Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Otlarda son tushunchasi 
Otlarda son tushunchasi birlik va ko‘plik orqali namoyon bo‘ladi. 
Ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichi:-lar; birlik esa nol ko‘rsatkichli 
formadir (shakldir). Otlarda ko‘plik 3 xil usulda ifodalanadi:
a) morfologik usul:-lar orqali:
 bolalar;
b) leksik usul: 
bir qancha do‘kon, bir to‘da bola

v) semantik usul:
 xalq, armiya, to‘da, olomon, poda.
Ba’zi takrorlar ham (grammatik usul) ko‘plikni ifodalaydi: 
Kim-
kim keldi? Nima-nima berdi?


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
118 
118
Dadamlar keldilar
kabi o‘rinlarda -lar ko‘plik qo‘shimchasi 
hisoblanmaydi. 
Ayrim otlar -lar affiksini olmaydi: 
1. Planeta, yulduz nomlari (Quyosh, Mars..). Atoqli otlarga -lar 
affiksi qo‘shilganda grammatik ko‘plik ifodalanmaydi. 
2. Ayrim so‘zlar ma’nosiga ko‘ra -lar qo‘shimchasini olmaydi:
 
xaloyiq, dada, ona.
Ba’zan otlarga -lar qo‘shimchasi qo‘shilsa ham ko‘plik 
ifodalanmaydi, balki turlicha modal ma’nolar anglashiladi. 
1. Atoqli otlarga: 
Muhayyo, Nodira, Akmal
kabilarga -lar 
qo‘shilganda kishilar guruhi tushuniladi. 
2. Mavhum otlarga -lar qo‘shilganda uslubiy ma’no ifodalanadi
ma’no kuchaytiriladi:
sevgi, uyqu, aql, kambag‘al, ko‘ngil

Uyqularim qochdi

3. O‘zi bir dona bo‘ladigan narsa-buyumlarga -lar qo‘shilganda 
ham ma’no kuchaytiriladi: 
bosh, til, burun

4. Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo‘shilsa, shu predmetning 
turi, navi, xili anglashiladi: 
unlar, yog‘lar, suvlar

5. Ma’lum kasb-hunar, fan, shu kasb-hunarga, fanga oid sohani 
bildiruvchi otlar ko‘plik shaklida qo‘llanmaydi: 
o‘qituvchilik, 
dehqonchilik, olimlik, matematika, ximiya, tilshunoslik. 
Quyidagi hollarda otlar doimo birlik shaklida bo‘ladi: 
1. Izohlovchi-izohlanmish munosabatidagi birinchi so‘z: 
qiz bola, 
oshpaz kampir, injener Qodirov. 
2. Sifatlovchi son bilan ifodalansa, har ikki qism ham birlikda 
bo‘ladi:
beshta kitob, o‘ntacha sayyoh, uchala bola, bir-ikkita gap
besh kun. 
Otlar nutqda har doim birlik yoki ko‘plik shaklida bo‘ladi. O‘zbek 
tilida otning son shakli (birlik va ko‘plik) sintaktik munosabat 
bildirmaydi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin