Muallifdan


-§. LUG‘AT SATHI TARAQQIYOTIDAGI ICHKI



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

25-§. LUG‘AT SATHI TARAQQIYOTIDAGI ICHKI 
OMILLAR. SO‘Z YASALISHI 
 
So‘z yasash yo‘llari, usullari so‘z yasalishi bahsida o‘rganiladi. 
So‘z yasalishi asosan ikki usul bilan amalga oshadi: 
affiksatsiya usuli
va 
kompozitsiya
usuli. 
1.
 
Affiksatsiya usuli
mustaqil ma’noli morfemaga, so‘zning 
o‘zak-negiziga so‘z yasovchi qo‘shimchalarni (affikslarni) qo‘shish 
orqali yangi so‘z yasashdir. So‘zning o‘zak-negiziga yasovchi 
qo‘shimchalar qo‘shish bilan hosil bo‘lgan yangi so‘z 
yasama so‘z 
deyiladi (sodda so‘zlar tuzilishi jihatdan ikki xil bo‘ladi;
tub va 
yasama so‘z.
Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etmagan 
so‘z tub so‘z deyiladi.)
 
Ot, sifat, fe’l, ravish yasovchi qo‘shimchalar so‘z yasovchi 
hisoblanadi. Affiksatsiya so‘z yasashda unumli usuldir: 
chiroy-li-
chiroyli; 
mulk-dor-mulkdor; 
qahramon-ona-qahramonona, 
qahramon-larcha-qahramonlarcha

2.
 
Kompozitsiya usuli
(so‘zlarni qo‘shish) orqali qo‘shma 
so‘zlar hosil qilinadi. Birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemaning 
(mustaqil so‘zning) birikib, yaxlit bir lug‘aviy ma’noni ifodalashi 
qo‘shma so‘z deyiladi: 
oqqush, toq qaychi, molboqar, temir yo‘l, 
asalari, oshqozon, tomorqa, qizilishton, bo‘rikalla, karnaygul.


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
111 
111
Ko‘rpacha, qattiq, suyuq, silliq, quyuq, tirik, tiril, moddiy, siyosiy, 
maishiy, emakla, g‘ovla, o‘dag‘ayla, tarashla, ko‘chmanchi, 
tiqmachoq, bo‘g‘iz, bosqich, zarurat, po‘stloq, quloqchin, qoldiq, 
shodiyona, biror (biron), bezor, oqliq, sholcha, qishloq, qizg‘in, 
chirkin
... kabi so‘zlar hozirda yasama deb emas, tub so‘z sifatida 
qaraladi. Bulardan tashqari so‘z yasashning quyidagi usullari ham 
uchraydi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin