25-§. LUG‘AT SATHI TARAQQIYOTIDAGI ICHKI OMILLAR. SO‘Z YASALISHI So‘z yasash yo‘llari, usullari so‘z yasalishi bahsida o‘rganiladi.
So‘z yasalishi asosan ikki usul bilan amalga oshadi:
affiksatsiya usuli va
kompozitsiya usuli.
1. Affiksatsiya usuli mustaqil ma’noli morfemaga, so‘zning
o‘zak-negiziga so‘z yasovchi qo‘shimchalarni (affikslarni) qo‘shish
orqali yangi so‘z yasashdir. So‘zning o‘zak-negiziga yasovchi
qo‘shimchalar qo‘shish bilan hosil bo‘lgan yangi so‘z
yasama so‘z deyiladi (sodda so‘zlar tuzilishi jihatdan ikki xil bo‘ladi;
tub va yasama so‘z. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etmagan
so‘z tub so‘z deyiladi.)
Ot, sifat, fe’l, ravish yasovchi qo‘shimchalar so‘z yasovchi
hisoblanadi. Affiksatsiya so‘z yasashda unumli usuldir:
chiroy-li- chiroyli; mulk-dor-mulkdor; qahramon-ona-qahramonona, qahramon-larcha-qahramonlarcha .
2. Kompozitsiya usuli (so‘zlarni qo‘shish) orqali qo‘shma
so‘zlar hosil qilinadi. Birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemaning
(mustaqil so‘zning) birikib, yaxlit bir lug‘aviy ma’noni ifodalashi
qo‘shma so‘z deyiladi:
oqqush, toq qaychi, molboqar, temir yo‘l, asalari, oshqozon, tomorqa, qizilishton, bo‘rikalla, karnaygul.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
111
111
Ko‘rpacha, qattiq, suyuq, silliq, quyuq, tirik, tiril, moddiy, siyosiy, maishiy, emakla, g‘ovla, o‘dag‘ayla, tarashla, ko‘chmanchi, tiqmachoq, bo‘g‘iz, bosqich, zarurat, po‘stloq, quloqchin, qoldiq, shodiyona, biror (biron), bezor, oqliq, sholcha, qishloq, qizg‘in, chirkin ... kabi so‘zlar hozirda yasama deb emas, tub so‘z sifatida
qaraladi. Bulardan tashqari so‘z yasashning quyidagi usullari ham
uchraydi.