Sonlarning otlashuvi.
Sonlar otlashib, otlar bajaradigan sintaktik
vazifalarni bajaradi.
Ikkinchisini olib chiqishdi. Birniki-mingga,
mingniki-tumanga.
Taqsim son egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini olmaydi.
Dona, taqsim sonlar ko‘plik qo‘shimchalarini olmaydi.
Nutqimizda 23 ta tub son bor (0-9, 10-1000, million, milliard).
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
128
128
Hisob so‘zlari (numerativlar)
Hisob so‘zlari narsa-buyumning aniq miqdorini ko‘rsatmay, shu
narsani hisoblashda uning qaysi guruhga oidligini aniqlash uchun
ishlatiladi.
Hisob so‘zlari asosan ot turkumidagi so‘zlardan iborat bo‘ladi:
dona, nusxa, tup.
Qadimda ishlatilgan hisob so‘zlari:
qadoq, jon, tanob, gaz,
savjin, paysa, taxta, enlik, so‘lkavoy, tosh, pud, mahal (vaqt),
yumaloq.
Keyingi davrlarda kirib kelgan (boshqa tillardan) hisob
so‘zlari
: mehnat kuni, gektar, kubometr, kilovatt-soat, sotix, pachka,
metr, kilo minut, gradus, sentr, par, ekzemplyar.
O‘zbek tilidagi hisob so‘zlari qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘linadi:
1. Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar:
dona, nusxa, bosh, tub, nafar.
2. Butunning, guruhning yoki to‘daning qismini hisoblash uchun
ishlatiladigan so‘zlar:
burda, parcha, varaq (sahifa), og‘iz, luqma,
siqim, tilim, (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq,
nimta, to‘g‘ram, poy, bo‘lak, shingil
.
3. To‘dalar, guruhlarni ko‘rsatuvchi hisob so‘zlari:
gala, to‘p,
guruh, to‘da, dasta, bog‘ (bog‘lam), quchoq, shoda, nafar, gruppa,
hovuch.
4. Juft narsa-buyumlar hisobini ko‘rsatuvchi so‘zlar:
juft, par (a).
5. Og‘irlikni o‘lchash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlari:
gramm,
kilogramm, metr, pud, sentr, tonna, misqol, qadoq, botmon.
Hisob so‘zi vazifasini bajaruvchi so‘zlar miqdor o‘lchovini
ifodalash uchun ishlatiladi:
piyola, qoshiq, kosa, choynak, qop
(xalta), quti, chamadon.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
129
129
6. Uzunlik o‘lchovi uchun ishlatiladigan hisob so‘zlari:
quloch,
qadam, qarich.
7. Yosh hisobi uchun qo‘llanadigan so‘zlar:
yosh, yashar,
yoshdagi, yoshli.
8. Vaqt o‘lchovi uchun ishlatiladigan so‘zlar:
asr, yil, oy, hafta.
9. Qiymat (pul) hisobi uchun ishlatiladigan so‘zlar:
so‘m, tiyin,
tanga, chaqa, tilla.
Sonlarning hisob so‘zlari bilan birgalikda qo‘llanishi o‘zbek tili
tabiatiga xos jihatlardan biridir.
Dostları ilə paylaş: |