Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
127
127
b)
jamlovchi son
: -ov, -ala, -ovlab, -ovlashib, -ovlan: uchov,
ikkala, ikkovlab, uchovlashib, oltovlon.
Jamlovchi son jamlikni
bildiradi.
v)
chama son
: -cha (-ta bilan yasalgan sanoq songa qo‘shiladi:
uchtacha), -larcha, -lab: beshtacha, o‘nlarcha, yuzlab. Sanoq sonlar
juft
holda kelganda, sanoq songa -lar qo‘shilganda ham chama son
hosil bo‘ladi: uch-to‘rt, beshlar. Chama son noaniq,
taxminiy
miqdorni ko‘rsatadi.
g)
kasr son
: butunning qismlarini ifodalaydi: to‘rtdan ikki,
uchdan bir.
Yarim (yorti), chorak, nimchorak
so‘zlari ham kasr son
hisoblanadi.
a)
aralash son:
kasr sonlar butun sonlar bilan birgalikda aralash
sonni hosil qiladi: uch butun o‘ndan besh, besh yarim.
b)
tartib son
narsa buyumning aniq, konkret miqdorini,
ketma-
ketligini ifodalaydi: -(i)nchi: beshinchi. Tartib sonlar predmetning
miqdoriga ko‘ra belgisini bildiradi.
Sonlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
sodda son
va
qo‘shma
son.
Sodda sonlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: bir, besh, sakkiz.
Qo‘shma son ikki va undan ortiq sonlardan iborat bo‘ladi: o‘n besh,
o‘n to‘rt.
Aslida ikki o‘zakdan tuzilib, hozirgi kunda bir o‘zak tarzida
qaraladigan
oltmish
(olti-mish),
sakson
(sakkiz o‘n),
to‘qson
(to‘qqiz
o‘n) sonlari sodda hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: