1. So‘zlashuv uslubi
- ona tilidagi bor imkoniyatlardan
foydalanadi.
2. Rasmiy-idoraviy
( ish qog‘ozlari uslubi)- shaxslar bilan
shaxslar orasidagi, shaxslar bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy
munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: ariza, tilxat, adres, xat,
telegramma, farmoyish, tarjimai hol rasmiy uslub ko‘rinishlaridir.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
106
106
Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlari uslubining
asosiy belgilaridir. Ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. So‘zlar
ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi.
3. Ilmiy uslub
-fan-texnika tilidir. Ilmiy uslubning asosini atama,
ta’rif, qoida, qonun va shartli belgilar tashkil etadi. Bu uslub termin (
atama) lar bilan ish ko‘radi.
4. Ommaviy (ommabop, publisistik) uslub
- matbuot, radio,
teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir.
5. Badiiy uslub
- badiiy tasvir vositalari ibora va asosan ko‘chma
ma’nodagi so‘zlar asosida ish yurituvchi uslub.
Nutq uslublari stilistika ( uslubiyat) da o‘rganiladi.
Stilistika
“
stil” ( “ yozish quroli”, “ ruchka”, “ pat”) ma’nosidagi so‘zdan
olingan.
Gapda, so‘z qo‘llashda ayrim xatolar mavjud bo‘ladiki, ular
uslubiy xato sifatida qaraladi. Masalan,
g‘o‘za, paxta
so‘zlari juda
yaqin tushunchani bildiradi. Shunga qaramay, “g‘o‘za terildi”, “
paxta gulladi” deyish xatodir.
23-§. LEKSIKOGRAFIYA
Tildagi barcha so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi masalalar
lug‘atshunoslik (leksikografiya)da o‘rganiladi. Lug‘atlar ilmiy
maqsadlarda tuziladi. Lug‘atlarning, dastavval,
ensiklopedik
va
lingvistik
turi farqlanadi.
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar ijtimoiy turmushning barcha
sohasiga oid so‘zlarni qamrab oladi. Ensiklopedik lug‘atlarda so‘zlar,
birikmalar, ma’lum bir voqea-hodisalar izohlanadi. Lingvistik
lug‘atlarda esa faqat so‘zlar beriladi.
Lug‘atlar qo‘llanish doirasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
umumiy
lug‘atlar
va
maxsus
lug‘atlar. Umumiy lug‘atlar barchaga
mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan turli soha vakillari foydalanishi
mumkin. Masalan: “Imlo lug‘ati”, “Izohli lug‘at”, “Ruscha-
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
107
107
o‘zbekcha lug‘at”. Maxsus lug‘atlar esa ma’lum bir soha vakillari
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi: “Sinonimlar lug‘ati”, “Matematik
terminlar lug‘ati”.
So‘zligining bir til yoki bir necha tildan iborat bo‘lishiga ko‘ra
tarjima lug‘atlari
va
bir tilli lug‘atlar
farqlanadi.
I.Tarjima lug‘atlarida bir tilning lug‘aviy birligiga boshqa tildagi
mos birlik beriladi. Masalan, “O‘zbekcha-ruscha lug‘at”.
II. Bir tilli lug‘atlar (o‘z til lug‘atlari) ning so‘zligi bir tilda
bo‘ladi. Bir tilli lug‘atlarning quyidagi turlari bor.
1.
Dostları ilə paylaş: |