Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
102
102
a)
professional
terminlar.
Ma’lum
kasb-hunarga
va
mutaxassislikka oid monosemantik so‘zlar
professional terminlar
hisoblanadi
: masalan, charm, rezgi, shirach (etikdo‘zlik), angob,
loya, taqsir, gulbo‘ta, bargi bodom (kulolchilik); zehdo‘zlik,
piltakach, yo‘rmado‘zlik, bichiqchi, tarhkash(kashtachilik)
kabi.
b) ilmiy terminlar. Har bir fan o‘ziga xos terminga ega.
Tilshunoslikda:
fonema, fonetika, ega, kesim;
matematikada:
kub,
kvadrat, plyus
.
3.
Jargon va argolar
Ma’lum tabaqa (sinf) vakillari nutqida qo‘llanadigan so‘zlar
jargonlar
deyiladi. Masalan,
shoe’ qiling
-bildiring,
tanzil
-foyda.
Argolar
qiziqishlari, mashg‘ulotlari, yoshlari bir xil bo‘lgan
ma’lum tor doiradagi guruh vakillari qo‘llaydigan so‘zlardir. Ular
umumxalq tiliga oid so‘zlarni boshqa ma’noda qo‘llashadi.
Otarchilar, o‘g‘rilar, savdogarlarning o‘z argolari mavjud. Masalan,
a) otarchilar argosidan;
yakan (pul), joyi (yo‘q), dah (yaxshi);
b)
o‘g‘rilar argosidan:
loy(pul), ligavi (milisiya), harif (pul egasi,
o‘g‘rilik ob’ekti);
d) savdogarlar argosidan:
sar yoki sarpiyoz (ming
so‘m), kapara (olti ming so‘m);
e) bezorilar argosidan:
zamri (jim
tur), hamka (non), deshevka (chaqimchi)
.
Bu kabi sinflar, uyushma
va to‘dalar yo‘qolishi bilan argo va jargonlar ham yo‘qoladi.
Dostları ilə paylaş: