Xolmanova Z.
Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
103
103
so‘zlar
bo‘yoqsiz
yoki
neytral
so‘zlar deb yuritiladi. Bo‘yoqdor
so‘zlarda
so‘zlovchining
munosabati
ham
ifodalanadi.
Munosabatning xarakteriga ko‘ra bo‘yoqdor so‘zlar ikki xil bo‘ladi:
a) ijobiy bo‘yoqdor so‘zlar:
chehra, jamol.
b) salbiy bo‘yoqdor
so‘zlar:
badbashara, badburush, naynov, qiltiriq, kampirdahan.
Noadabiy qatlamlar
Jonli (so‘zlashuv) tilda uchraydigan, keng iste’molda qo‘llanmay,
ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko‘rsatib turadigan so‘z va
iboralar noadabiy qatlam hisoblanadi. O‘rinsiz
iboralar, qarg‘ash,
so‘kish, argo, jargon, varvarizmlar noadabiy qatlam hisoblanadi.
Masalan: “Xo‘jayinimizning tusini el esin...”, “Boshqa vaqtda zvonit
qiling...”
Varvarizm
(lat. “ajnabiy”)-boshqa tillardan olingan so‘z va
iboralarni o‘rinsiz qo‘llash. Masalan:
momoy, babulya, bratishka,
gardkam, mersi, danke...
Vulgarizm
(lat. “dag‘al”)-adabiy tilda ishlatilmaydigan yoqimsiz,
qo‘pol so‘zlar, noto‘g‘ri jumlalar:
Ey, sharmanda, benomus, bebosh.
Vulgarizm ham noadabiy qatlamga kiradi.
Dostları ilə paylaş: