Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
165
165
3. Yordamchi vositalarsiz bog‘lanadigan qo‘shma gap tarkibidagi
sodda gaplar mazmuni u qadar yaqin bo‘lmagan
voqea-hodisalarni
ifodalasa, shuningdek, sodda gaplarning o‘zida
vergul ishlatilgan
bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi:
Shinel jiqqa ho‘l;
Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
Tire
quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1.
Fe’l bo‘lmagan kesim bilan bog‘lamasiz birikkan ega
o‘rtasida:
Yurgan-daryo, o‘tirgan-bo‘yra
.
2.
Uyushiq bo‘laklardan keyin
kelgan umumlashtiruvchi
so‘zdan oldin:
Hayo, odob, insof, diyonat- bular inson siyratini
bezaydigan fazilatlardir
3.
Kirish gap bilan gap bo‘laklari o‘rtasida:
Muhayyo va
Lazokat ikkovlari-o‘shanda hali tong yorishmagan edi- paxtazor
tomon ketishdi.
4.
Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida.
5.
Dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda.
6.
Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan
oldin:
Men darrov idoraga yugurdim-yo‘qsiz.
(O)
7.
Zid ma’noli gaplar orasida:
Jismimiz yo‘qolur-o‘chmas
nomimiz.
(G‘.G‘)
8.
Ajratilgan bo‘lak bilan izohlanmish bo‘lak orasida:
Otam-Ne’mat Anorboev, shu jamoaning faol a’zosi edi.
Ikki nuqta
quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1.
Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi
so‘zdan keyin:
Daraxtda barcha sayroqi qushlar: sa’va, mayna,
bulbul jamlangan edi.
2.
Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan
ish-harakatning
sababini ko‘rsatsa:
Tuni bilan uxlay olmadim: singan qo‘lim bezovta
qildi.
3.
Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning
natijasini ko‘rsatsa:
Xonanda bor mahorati bilan kuyladi:
o‘tirganlarning ko‘zida yosh qalqdi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
166
166
4.
Bir gap boshqa bir gapning mazmunini to‘ldirsa yoki
izohlasa:
Onam aytar: zerikmay, bolam, to‘yga bor, bor.
(Qo‘shiqdan)
5.
Ko‘chirma gapdan oldin, muallif gapidan so‘ng ikki nuqta
qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: