Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

1. So‘zlashuv uslubi
- ona tilidagi bor imkoniyatlardan 
foydalanadi. 
2. Rasmiy-idoraviy
( ish qog‘ozlari uslubi)- shaxslar bilan 
shaxslar orasidagi, shaxslar bilan davlat idoralari orasidagi ijtimoiy 
munosabatlarni ifodalashga xizmat qiladi: ariza, tilxat, adres, xat, 
telegramma, farmoyish, tarjimai hol rasmiy uslub ko‘rinishlaridir. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
106 
106
Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlari uslubining 
asosiy belgilaridir. Ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. So‘zlar 
ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi.
3. Ilmiy uslub
-fan-texnika tilidir. Ilmiy uslubning asosini atama, 
ta’rif, qoida, qonun va shartli belgilar tashkil etadi. Bu uslub termin ( 
atama) lar bilan ish ko‘radi.
4. Ommaviy (ommabop, publisistik) uslub
- matbuot, radio, 
teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. 
5. Badiiy uslub
- badiiy tasvir vositalari ibora va asosan ko‘chma 
ma’nodagi so‘zlar asosida ish yurituvchi uslub. 
Nutq uslublari stilistika ( uslubiyat) da o‘rganiladi. 
Stilistika 
“ 
stil” ( “ yozish quroli”, “ ruchka”, “ pat”) ma’nosidagi so‘zdan 
olingan.
Gapda, so‘z qo‘llashda ayrim xatolar mavjud bo‘ladiki, ular 
uslubiy xato sifatida qaraladi. Masalan,
g‘o‘za, paxta
so‘zlari juda 
yaqin tushunchani bildiradi. Shunga qaramay, “g‘o‘za terildi”, “ 
paxta gulladi” deyish xatodir. 
23-§. LEKSIKOGRAFIYA 
 
Tildagi barcha so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi masalalar 
lug‘atshunoslik (leksikografiya)da o‘rganiladi. Lug‘atlar ilmiy 
maqsadlarda tuziladi. Lug‘atlarning, dastavval
ensiklopedik
va
 
lingvistik
turi farqlanadi. 
Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar ijtimoiy turmushning barcha 
sohasiga oid so‘zlarni qamrab oladi. Ensiklopedik lug‘atlarda so‘zlar, 
birikmalar, ma’lum bir voqea-hodisalar izohlanadi. Lingvistik 
lug‘atlarda esa faqat so‘zlar beriladi.
Lug‘atlar qo‘llanish doirasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
umumiy 
lug‘atlar
va 
maxsus
lug‘atlar. Umumiy lug‘atlar barchaga 
mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan turli soha vakillari foydalanishi 
mumkin. Masalan: “Imlo lug‘ati”, “Izohli lug‘at”, “Ruscha-


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
107 
107
o‘zbekcha lug‘at”. Maxsus lug‘atlar esa ma’lum bir soha vakillari 
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi: “Sinonimlar lug‘ati”, “Matematik 
terminlar lug‘ati”. 
So‘zligining bir til yoki bir necha tildan iborat bo‘lishiga ko‘ra 
tarjima lug‘atlari
va 
bir tilli lug‘atlar 
farqlanadi. 
I.Tarjima lug‘atlarida bir tilning lug‘aviy birligiga boshqa tildagi 
mos birlik beriladi. Masalan, “O‘zbekcha-ruscha lug‘at”.
II. Bir tilli lug‘atlar (o‘z til lug‘atlari) ning so‘zligi bir tilda 
bo‘ladi. Bir tilli lug‘atlarning quyidagi turlari bor. 
1.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin