Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
Kirish so‘z 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
159 
159
So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan 
so‘z 
kirish so‘z 
deyiladi. Kirish so‘z ma’no jihatidan quyidagilarni 
bildiradi:
1. Ishonch va tasdiqni: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan 
(ham), darhaqiqat. 
2. Gumonni bildiradi: ehtimol, shekilli, balki. 
3. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanini bildiradi: 
menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, 
sizningcha. 
4. Shodlik yoki achinishni bildiradi: baxtimga, baxtga qarshi, 
attang, afsuski, esiz. 
5. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiradi: birinchidan, 
ikkinchidan, avval, oxiri, nihoyat. 
6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligini 
bildiradi: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, aks holda, 
xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan. 
7. Tasdiq yoki inkorni bildiradi: ha, yo‘q, mayli, to‘g‘ri.
Kirish birikma.
So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga 
munosabati birikma orqali ifodalansa, kirish birikma hisoblanadi; 
Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasal yo‘q. 
Kirish gap 
so‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga qo‘shimcha 
mulohazasini bildirgan gapdir. Yalpiz(cho‘l yalpizini aytayotganim 
yo‘q) oshga solinadi. Akam, keksa tabib aytdi, tuzalib ketar ekanlar. 
Kirish gap odatda vergul bilan ajratiladi. Agar kirish gap yoyiq 
bo‘lsa, tire qo‘yiladi yoki qavsga olinadi.
 
Ko‘chirma gap va o‘zlashtirma gap 
 
O‘zgalarning hech o‘zgarishsiz, ayni shaklda berilgan gapi 
ko‘chirma gap deyiladi. Ko‘chirma gapda muallif gapining kesimi 
dedi, deb so‘radi, deb javob berdi, gapirdi, so‘zladi, aytgan
kabi 
fe’llar bilan ifodalanadi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
160 
160
Ko‘chirma gap so‘zlashuv, badiiy uslubda keng qo‘llanadi. 
Ko‘chirma gap (ko‘chirilgan gap) muallif gapidan avval, keyin, 
muallif gapining ichida kelishi mumkin. O‘z navbatida muallif gapi 
ko‘chirma gap orasida berilishi mumkin: 
Nasiba dedi: “Sovuqdan oyoqlarim zirqirab og‘riyapti”. 
Ko‘chirma gapda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi: 
1.
Ko‘chirilgan (ko‘chirma) gap qo‘shtirnoq ichiga 
olinadi: badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. “Darslarni yaxshi 
o‘zlashtirishga harakat qil”, - dedilar dadam. - Ko‘p martalab 
mehmon bo‘ldim, - dedi Qutidor, -ul vaqtda bobongiz tirik 
edilar.(A.Qodiriy)
2.
Ko‘chirilgan gap darak mazmunida bo‘lib, muallif 
gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo‘yiladi. 
Ko‘chirilgan gap so‘roq mazmunidagi yoki his-hayajon gap bo‘lsa, 
so‘roq yoki undov belgisi qo‘shtirnoqdan oldin qo‘yiladi (keyin 
vergul qo‘yilmaydi). “Aytilganlarni nega olib kelmading ?”- dedilar 
jahl bilan oyim. 
3.
Ko‘chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, 
muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. 
4.
Agar muallif gapi ko‘chirma gapning o‘rtasida 
kelsa, tinish belgilari quyidagicha bo‘ladi:
a) muallif gapi har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: “Bizning 
qishlog‘imizda,-dedi Fazliddin,-kishi zerikmaydi;
b) ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng nuqta 
qo‘yish lozim bo‘lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif 
gapidan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Ko‘chirma gap tire qo‘yib davom 
ettiriladi: “Shoira bilan o‘tkaziladigan uchrashuvda barcha bitiruvchi 
sinf o‘quvchilari bo‘lishlari shart”-dedi direktor.- Negaki, ular 
orasida ijod qila boshlaganlari ko‘p. 
v) ko‘chirma gap so‘roq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, muallif 
gapidan oldin so‘roq yoki undov belgisi va tire qo‘yiladi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
161 
161
5.
Ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, 
tinish belgilari quyidagicha bo‘ladi: a) muallif gapining 
uzilgan qismi oxiriga ikki nuqta qo‘yilib, ko‘chirilgan gapdan 
keyin vergul va tire qo‘yilib, muallif gapi davom ettiriladi: 
Saodat: “Biz ham astoydil mehnat qildik”,- dedi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin