Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
105
105
Og‘ziga olmoq
(gapirmoq); Ammo hech kim meni qaytarishni
og‘ziga olmas
edi.
Sinonim iboralar
Ma’nodoshlik hodisasi ibora uchun ham xos.
Shaklan har xil
iboralarning bir-biriga yaqin ma’nolarni anglatib kelishi sinonim
iboralar deyiladi:
Kayfi buzuq-ta’bi tirriq;
Toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq.
Yaxshi ko‘rmoq-ko‘ngil bermoq;
Lug‘aviy birlik sifatida iboralar so‘zlar
bilan ham sinonimik
munosabatda bo‘ladi:
tomdan tarasha tushganday-kutilmaganda;
og‘zi qulog‘ida-xursand, joni chiqmoq-g‘azablanmoq; ta’bi xira-
xafa; quling o‘rgilsin-ajoyib.
Antonim iboralar
Qarama-qarshi ma’no ifodalovchi
iboralar antonim iboralar
deyiladi:
ko‘kka ko‘tarmoq-erga urmoq; yuzi yorug‘-yuzi shuvut;
ko‘ngli joyiga tushmoq-yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq.
Iboralar so‘zlashuv va badiiy uslubda keng qo‘llanadi.
22-§
.
USLUBIYAT
(STILISTIKA)
Uslub-
so‘zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea,
hodisaga shaxsiy munosabatidir. Shu yo‘l
bilan ayni bir jumlada
qo‘shimcha sub’ektiv ( modal) mazmun ham ifodalanadi. Nutq
uslublari besh xil: so‘zlashuv, rasmiy, ilmiy, ommaviy, badiiy uslub.
Dostları ilə paylaş: