Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
126
126
2. Sonning ma’no turlari va modal shakllari maxsus affikslar
qo‘shish bilan yasaladi: uchta, oltov.
3. Son o‘zicha turlovchi affikslarni qabul qilmaydi,
sifatlovchi
olmaydi, o‘zi otning sifatlovchisi bo‘lib keladi.
4. Son miqdor tushunchasining nomini anglatganda va
otlashganda kelishik, egalik affikslarini qabul qiladi,
ot bajargan
vazifada keladi: Sakkiz ikkiga teng bo‘linadi.
5. Son hisob so‘zlari-numerativlar bilan ham qo‘llanadi. Son
gapda aniqlovchi bo‘lib keladi. Sonlar ma’no va grammatik
xususiyatlariga ko‘ra dastlab ikkiga bo‘linadi: 1) miqdor son; 2)
tartib son.
Miqdor sonlar
narsa-buyumni sanash, donalash, taqsimlash yoki
taxminlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Miqdor sonlar quyidagi
xususiyatlari bilan tartib sonlardan farqlanadi:
-miqdor sonlar o‘ziga xos morfologik ko‘rsatkichlarga ega.
Tartib sonlar -(i)nchi
orqali yasaladi;
-miqdor sonlar hisob so‘zlari (numerativlar) bilan birga
qo‘llanadi. Tartib sonlar numerativlar bilan qo‘llanmaydi;
-miqdor sonlar juftlashib keladi, tartib sonlar juft holda kelmaydi;
-miqdor sonlar birikma holda (uchdan bir)
ishlatiladi; tartib
sonlar birikma holda kelmaydi.
-miqdor sonlar -lar affiksini olib, taxminiy miqdorni bildiradi,
tartib sonlar, -lar affiksini olib otlashadi:
Birinchilarga mukofot
beriladi.
Miqdor sonlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a)
Dostları ilə paylaş: