Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

noma,-xona,-ch,-inch
(
quvon-ch, sevin-ch, ishon-ch, suyun-ch, 
yupan-ch, qo‘rq-inch
). 
indi:
yig‘-indi,qir-indi; yuv-undi, oq-indi, supur-indi, chiq-indi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
122 
122
in,-un:
ekin, yig‘in, yog‘in, tugun, bo‘g‘in, quyun (quy-un). 
mak,-moq: 
emak, chertmak, topishmoq, quymoq, chaqmoq, 
ilmoq. 
dak,-doq:
kekir-dak, yugur-dak, qovur-doq, qo‘ndoq. 
ildoq:
shaqildoq, chirildoq, shilpildoq, xiqildoq. 
sh:
uylanish, qurilish, o‘pirilish, yig‘ilish; o‘tirish. 
it,-at:
chiq-it, qur-it, ko‘ch-at. 
chiq:
yopin-chiq, suyan-chiq: 
diq:
xordiq, qoldiq, topildiq. 
a: 
quyq-a, jizz-a, qahqah-a, sharshar-a, do‘mbir-a, dag‘dag‘-a. 
ak;
xurr-ak, qars-ak, varr-ak, bizbiz-ak, dardar-ak. 
So‘zlarni qo‘shib ot yasash 
So‘zlarni qo‘shish yoki ularni qisqartib qo‘shish bilan qo‘shma 
otlar yasaladi. Qo‘shma otlarning tarkibi quyidagicha bo‘ladi:
1.
Ot bilan otdan: otquloq, qo‘larra. 
2. 
Sifat bilan otdan: ko‘ksulton 
3.
Ot bilan sifatdan: gulbeor 
4.
Son bilan otdan: mingoyoq 
5.
Ot bilan fe’ldan: o‘rinbosar 
Quyidagi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi:
a) qismlari turdosh otlardan iborat bo‘lib, bir urg‘u bilan 
aytiladigan narsa-buyum nomlari ( gulko‘rpa, o‘qilon, tutmayiz, 
oshqozon, oshko‘k); 
c)
ot bilan -ar qo‘shimchali fe’ldan yasalgan qo‘shma otlar ( 
beshiktebratar, otboqar); 
v) ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan joy nomlari (Yangiyo‘l). 
Ikkinchi qismi e, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan qo‘shma otlar 
ajratib yoziladi:
 er yong‘oq, eshak emi, qozon yuvg‘ich. 
Juft otlar
quyidagicha hosil qilinadi: 
a) bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardan:
 uy-joy, oyoq-qo‘l, daftar-
kitob; 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
123 
123
b) sinonim so‘zlardan;
kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat, or-
nomus;. 
v) antonimlardan:
 yosh-qari, ost-ust. 
Takror otlar: 
kosa-kosa
. Tildagi 
choy-poy, bug‘doy-mug‘doy, 
osh- posh, ot- pot
kabi so‘zlar ham takror hisoblanadi. 
Otlar qisqartirish yo‘li bilan ham hosil qilinadi. Qisqartirish orqali 
ot yasalishi 
abbreviatsiya usuli 
deyiladi: SamDU, BMT, MDH, ATS, 
GES, filfak, avtomashina, dramteatr, texnikum.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin