Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Olmosh 
 
Ot, sifat, son, ravish o‘rnida qo‘llanib, ularni ko‘rsatishga xizmat 
qiluvchi va ularning vazifasini bajaruvchi so‘z turkumi 
olmosh
deyiladi. Olmoshlar narsani, uning belgisi va miqdorini anglatmaydi, 
balki faqat ularni ko‘rsatish, ularga ishora qilish uchun xizmat 
qiladi.Olmosh quyidagi xususiyatlarga ega: 
1. Olmoshda yasalish yo‘q, ya’ni olmosh yasalmaydi. Ammo 
olmoshlardan sanoqli affikslar orqali ot, ravish, fe’l yasalishi 
mumkin: 
kamlik, manmanlik, sensiramoq, mensimoq (mensimaslik), 
shunday.
2. Olmoshlar ba’zi so‘zlarga qo‘shilib, boshqa so‘z turkumiga 
ko‘chishi mumkin: 
qaerda, ozmuncha, o‘zboshimcha, manmanlik 
qilmoq. 
3. Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchilar bilan o‘zgaradi, 
ya’ni olmoshlar turlanadi. Olmoshlar kelishik affikslarini oladi va 
ular belgili qo‘llanadi. 
4. 
I, 
III 
shaxs 
kelishik 
olmoshlari 
egalik 
affiksini 
(qo‘shimchasini) olmaydi. 
Unisi, shunisi, qaysisi
olmoshlari tarkibida ikkitadan egalik 
qo‘shimchasi mavjud. 
5. Olmoshlar gapda bajargan vazifasiga ko‘ra to‘rt xil bo‘ladi: 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
130 
130
a) 
ot xarakteridagi olmoshlar
(ot o‘rnida qo‘llanuvchi 
olmoshlar): men, sen, biz, siz, ular, kim, nima, hech kim, hech nima, 
allakim, kimdir;
b) 
sifat xarakteridagi olmoshlar
: qanday, qaysi, bu, shu, shunday, 
ba’zi, butun, qancha, hech qanday,hech qaysi, allaqaysi, allaqanday;
v) 
son xarakteridagi olmoshlar
: necha, nechanchi, qancha, 
shuncha, o‘shancha;
g) 
ravish xarakteridagi olmoshlar
: nega, qalay, qani, hech 
qachon, qachon. 
Olmosh gapda ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi bo‘lib keladi. Kishilik 
olmoshlari, o‘zlik olmoshlari kelishik qo‘shimchalarini oladi. 
Kishilik va ko‘rsatish olmoshlari juft holda ham keladi. Ko‘rsatish, 
so‘roq, o‘zlik, belgilash olmoshlari takror holda ham qo‘llanadi. 
6. Olmoshlar tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: sodda va qo‘shma 
olmoshlar.
 Sodda olmosh
lar bir o‘zakdan tuzilib, tub yoki yasama bo‘ladi: 
men, sen, u , biz, o‘sha, bunday, shunday.
Yasovchi qo‘shimchani 
olgan olmoshlar boshqa turkumga ko‘chadi:
o‘z-o‘zicha (ravish), 
sizsiramoq (fe’l). 
 Qo‘shma olmosh
lar birdan ortiq o‘zakning birikishidan hosil 
bo‘ladi: 
a) olmosh-boshqa turkumdagi so‘z: mana bu, mana shu, qay vaqt, 
ana shu, allaqaysi: 
b) olmosh-olmosh: har kim, har qanday, har nima, hech kim, 
hech qaysi. 
Olmoshlar takrorlanib, juftlanib kelganda ko‘proq boshqa 
turkumga-ravishga (o‘zidan-o‘zi, o‘sha-o‘sha), fe’lga (sansanlamoq) 
ko‘chadi. 
Boshqa 
turkumga 
oid 
so‘zlarning 
olmoshga 
ko‘chishi 
pronominalizatsiya
deyiladi

Masalan
, odam, kishi, inson, nafas, ish 
kabi otlar ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi
kabi sifatlar, 
bir
soni olmoshga yaqinlashadi. Ko‘nglimni so‘ragani bir inson 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
131 
131
topilmadi (hech kim). Sizni bir odam chaqiryapti (kimdir). Odam 
ketgisi kelyapti (men). Shularni ko‘rib, diling yayraydi kishi (men). 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin