O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z


«Diagrammalar ustasi»dan foydalanish



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/197
tarix11.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#153618
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

«Diagrammalar ustasi»dan foydalanish 
Diagrammalar ustasini ishga tushirish uchun Стандартная 
uskunalar panelida joylashgan Й piktogrammadan foydalanish yoki 
Вставка =>Диаграмма buyrug'ini bajarish kerak (Excel 2007 da 
Вставка 
buyrug'i 
orqali 
diagrammalarning 
turi 
tanlanadi). 
Diagrammalar ustasi "to'rtta qadam"dan iborat. Unda barcha muloqot 
oynalariga tegishli tugmalarning majmui (СправкаЭ1, Отмена, <Назад, 
Далее>, Готово) joylashgan. Справка tugmasi orqali diagramma 
yaratishning ixtiyoriy «qadami»dan yordam olish mumkin. Отмена 
tugmasi «Diagrammalar ustasi»da o'rnatilgan barcha kattaliklarni bekor 
qiladi va diagramma yaratish jarayonini to'xtatadi, shu bois muloqot 
oynasi yopiladi. <Назад, Далее> tugmalari bir muloqot oynasidan 
oldingi yoki keyingi oynaga o'tishga mo'ljallangan. 
Agar biror qadamda Готово tugmasi bosilsa, o'rnatilgan kattaliklar 
bo'yicha diagramma yaratiladi. Birinchi qadamda diagramma uchun 
kerakli yacheyka diapazonlari belgilanmasdan bu tugmasi bosilsa, bo'sh 
diagramma hosil bo'ladi.Bu muloqot oynasida Стандартные va 
Нестандартные nomli ilova oynalari mavjud. Diagrammalar standart 
turlarining nomlari va mos turostilarining soni 1-jadvalda keltirilgan. 
Kerakli diagramma 
Тип
nomli ro'yxatdan, uning turostisi esa 
Вид
nomli ro'yxatdan tanlanadi. Вид nomli ro'yxat ostida esa tanlangan 
diagramma bo'yicha qisqa ma'lumot berilgan. 
Diagrammalar ustasini ishga tushirishdan oldin diagramma yasash 
uchun kerak bo'luvchi ma'lumotlar joylashgan yacheykalarni ajratib 
olish zarur. Agar biror sababga ko'ra ma'lumotlar belgilanmagan bo'lsa, 
foydalanuvchi ikkinchi muloqot oynasi faollashganda belgilash amalini 
bajarishi kerak. 
Diagrammalar ustasining birinchi qadamidayoq hosil bo'layotgan 
diagrammaning 
shaklini 
ko'rish 
mumkin. 
Buning 
uchun 
Просмотррезультата tugmasiga sichqonchaning ko'rsatkichi keltiriladi 
va uning chap tugmasi bosib turiladi. Tugmani bosish to'xtatilishi bilan 
diagramma shaklini aks ettiruvchi oyna yopiladi. Bu oyna Образец deb 


nomlanib, Вид nomli oyna o'rnigajoylashadi. Agar yacheykalar 
ajratilmagan bo'lsa, bo'sh oyna hosil bo'ladi. 
Birinchi qadamdagi amallar bajarilgandan keyin Далее tugmasini 
bosib, ikkinchi qadamga o'tiladi. 
Diagrammalar ustasining ikkinchi qadami. Bu qadamda, odatda 
Диапазоныданных va Ряд nomli ilova oynalarining birinchisi 
faollashadi. Diagrammalar ustasi ma'lumotlar diapazonini, ya'ni 
shakllantirilayotgan diagramma uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar 
joylashgan yacheykalarni ajratishni so'raydi (7-rasm). 

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin