Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
30
"Ayting: Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir"
(Isro surasi, 85). Amru farmon
sohibi va xaqiqiy podshoh bo‘lmish Alloh taolo shunday tartib o‘rnatdi:
amr-farmon olami maxluqot
olamiga ammrdir. Qalb latifdir. Agar u solih bo‘lsa, qolgan barcha a’zolar isloh topadi. Kimki qalbni
tanisa,
shubhasiz, nafsini taniydi. Nafsini tanigan, albatta, Rabbini taniydi. Rabbini tanigan bandagina
ma’no ichiga yashirin xush bo‘ylardan bahramand bo‘la oladi. Bu xushbo‘ylar
Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning: "Albatta, Alloh odamni o‘z suratida yaratdi", degan so‘zlaridan ham anqib turibdi.
Bu hadis talqinida kimdir lafzlarning zohiriga suyanadi, kimdir ularning ta’vilida mustaqil yo‘l tutadi.
Nima bo‘lgandayam, Alloh taolo bu ikkala toifaga ham rahmat nazari bilan qaraydi. Ammo ta’vilda
mustaqil yo‘l tutganlarga nisbatan zohir lafzga suyanuvchilarga Allohning rahmati ko‘proqdir.
Chunki
rahmat musibatning miqdoriga ko‘ra bo‘ladi. Garchi bu ikki toifa ham mohiyatni anglashdan
mahrumlikda barobar musibatlangan bo‘lsa-da, zohir lafzga suyanuvchilarning musibati ko‘proqdir.
Ha, buyuk fazl egasi bo‘lgan Alloh taolo o‘zi xohlagan kishiga fazl ko‘rsatadi, o‘zi
xohlagan
bandasiga hikmat ato etadi:
Dostları ilə paylaş: