Muallifdan


-§. LUG‘AT SATHIDAGI O‘Z QATLAM VA



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

19-§.
LUG‘AT SATHIDAGI O‘Z QATLAM VA 
O‘ZLASHGAN QATLAM 
 
Tildagi barcha so‘zlar uning lug‘at boyligini tashkil etadi. Tilning 
lug‘at boyligi ikki manba-ichki va tashqi manba orqali ortib boradi. 
Tilning ichki imkoniyatlari orqali so‘z yasash (qo‘shimcha qo‘shish 
va so‘zlarni qo‘shish orqali); shevalardan so‘z olish ichki manba
boshqa tildan so‘z olish tashqi manba hisoblanadi. 
Boshqa tillardan so‘z olish natijasida o‘z qatlam va o‘zlashgan 
qatlam farqlanadi. O‘zbekcha, turkiycha so‘zlar o‘z qatlam nomi 
bilan, boshqa tildan olingan so‘zlar o‘zlashgan qatlam atamasi bilan 
yuritiladi. 
O‘z qatlam 
O‘z qatlamga o‘zbek tiliga oid bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar 
uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida 
turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar anchagina: tosh, tog‘, er, 
bosh, suv, til, qo‘l, kishi, bola; oq, qora, qizil, ko‘k, sariq, yashil, 
yaxshi, yomon; bir, ikki, uch, besh, olti, etti, yuz, ming: men, sen, u, 
biz, siz, bu, shu; kel, ol, bor, tur, qara; ildam, erta, indin, ilgari.
O‘zbek tilining bevosita o‘ziniki bo‘lgan so‘zlar tilning ichki 
imkoniyatlari asosida hosil bo‘lgan so‘zlardan iborat. Bunda uch 
holat kuzatiladi:
1) asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tildagi affiks (qo‘shimcha)lar 
yordamida yasalgan so‘zlar:
qatnashchi, terimchi, og‘machi, 
birlashma



Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
98 
98
2) boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarga o‘zbekcha qo‘shimcha 
qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan so‘zlar o‘zbekcha hisoblanadi; 
a) arabcha so‘zlardan: 
rahbarlik, mehrli

b) tojikcha so‘zlardan: 
mardlik, go‘shtli;
v) ruscha so‘zlardan: 
limonli, sportchi;
3) boshqa tildan o‘zlashgan so‘zga o‘zlashgan qo‘shimchani 
qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan so‘z o‘zbekcha hisoblanadi: 
kitobxon, doimiy, adabiyotshunos

Demak, yasama so‘zlar asosan o‘zbekcha (o‘z qatlam so‘zlari) 
hisoblanadi. 
O‘z qatlam so‘zlari (o‘zbekcha so‘zlar) quyidagi xususiyatlarga 
ega. 
1) v,z,l,g, tovushlari bilan boshlanadigan so‘zlar o‘zbekcha emas: 
lab. 
2) f, h, ‘ ishtirok etgan so‘zlar o‘zbekcha hisoblanmaydi: 
bahor, fikr. 
3) o‘zbekcha so‘zlarda unlilar yonma-yon kelmaydi: (soat). 
4) o‘zbekcha so‘zlar omonim xarakterda bo‘ladi: soch-soch, tut-
tut. 
5) o‘zbekcha so‘zlarda tarixiy tovush o‘zgarishlari sezilib turadi: 
yig‘och-og‘och, jil-yil: jilon-yilon-ilon. 
6) o‘zbekcha (turkiy) so‘zlarda bir bo‘g‘in tarkibida undoshlar 
yonma-yon kelmaydi; g‘isht, daraxt. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin