Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Zamonaviy qatlam.
Yangilik va eskilik buyog‘iga ega 
bo‘lmagan so‘zlar zamonaviy qatlam so‘zlarini tashkil etadi. Tilda 
faol qo‘llanuvchi so‘zlar zamonaviy qatlam so‘zlaridir. Zamonaviy 
qatlam so‘zlari lug‘at boyligining asosini tashkil etadi. 
Eski qatlam.
Eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar eski qatlamni 
tashkil etadi. Eski qatlam so‘zlari ikki xil bo‘ladi: 1) tarixiy so‘zlar 
(istorizmlar); 2) arxaik so‘zlar (arxaizmlar). 
1. Istorizmlar ( tarixiy so‘zlar) tarixga oid ( hozirgi kunda yo‘q) 
narsa-hodisalarning atamalaridir; Istorizm hisoblangan so‘z ham, shu 
so‘z ifodalagan narsa-hodisa ham hozirgi davrda qo‘llanmaydi: 
cho‘ri, kanizak, jallod, zindon, sovut, sodoq, paranji. 
Ayrim tarixiy so‘zlar “tirilgan”, ya’ni hozirda ishlatilmoqda: 
hokim, madrasa, mufti, dorilfunun, ro‘za fitr, dorulmuallimun. 
2. Arxaizmlar(eskirgan so‘zlar) hozirda mavjud bo‘lgan narsa-
hodisalarning eskirgan atamalaridir :zavraq(kema), ulus(xalq), 
lang(cho‘loq), firqa(partiya), tilmoch(tarjimon), budun(xalq), bitik( 
kitob), irn (lab), dudoq( lab), hamshira (singil), meng ( xol), eng( 
yonoq), ilik ( qo‘l). 
Istorizmlar va arxaizmlar quyidagicha farqlanadi. 
1. Arxaizmlar hozirda bor narsa-hodisalarning, istorizmlar 
o‘tmishdagi narsa-hodisalar atamasidir.
2. Arxaizmning zamonaviy qatlamga oid sinonimi bo‘ladi; 
istorizmning bunday sinonimi bo‘lmaydi. 
3. Arxaizm tilda bor narsa-hodisani atovchi birdan ortiq so‘zning 
bor ekanligi sababli paydo bo‘ladi.Istorizm narsa-hodisaning hozirgi 
voqelikdan yo‘qolishi sababli yuzaga keladi. 
4. Arxaizm o‘z sinonimi bo‘lgan zamonaviy so‘zga nisbatan 
belgilanadi; Istorizm esa so‘z ataydigan narsa-hodisaning o‘tmishga 
oidligi bilan belgilanadi. 
5. Arxaizm nomlash va uslub jihatdan farqlash vazifasini bajaradi. 
Istorizm faqat nomlash vazifasini bajaradi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
97 
97
 Yangi qatlam.
Tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik belgisi 
(bo‘yog‘i) sezilib turadigan so‘zlar neologizmlar deyiladi: bakalavr, 
magistr, litsey, kollej.
O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi eski va yangi so‘zlar nofaol so‘zlar 
deb, zamonaviy qatlam so‘zlari esa faol so‘zlar deb nomlanadi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin