Fe’l
Ish-harakatni bildirgan so‘zlar turkumi
fe’l
deyiladi. Fe’l quyidagi
xususiyatlarga ega.
Fe’l tuslanadi. Fe’l turkumidagi so‘zlarning shaxs-son
qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi
tuslanish
deyiladi. Shaxs-son
qo‘shimchalari
tuslovchi qo‘shimchalar
deyiladi. Tuslanish fe’lning
mayl, zamon va shaxs-son formalarini olib o‘zgarishidir.
Shaxs-son tushunchasi (kategoriyasi)
Shaxs-son
tushunchasi fe’l
anglatgan
harakat-holatning
bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. I shaxs-so‘zlovchi;
II shaxs-tinglovchi, III shaxs-nutq jarayonida ishtirok etmayotgan
shaxs.
I shaxs: bordim bordik, boryapmiz
II shaxs: bording, boryapsan bordingiz, boryapsiz
III shaxs: bordi, boryapti bordilar, boryapti(lar)
Zamon tushunchasi
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
133
133
Zamon
tushunchasi
harakat-holatning
nutq
vaziyatiga
munasabatini ifodalaydi. Fe’lning uch zamoni farqlanadi: o‘tgan
zamon(nutq jarayonigacha bo‘lgan harakat); hozirgi zamon (nutq
jarayonida sodir bo‘layotgan harakat), kelasi zamon (nutq
jarayonidan keyin sodir bo‘ladigan harakat).
1. O‘tgan zamon
fe’llari quyidagicha:
a) aniq o‘tgan zamon shakli-di: yozdik, ko‘rdik.
b) uzoq o‘tgan zamon shakli –gan: yozgandingiz, ko‘rgandingiz.
v) o‘tgan zamon hikoya shakli-(i) b: yozibsiz, ko‘ribmiz; yozib
edik, ko‘rib edik.
g) o‘tgan zamon davom fe’li-a(r)-edi, (-mas-edi): ko‘rinar edi,
ko‘rinmas edi.
2. Hozirgi zamon
fe’llari quyidagicha:
a) aniq hozirgi zamon shakli
-yap
-shaxs-son affiksi: -yotir,-yotib;
boryapman, borayotirman, borayotibman; -moqda: bormoqda.
b) hozirgi- kelasi zamon shakli: kelasi zamon aniq shakli:-a, -y;
yozadi; ishlaymiz; kelasi zamon gumon shakli; -(a)r, (-mas);
yozarman, yozmasman.
3.Kelasi zamon
shakllari quyidagicha:
a) aniq kelasi zamon shakli -ajak(-yajak): borajakmiz,
o‘qiyajakmiz; -gu(-g‘u,-ku,-qu): kelgum(dir), kelgumiz, kelgusi;
b) kelasi zamon maqsad shakli-moqchi: kelmoqchiman,
aytmoqchisan;
v) kelasi zamon gumon shakli:-r,-ar: o‘qirman, boraman.
Ba’zi hollarda bir zamon shaklining boshqasi o‘rnida qo‘llanishi
uchrab turadi. Harakatning qaysi zamonga oidligi esa umumiy
holatdan anglashilib turadi. Masalan:
Hozir qorong‘ida qayoqqa
bordigu, nimayam qildik
-kelasi zamon.
Shundan so‘ng bilmadim,
qancha vaqt shirin xayollar osmonida qanot qoqib yurdim
-hozirgi
zamon.
Bugun kechqurungi poezd bilan jo‘nab ketyapmiz
-kelasi
zamon.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
134
134
Fe’llar ma’no va leksik- grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki xil
bo‘ladi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar.
1.
Dostları ilə paylaş: |