Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

3.
 
Fonetik usul
:
ko‘r-ko‘z, bo‘r-bo‘z
. So‘z urg‘usini 
ko‘chirish orqali so‘z hosil qilish ham fonetik usul hisoblanadi:
 yangi 
(sifat)-yangi(ravish)
.
4.
 
Semantik usul;
so‘z ma’nosining o‘zgarishi asosida yangi 
so‘zning hosil bo‘lishi:
to‘garak-aylana, to‘garak-mashg‘ulot, uloq 
(hayvon) uloq(sport turi). ko‘k-rang, ko‘k-osmon, yupqa-qalin emas, 
yupqa-taom nomi; kun(sutkaning yorug‘ qismi)- kun(quyosh)

5.
 
Abbreviatsiya usuli 
(so‘zlarni qisqartirish) rus tilidan 
qabul qilingan: Tosh MI, MDH, BMT. Qisqartirib yangi so‘z hosil 
qilishning bir necha ko‘rinishlari bor: bosh harflarni qisqartirib olish 
(AQSh); birinchi so‘zning dastlabki bo‘g‘ini va keyingi so‘zlarning 
bosh harfini olish (SamDU) kabi. 
26-§. MORFEMIKA 
 
Morfemika
-so‘zning 
ma’noli qismlari haqidagi ta’limot. 
Morfemika-morfemalar haqidagi bo‘lim. So‘zning ma’noli qismlari
 
morfemalar 
deyiladi. Morfema so‘zning bo‘linmas, eng kichik 
ma’noli qismidir. Morfemalar ikki xil bo‘ladi: 
o‘zak morfema 
va 
affiksal morfema

1. 
O‘zak morfema
: so‘zda albatta ishtirok etadigan, leksik 
(lug‘aviy) ma’no ifodalay oladigan morfemadir. O‘zak morfema so‘z 
yasalishi uchun ham, shakl (forma) yasalishi uchun ham asos bo‘ladi: 
gul
chilarimizni: o‘zak morfema-
gul


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
112 
112
2. Affiksal morfema
: (qo‘shimcha morfema) mustaqil leksik 
(lug‘aviy) ma’no ifodalay olmaydigan, so‘zning leksik yoki 
grammatik ma’nolari shakllanishida xizmat qiladigan morfemadir. 
Affiksal morfema so‘z tarkibida hamma vaqt ham ishtirok 
etavermaydi. Affiksal morfemalar (qo‘shimchalar) vazifasiga ko‘ra 3 
xil bo‘ladi:
1. 
So‘z yasovchi affikslar
yangi so‘z hosil qiladi, so‘zning leksik 
(lug‘aviy) ma’nosi shakllanishida ishtirok etadi. Ot, sifat, fe’l, ravish 
yasovchi barcha affikslar so‘z yasovchi hisoblanadi: gulla
2. 
So‘z shaklini hosil qiluvchi
(forma yasovchi) affikslar so‘z 
ma’nosiga ta’sir etib, uni bir oz o‘zgartiradigan, ammo yangi so‘z 
hosil qilmaydigan qo‘shimchalardir. Sonlardagi -ta, -tacha, otlardagi 
kichraytish-erkalash qo‘shimchalari (-cha, -jon, -xon, -loq...); 
qarashlilikni 
bildiruvchi 
qo‘shimcha 
(-niki); 
-dek, 
-day 
qo‘shimchalari, ko‘plik qo‘shimchasi (-lar), fe’l nisbatlari, fe’l 
mayllari qo‘shimchalari, sifat darajalari qo‘shimchalari shakl 
yasovchi hisoblanadi. 
3. 
So‘z o‘zgartiruvchi
qo‘shimchalar so‘zning ma’nosiga 
umuman ta’sir etmaydi. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar sintaktik 
munosabat (so‘zlarni o‘zaro biriktirish) uchun xizmat qiladi.So‘z 
o‘zgartiruvchi 
qo‘shimchalarga 
kelishik, 
egalik, 
shaxs-son
qo‘shimchalari kiradi. 
Ba’zi adabiyotlarda qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlari 
ikki xil deb ko‘rsatiladi. Bunda so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar 
shakl yasovchi qo‘shimchalar guruhida beriladi. 
Qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab (qo‘shma) 
bo‘ladi.
1. 
Sodda affikslar
: -chi,-la,-lik,-lar... 
2. Murakkab (qo‘shma) affikslar
:-chilik,-garchilik,-lan,-lash, 
larcha:
 yo‘qchilik, yog‘ingarchilik, otlan, salomlash, o‘rtoqlarcha

Quloqchin, yuksal, yuksak, qattiq, kunda,chindan
so‘zlari ma’noli 
qismlarga ajralmaydi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
113 
113
Demak, o‘zak va qo‘shimchalar so‘zning ma’noli qismlari 
hisoblanadi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin