.
Bo‘g‘in hosil qilish yoki qilmasligi
;
(unli hosil qiladi, undosh hosil qilmaydi) 3.
Shovqin belgining bor, yoki yo‘qligiga ko‘ra.
(
unlida yo‟q, undoshda bor )
UNLILAR TASNIFI Eslatma! Faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan, bo‘g‘in hosil qiladigan va to‘siqqa
uchramaydigan tovushlar
unli tovushlar deyiladi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli tovush bor:
i, e, u, o‘, a, o.
Unli tovushlar uch tomonlama tasnif qilinadi:
1. Labning ishtirokiga ko’ra; 2. Og’izning ochilish darajasiga ko’ra 3. Tilning gorizantal holatiga ko’ra; 1. Labning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: I) Lablangan unlilar:
u, o‟ II) Lablanmagan unli:
i, e, a Eslatma! O – o raliq unli hisoblanadi.
2. Og’izning ochilish darajasiga ko’ra uchga bo’linadi: I) Yuqori tor unli:
i, u II) O‘rta keng unli:
e, o‟ III) Quyi keng unli:
a, o 3. Tilning gorizantal holatiga ko’ra ikkiga bo’linadi: I) Old qator unlilar:
i, e, a II) Orqa qator unlilar:
u, o‟, o Yuqoridagi 1- va 2- belgi hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilari tasnifi uchun asos bo‘ladi.
(lab va og‟iz)