Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 
ﺎًّﻴِﻀْﻘَﻣ
 
ﺎًﻤْﺘَﺣ
 
َﻚِّﺑَر
 
ﻰَﻠَﻋ
 
َنﺎَآ
 
ﺎَهُدِراَو
 
ﻻِإ
 
ْﻢُﻜْﻨِﻣ
 
ْنِإَو
)
٧١
(
 
ُرَﺬَﻧَو
 
اْﻮَﻘﱠﺗا
 
َﻦﻳِﺬﱠﻟا
 
ﻲِّﺠَﻨُﻧ
 
ﱠﻢُﺛ
 
ﺎًّﻴِﺜِﺟ
 
ﺎَﻬﻴِﻓ
 
َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا
)
٧٢
(
 
"Sizlardan har biringiz unga 
(jahannamga) 
tushguvchidirsiz. 
(Bu)
 Parvardigoringiz 
(amriga 
binoan) 
vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvoli zotlarni 
(undan) 
qutqarurmiz va zolim kimsalarni 
tiz cho‘kkan hollarida 
(jahannamda) 
qoldirurmiz" 
(Maryam surasi, 71-72).
Shuning uchun salaflar 
to‘la qo‘rqinch bilan: "Qo‘rqamiz, chunki ishonchimiz komilki biz do‘zaxga tushguvchimiz, bizga najot 
bo‘larmikan?" der edilar. 
Hasan Basriy shunday kishi haqidagi bir xabarni rivoyat qiladi: "Bir kishi ming yil jahannamda 
yonib, keyin undan: "Yo Hannon, yo Mannon" deb chiqarkan. Koshki edi men o‘sha kishi bo‘lsam" 
(Imom Ahmad rivoyati). 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
31
Bilgilki, xabarlarda kelishicha, do‘zaxni eng oxirgi tark etuvchi kishi yetti ming yildan so‘ng 
jahannamdan chiqadi. Do‘zaxda bo‘lish muddati xususidagi ixtilof eng kami bir lahzadan tortib, to yetti 
miig yil orasidagi farqlardan iborat. Ba’zilar hatto jahannamda chaqmoq chaqqanchalik muddat 
turmaydi. Bir lahza bilan yetti ming yil orasidagi darajalar tafovutli bo‘lib, ular bir kun, hafta, oy va 
hokazo muddatlarpi o‘z ichiga oladi. Azobning yuqori darajasiga chegara yo‘q. Quyi darajasi hisob 
paytida savolga tutilmoqdir. Xuddi podshoh ba’zan amalda qosirlik qilganlarni so‘roqqa tutish bilan 
azoblab, so‘ngra afv etgani kabi. Ba’zan gunohkor kaltak bilan savalanib, jazolanishi mumkin. Xullas, 
jazoga qarab azobning turlari ham ko‘p. Demak, azoblar muddatining uzun yo qisqaligi, shiddatining 
og‘ir yo yentilligidan tashqari, navlari bilan ham farqlanadi. Darhaqiqat, molini musodara qilish bilan 
azobga tor
til
gan kishi molini olib qo‘yish, farzandini o‘ldirish. yaqinlarini qiynoqqa solish, urish, tilini, 
qo‘lini, burnini, qulog‘ini kesish kabi azoblarga tortllgan kishiga o‘xshamaydi. Shar’iy dalillarga ko‘ra, 
oxiratda ham azobning turlari xilma-xil bo‘ladi. Iymonning quvvatli va zaifligiga, toat va gunohlarning 
ozu ko‘pligiga qarab, oxirat azoblari farqlanadi. Azobning ko‘pligi va qattiqligi gunohning ko‘pligi va 
qabihligiga, azobning xilma-xilligi esa, gunohlarning xilma-xilligiga bog‘liq. Ichi iymon nuri bilan 
yorishgan qalb ahliga bu ma’nolar kunday ravshan: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin