َنﻮُﻤِﻟﺎَﻌْﻟا ﻻِإ ﺎَﻬُﻠِﻘْﻌَﻳ ﺎَﻣَو ِسﺎﱠﻨﻠِﻟ ﺎَﻬُﺑِﺮْﻀَﻧ ُلﺎَﺜْﻣﻷا َﻚْﻠِﺗَو ) ٤٣ ( "Biz ushbu masallarni odamlar (ibrat olsinlar)
uchun ayturmiz. (Lekin)
ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar" (Ankabut surasi, 43).
Oxiratga nisbatan uyqu hisoblangan bu dunyoda payg‘ambarlar odamlarga yuzlanib, asl
ma’nolarni zarbulmasallar vositasida yetkazdilar. Keltirilgan misollar Alloh taoloning hikmati va
bandasiga lutfi sifatida fahmlarda jonlanadi, bandaning idroki ojizlik qiladigan o‘rinlarda yordamga
kelib, ilg‘ash va anglashni osonlashtiradi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: "Qiyomatda o‘lim ko‘zlariga oq tushgan qo‘y suratida
keltiriladi..." degan so‘zlari bir misoldir. Oxirat azoblaridan o‘lib qutilib bo‘lmaydi. Chuiki u yoqda
o‘limning o‘zi yo‘q, Shunday ekan, oxiratda azobdan xalos bo‘lish uchun o‘limga umid bog‘lash
befoyda. Hadisdan misol mana shu ma’noni yetkazish uchun keltirilgan. Qalb shunday misollardan
ta’sirlanishga moyil qilib yaratilgan. Shunday misollar vositasidagina ma’gyular qalbga mustahkam
o‘rnashadi. Qur’oni karimda qudratning eng so‘ng chegarasi shunday ifodalangan: