Muallifdan


-§. MORFEMALARNING AGGLUTINATIV TABIATI



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
27-§. MORFEMALARNING AGGLUTINATIV TABIATI 
 
Affiksal morfemalar o‘zak morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra 
muayyan tilning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O‘zak 
morfemalarning tabiatiga ko‘ra tillar asosan 
agglutinativ va flektiv 
tillarga bo‘linadi
1

Turkiy tillar, jumladan o‘zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga 
ko‘ra agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya «ketma-ketlik» 
ma’nosidagi so‘z bo‘lib, qo‘shimchalarning o‘zakka ma’lum tartib va 
ketma-ketlikda qo‘shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o‘zak 
va qo‘shimchalar chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda so‘z 
shakllari o‘zgarmas holda qo‘shiladigan affikslar yordamida yasaladi. 
Bunday tillarda affikslar asosan bir grammatik ma’noni ifodalaydi. 
Masalan, -lar faqat ko‘plik qo‘shimchasi sifatida qaraladi. Mazkur 
qo‘shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq, 
kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari 
hisoblanadi. 
Turkiy tillarda (o‘zbek tilida) o‘zakka dastavval, so‘z yasovchi 
qo‘shimchalar (morfemalar), keyin shakl yasovchi va oxirida so‘z 
o‘zgartuvchi qo‘shimchalar birikadi: 
tila-k-lar-imiz-ni
. Bu qat’iy 
qoida morfem tahlilda, ya’ni so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratishda 
ham muhim. Masalan, 
o‘rtoqlarcha, mardlarcha 
so‘zlari 
o‘rtoq-lar-
cha, mard-lar-cha
ko‘rinishida emas
, balki o‘rtoq-larcha, mard-
larcha 
tarzida ma’noli qismlarga ajratiladi. 
O‘zbek tilidagi affiksal morfemalar o‘zak morfemadan keyin 
qo‘shilish xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qo‘shimchalar o‘zbek 
tili tabiatiga xos emas. Tilimizdagi ser-(sersuv), no-( nomard), be-
1
Agglyutinatsiya-lotincha «yopishtirish» ma’nosini; flektsiya «bukilish» ma’nosini 
anglatadi. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
114 
114
(begunoh), ba-(badavlat).. kabi old qo‘shimchalar fors-tojik tiliga xos 
bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy omillar ta’sirida o‘zbek 
tiliga o‘zlashib ketgan. Old qo‘shimchalar rus-baynalmilal so‘zlarida 
ham uchraydi. 
Flektiv tillarda o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari 
sezilmaydi. Rus tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir: 
videt-viju; 
xodit-xoju; hukm-mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-
mutafakkir; zulm-zolim-mazlum; hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or. 


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin