Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

üch (3) 
uch (harakat) 
uch 
uch 
 
2. Boshqa tillardan o‘tgan so‘zlarning o‘zbek tilidagi so‘zlar 
bilan bir shakl hosil qilishi natijasida: atlas-atlas, etik-etik, tok-tok. 
3. Ko‘p ma’noli so‘z ma’nolari o‘rtasidagi bog‘lanishning 
yo‘qolishi natijasida: dam (hordiq), dam (bosqon), dam (nafas); gap 
(til birligi), gap (yig‘in). 
Omonimlik hodisasi bir turkum doirasida yoki bir necha turkum 
doirasida sodir bo‘ladi. Bir turkum doirasidagi omonimlarga 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
92 
92
grammatik shakllar qo‘shilganda ham omonimligini saqlab qoladi: 
Biz yoqqan 
o‘tlarimizni
o‘chirdik. Biz ekkan
 o‘tlarimizni
o‘rdik. 
 Sinonimlar (ma’nodosh so‘zlar) 
 
Shakli har xil bo‘lsa ham ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar 
sinonimlar deyiladi. Bir (xil) ma’noning bir necha so‘z shakllari 
orqali berilishi sinonimlarni yuzaga keltiradi. So‘zlarning o‘zaro 
sinonim munosabatda bo‘lishi sinonimiya hodisasi deyiladi. 
Bir umumiy ma’nosi bilan o‘zaro bog‘lanuvchi so‘zlar guruhi 
sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq 
so‘zdan tashkil topadi. Har bir sinonimik qatorda bir so‘z asosiy so‘z 
hisoblanadi. Bu so‘z barcha uslublarda qo‘llana oladi, shuning uchun 
(bosh so‘z), “neytral so‘z”, “betaraf so‘z”, “uslubiy neytral 
so‘z”,”dominanta” atamalari bilan nomlanadi. Masalan, nazar 
solmoq-boqmoq-qaramoq sinonimik qatorida bosh so‘z qaramoq; aft-
bashara-chehra-oraz-yuz-turq sinonimik qatorida bosh so‘z yuzdir.
Bir so‘z, ko‘p ma’noli so‘z birdan ortiq sinonimik qatorda 
ishtirok etishi mumkin. Masalan, bitirmoq. 
1) bitirmoq-tugatmoq-tugallamoq-tamomlamoq-tamom qilmoq 
(maktabni shu yil bitirgan); 
2) 
bitirmoq-bajarmoq-ado 
etmoq-o‘rinlatmoq-do‘ndirmoq-
o‘tamoq (aytgan topshiriqni bajardi, bitirdi); 
3) bitirmoq-tamomlamoq--yo‘qotmoq (jinoyatchi to‘da bitirildi). 
Bir ma’noli so‘z faqat bir sinonimik qatorda qatnashadi. 
Sinonimlik faqat bir turkum doirasida sodir bo‘ladi: odam-inson-
kishi-bashar-kimsa (ot turkumida). 
Sinonimlar ikki yo‘l (usul) bilan hosil bo‘ladi: 1. Tilda yangi 
so‘zning paydo bo‘lishi natijasida ( yangi so‘zlar a) so‘z o‘zlashtirish 
(boshqa tildan so‘z olish); b) so‘z yasash orqali paydo bo‘ladi); 
Tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarning yangi ma’no kasb etishi 
natijasida. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
93 
93
1. Quyidagi sinonimlar boshqa (o‘zga) tildan so‘z o‘zlashtirish 
natijasida yuzaga kelgan: 
sevgi (o‘zbek)- muhabbat (arab); kuch 
(o‘zbek) - qudrat (arab); buyruq (o‘zbek)-amr (arab)-farmon (tojik); 
ot (o‘zbek)-ism (arab); yozuvchi (o‘zbek)-adib (arab); manglay 
(o‘zbek)-peshana (tojik); ko‘klam (o‘zbek)-bahor (tojik); qo‘shin 
(o‘zbek)-armiya (rus); aldamchi (o‘zbek)-aferist (rus); yurak 
(o‘zbek)- dil (tojik)-qalb (arab).
O‘zlashma so‘zlar faqat o‘zbekcha so‘zlar bilangina emas, o‘zaro 
ham sinonim bo‘lishi mumkin, Masalan, hujum-ataka-hamla; josus-
agent; mavzu-tema; muallif-avtor; sozanda-muzikant; muharrir-
redaktor; aktyor-artist; shtraf-jarima. 
2. Tilda bor so‘zlar yangicha ma’no kasb etib, yangi sinonimik 
qatorni yuzaga keltiradi: vazifa-topshiriq; xotira-yodgorlik-esdalik; 
farq- ayirma: maosh-moyana-oylik. 
Bir o‘zakdan yasalgan so‘zlar ham o‘zaro sinonim bo‘ladi: 
chopqir-chopag‘on; Turli o‘zakdan yasalgan so‘zlar ham o‘zaro 
sinonim bo‘ladi; 
yugurik-uchqur; esli-hushyor
. O‘zaro sinonim 
bo‘lgan so‘zlardan bir xil yasovchi qo‘shimcha vositasida sinonimlar 
yuzaga keladi: 
chidamli-bardoshli-to‘zimli-sabrli-toqatli (chidam-
bardosh-to‘zim-sabr-toqat)

Ba’zan, tub so‘z yasama so‘z bilan sinonim bo‘ladi:
his-sezgi
savol-so‘roq

So‘z shaklidagi sinonimlar lug‘aviy sinonimlar deb yuritiladi. 
Lug‘aviy sinonimlar ma’nosiga ko‘ra ikki xil:
1.
To‘liq (mutlaq) sinonimlar. 
2.
Ma’noviy sinonimlar. 
To‘liq sinonimlar
ma’nosida va ishlatilishida farq qilmaydi. 
Birining o‘rnida boshqasini to‘liq qo‘llash mumkin bo‘lgan 
sinonimlar to‘liq sinonimlar deyiladi:
tilshunoslik-lingvistika; 
respublika-jumhuriyat; doston-poema; kosmos-fazo.
Ma’noviy sinonimlar
da sinonimik qatordagi so‘zlar nozik ma’nosi 
bilan farqlanadi. Ma’noviy sinonimlarni (har doim ham) birining 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
94 
94
o‘rnida boshqasini qo‘llab bo‘lmaydi;
ho‘l-shalabbo; tiqillatdi-
taqillatdi, 
dukillatdi-gursillatdi; 
kulmoq-jilmaymoq-irshaymoq-
tirjaymoq. Ma’noviy sinonimlar quyidagi jihatlari bilan o‘zaro 
farqlanadi: 
a) emotsional-ekspressiv bo‘yoq nuqtai nazaridan. Bu jihatdan 
so‘zlar bo‘yoqsiz (neytral) yoki bo‘yoqdor bo‘lishi mumkin. 
Emosional-ekspressiv 
bo‘yoqdor 
so‘zlarda 
so‘zlovchining 
munosabati seziladi. Bo‘yoqdor so‘zlar ijobiy bo‘yoqli (
chehra, 
jamol
) yoki salbiy bo‘yoqli (
 bashara, turq
) bo‘ladi. 
b) Ma’noviy sinonimlar uslublarda qo‘llanishi jihatidan farq 
qiladi. Masalan: 
bashar, siyna
poetik (badiiy) uslubda: 
bahor, quyosh
so‘zlari ilmiy uslubda qo‘llanadi. Bunday sinonimlar uslubiy 
sinonimlar deyiladi. 
d) sinonimik qatordagi so‘zlar ma’noni qay darajada ifodalashi 
jihatidan ham farqlanadi. Masalan, 
qiziq-g‘alati-ajoyib-alomat-
antiqa
sinonimik qatorida qiziq belgini neytral holda;
 ajoyib-alomat-
antiqa 
so‘zlari belgini kuchli darajada; 
yaxshi-durust-tuzuk
sinonimik 
qatorida
 durust, tuzuk 
so‘zlari belgini kuchsiz darajada ifodalaydi. 
Sinonimlar uch xil bo‘ladi: 
1)
lug‘aviy sinonimlar;
2)
frazeologik sinonimlar;
3)
grammatik sinonimlar.
Lug‘aviy sinonimlar- so‘z holidagi sinonimlar; frazeologik 
sinonimlar- sinonim iboralar. Grammatik sinonimlar morfologik va 
sintaktik sinonimlardan iborat. Grammatik sinonimlar: 
kuz shamoli-
kuzgi shamol, xat yozdi-xat yozildi, ukamga oldim-ukam uchun 
oldim.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin