Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
112
112
2. Affiksal morfema
: (qo‘shimcha morfema) mustaqil leksik
(lug‘aviy) ma’no ifodalay olmaydigan, so‘zning
leksik yoki
grammatik ma’nolari shakllanishida xizmat qiladigan morfemadir.
Affiksal morfema so‘z tarkibida hamma vaqt ham ishtirok
etavermaydi. Affiksal morfemalar (qo‘shimchalar) vazifasiga ko‘ra 3
xil bo‘ladi:
1.
So‘z yasovchi affikslar
yangi so‘z hosil qiladi, so‘zning leksik
(lug‘aviy) ma’nosi shakllanishida ishtirok etadi. Ot, sifat, fe’l, ravish
yasovchi barcha affikslar so‘z yasovchi hisoblanadi: gulla
2.
So‘z shaklini hosil qiluvchi
(forma yasovchi) affikslar so‘z
ma’nosiga ta’sir etib, uni bir oz o‘zgartiradigan, ammo yangi so‘z
hosil qilmaydigan qo‘shimchalardir. Sonlardagi -ta, -tacha, otlardagi
kichraytish-erkalash qo‘shimchalari (-cha, -jon, -xon, -loq...);
qarashlilikni
bildiruvchi
qo‘shimcha
(-niki);
-dek,
-day
qo‘shimchalari, ko‘plik qo‘shimchasi (-lar), fe’l nisbatlari, fe’l
mayllari qo‘shimchalari, sifat darajalari qo‘shimchalari shakl
yasovchi hisoblanadi.
3.
So‘z o‘zgartiruvchi
qo‘shimchalar so‘zning ma’nosiga
umuman ta’sir etmaydi. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar
sintaktik
munosabat (so‘zlarni o‘zaro biriktirish) uchun xizmat qiladi.So‘z
o‘zgartiruvchi
qo‘shimchalarga
kelishik,
egalik,
shaxs-son
qo‘shimchalari kiradi.
Ba’zi adabiyotlarda qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlari
ikki xil deb ko‘rsatiladi. Bunda so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar
shakl yasovchi qo‘shimchalar guruhida beriladi.
Qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab (qo‘shma)
bo‘ladi.
1.
Sodda affikslar
: -chi,-la,-lik,-lar...
2. Murakkab (qo‘shma) affikslar
:-chilik,-garchilik,-lan,-lash,
larcha:
yo‘qchilik, yog‘ingarchilik, otlan, salomlash, o‘rtoqlarcha
.
Quloqchin, yuksal, yuksak, qattiq, kunda,chindan
so‘zlari ma’noli
qismlarga ajralmaydi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
113
113
Demak, o‘zak va qo‘shimchalar so‘zning ma’noli
qismlari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: