Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 
ُﻩُﺮْﻣَأ
 
ﺎَﻤﱠﻧِإ
)
٨٢
(
 
"Biror narsani 
(yaratishni) 
iroda qilgan vaqtida Uning ishi faqatgina "Bo‘l", demoqligidir. 
Bas, u 
(narsa)
 bo‘lur — vujudga kelur" 
(Yosin surasi, 82). 
Endi mavzuga qaytsak, maqsadimiz — oxiratdagi darajalarning dunyoda qilingan yaxshilik va 
yomonliklarga qarab taqsimlanishini ta’riflash. Albatta bu ish ham faqat masallar vositasida amalga 
oshishi mumkin. 
Odamlar oxiratda bir necha toifaga bo‘linadilar. Xuddi dunyoda baxt va baxtsizlik farqlangani 
kabi oxirat saodatining darajalari va shaqovatining tabaqalarida ham sonsiz tafovutlar mavjud. Ayni 
shu jihatdan bu dunyo oxiratga o‘xshab ketadi. Chunki, mulk olamining ham, malakut olamining ham 
boshqaruvchisi bitta, yagona zotdir. U zotning azaliy irodasidan kelib chiquvchi qonuni o‘zgarmasdir. 
Odamlar oxiratda zaruriy ravishda to‘rt qismga ajraladilar: 
— halok bo‘luvchilar; 
— azobga duchor bo‘lganlar;
— najot topganlar;
— zafar quchganlar. 
Buning dunyodagi misoli shunday: Bir podshoh qaysidir o‘lkani zabt etar ekan, xalqining ba’zisini 
o‘ldiradi. Ular halok bo‘luvchilardir. Ba’zisini o‘ldirmasdan, biror muddat iskanjaga olib turadi. Ular 
azobga duchor bo‘lganlardir. Ayrimlari ozod qo‘yib yuboriladi. Ular najot topganlardir. Ayrimlari 
taqdirlanadilar, ular zafar quchganlardir. 
Agar podshoh odil bo‘lsa, mana shu taqsimotni munosib va muvofiqlik ila amalga oshiradi. 
Shohlikka mustahiqligini inkor etuvchilarni, davlatning asosiga qarshi chiquvchilarnigina o‘ldiradi. Kim 
podshohning saltanatini, uning makomi ulug‘ligini e’tirof etgani holda, xizmatida qosirlik qilsa, 
jazolanadi. Kim shohlik martabasini e’tirof etib, taqdirlanadigan darajada bo‘lmasa ham, jazoga 
tortilmaydigan darajada xizmat qilsa, ozod qo‘yiladi. Kim butun umrini shohning xizmatiga bag‘ishlab, 
ko‘makka tayor tursa, u taqdirlanadi, zafar quchuvchilar jumlasidan bo‘ladi. Halok bo‘luvchilarning 
jazolanishida ham tafovut bor, kimlarningdir boshi kesilsa, kimlardir itoatsizligining darajasiga qarab, 
musla qilinadi (a’zolar kesiladi). Jazolanuvchilarning yengil yo qattiq, uzoq muddatli yo qisqa va 
boshqa tur jazolar bilan azobga duchor etilishi isyonlari darajasiga ko‘ra belgilanadi. 
Xullas, rutbalar behisob darajalarga bo‘linadi, ularni sanab chiqishning imkoni yo‘q. 
Oxiratda ham odamlar ushbu misoldagidek farqlanadilar. Kimdir halok bo‘ladi, kimdir bir muddat 
azoblanadi. Yana kimdir tinchlik diyorida najot topadi va kimdir zafar quchadi. Zafar quchuvchilar 
"jannatu adn" yo "jannatul ma’vo" yoki "jannatul firdavs"da qo‘nim topuvchi sinflarga ajraladilar. 
Azobga duchor bo‘luvchilar 

ozgina yo ming yil yoki yetti ming yil azoblanuvchi guruhlarga 
bo‘linadilar, Xabarda vorid bo‘lishiga ko‘ra, ular do‘zaxdan eng oxirda chiquvchi kishilardir. 
Do‘zaxning pastlab boruvchi tabaqalaridagi tafovut ham toat va ma’siyatning xillariga qarab 
farqlanadi. 
Keling, bu tabaqalarning toat va ma’siyatlariga ko‘ra taqsimlanishiga bir nazar solaylik. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin