4-Maruza: Kimyo o'quv predmeti sifatida. Predmetning mazmuni, tuzilishi, unga qo'yiladigan didaktik talablar



Yüklə 80,27 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix09.10.2023
ölçüsü80,27 Kb.
#153440
4-Maruza



4-Maruza: Kimyo o'quv predmeti sifatida. Predmetning mazmuni, 
tuzilishi, unga qo'yiladigan didaktik talablar. 
Ma'lumki, darslik kimyo o'quv fanining asosini tashkil etadi. U vazirlik 
tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yoziladi. Darslikda bayon etilgan 
mavzular o'quv rejasiga mos kelishi zarur. Darslikda bayon etilgan 
mavzular asosida kimyo fani o'qitiladi. 
Kimyo fanini o'qitishga quyidagi talablar qo'yiladi: 
1) ilmiy bilimlar sistemasi; 
2) ko'nikma va malakalar sistemasi; 
3) kimyo sohasida insoniyat tomonidan to'plangan ijodiy faoliyat 
tajribasi; 
4) moddiy olam va atrof-muhitga munosabat. 
Bularning hammasi bir-biriga o'zaro bog'langan. Masalan, kimyoviy 
reaksiyaning o'tish qonuniyatini bilmasdan turib, uni amalga oshirish 
mumkin emas. Tajribasiz o'rganilayotgan obyekt to'g'risida to'liq 
bilimlar olib bo'lmaydi. Shuningdek, darslik bilan ishlamasdan turib 
bilimlarni mukammal egallash qiyin. Inson ijodiy faoliyat tajribasiga ega 
bo’lmasa, unda original fikrlar kelib chiqmaydi. Bunday holatda 
o'qituvchi nusxa ko'chirish xususiyatga ega bo'lib qoladi. 
Shu sababli ham murakkab masalalarni hal qilolmay va o'z bilimini 
yangi sharoitga bog'lay olmaydi. Ijodiy faoliyatsiz bilim va malakalarni 
puxta egallash qiyin kechadi. Bunday holatda o'z bilimlarini hayot bilan 
bog'lay olmaydi. 
Dastavval maktab kimyo kursidagi kimyoviy bilimlar sistemasini ko'rib 
chiqamiz. Ilmiy bilimlar sistemasi maktab kimyo ta'limining murakkab 
muammosi hisoblanadi. Fan ma'lumotlaridan shunday bilimlarni tanlab 
olish kerakki, u kelajakda o'zgarmas, hayot bilan bog'liq, tarbiyalovchi 
mazmunga ega bo'lsin. 
Maktab kimyo kursining mazmuniga bo'lgan birinchi talab uning 
ilmiyligidir. Ilmiylik prinsipi - bu asoslangan nazariya va jarayonlarning 
qonuniyatlari, moddalarning aniqlangan xossalarini o'quv mazmunida 
mantiqiy bog'lanishda yoritilishini aks ettiradi. 
O'quv materialining o'quvchilar bilim darajasiga mosligi. Bu prinsipning 
mazmuni shundan iboratki, masalan, atom tuzilish nazariyasini 
bilmasdan turib, orbitallarning gibridlanishini tushunarli bayon qilish 
qiyin. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish va oksidlanish-qaytarilish 
jarayonlari bilimlarisiz elektrolitlar, elektroliz mohiyatini tushuntirish 
mumkin emas. Shuning uchun moslik prinsipi izchillik qonuniyatiga 


bevosita bog'liq bo'ladi. Kimyo kursining izchilligiga o'quv 
materiallarining mantiqiy ketmaketligini saqlash bilan erishiladi. 
Masalan, moddalarning xossalari ularning tarkibi va tuzilishi bilan 
bog'liq bilimlarga tayangan holda o'rganiladi. Kimyoviy element 
tushunchasi dastlab atomlar turi deb qaralsa, atom tuzilishi nazariyasi 
o'rganilgandan keyin yadro zaryadlari bir xil bo'lgan atomlar turi, deb 
ta'riflanadi. 
Atomning o'zi ham dastlab kimyoviy jihatdan bo'linmas zarracha deb 
qaralsa, keyin murakkab zarracha deb yuritiladi. 
Materialni sistemali joylashtirishda 2 xil mantiqiy fikr yuritiladi. O'quv 
materiallarini induktiv (1) va deduktiv (2) joylashtirish. Induktiv bayon 
qilish asosan, kirnyo o'qitishning dastlabki bosqichlarida olib boriladi. 
Unda faktik bazaga ega bo'linmaydi. 
Shuning uchun ijodiy umumlashtirish ham mumkin emas. Materialni 
deduktiv bayon qilishda nazariy bazaga ega bo'linadi va uning asosida 
material o'rganiladi. Masalan, deduktiv bayon qilishni ko'rib chiqaylik 
Galogenlar va boshqa guruh elementlarini o'qitishdan avval davriy 
qonun va moddalar tuzilishi o'rganilgani uchun uning asosida guruh 
elementlarining xossalaridagi o'zgarishlar tushuntirib beriladi. 
Sistemalilik prinsipining amalga oshirilishi predmetlararo bog'lanishga 
zamin yaratadi. 
O'quv materialini tushunish va ishlab chiqarish bilan bog'lash: mehnat 
ta'limini amalga oshirish uchun o'quvchilar eng muhim kimyoviy ishlab 
chiqarish obyektlari bilan tanishtiriladi, kimyoviy moddalarning turli 
sohalarda ishlatilishi bayon etiladi. Mazmunning bir butunlik prinsipi. 
O'quv predmeti fan rivojlanishining asosiy va tarbiyaviy yo'nalishlarini 
aks ettiradi. Zamonaviy kimyoviy tadqiqotlar: davriylik. Moddalaming 
tuzilishi, kimyoviy kinetika, kimyoviy termodinamika sohalarida olib 
boriladi. 
Umum tomonidan tan olingan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini bayon etish 
prinsipiga asosan o'quv fani mazmunida munozarali materiallar 
berilmasligi keral. 
Ilmiy salmog'ining yuqori bo'lish prinsipi. O'quv predmetida umum 
tomonidan tan olingan bilimlar berilishi kerak, masalan, energiyaning 
saqlallish qonuni va bir turdan ikkinchi turga o'tish qonuni, davriylik 
qonuni hamma tomonidan tan olingan. 
O'quvchilarning yosh xususiyatlariga b’limlarning mos kelish prinsipi. 
Masalan, 7-sinfda atom yadrosi tuzilishining berilishi noto'g'ri. 8-sinfda 


gidroksidlar xossalari, elementning oksidlanish darajasi va markaziy 
atomning radiusiga bog'liqligi qonuniyatlarining berilishi o'zini 
oqlamadi, o'quvchilar bu mavzuni yaxshi o'zlashtira olmadilar. Shuning 
uchun bu masala darslikdan olib tashlandi. 
Maktablar sharoitiga moslik prinsipi. Maktablarda keyingi 5-6 yil 
davomida qimmatbaho asboblar va reaktivlar olish imkoniyati bo'lmasa, 
ular yordamida bajariladigan tajribalar dasturda berilmasligi kerak. 
Kimyoviy birliklarning jahon andozalari talablariga moslik prinsipi. 
Ilgari qo'llanilgan gramm-atom, gramm-molekula, gramm-ion, gramm-
ekvivalent tushunchalari dunyo standartlaridan olib tashlangan va ular 
o'rniga mol tushunchasi kiritilgan. Kimyo darsligini yozishda xalqaro 
birliklardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 



Yüklə 80,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin