19-rasm. Me'yor bilan beriladigan diagramma.
Bu turdagi diagrammalarda tahlil qilinayotgan qiymatlarning bir-
biriga nisbatini taqqoslash mumkin.
Chiziqli diagrammalar. Chiziqli diagrammalarning olti turi mavjud
bo'lib, ular gorizontal joylashgan ustunlar shaklida bo'ladi (20-rasm). Bu
diagrammalar
bir
nechta
ma'lumotlar
qatoridagi
qiymatlarni
taqqoslashga mo'ljallangan. Gistogramma va chiziqli diagrammalar
o'xshash bo'lib, ular faqat ustunlariningjoylashishiga ko'ra o'zaro farq
qiladi.
Grafik
shaklidagi
diagrammalar.
Grafik
shaklidagi
diagrammalardan (ularning etti turi mavjud) odatda qatordagi
qiymatlarning o'zgarish dinamikasini tasvirlashda foydalaniladi (21-
rasm). Ular vaqt bo'yicha o'zgarishlarni aks ettirishda juda qo'l keladi.
200
21-rasm. Markerli grafik shaklidagi diagramma.
Doira shaklidagi diagrammalar. Doira shaklidagi diagrammalar
ma'lumotlarni qismlarga ajratib tasvirlashda juda qulay bo'lib, uning olti
turi mavjud (22-rasm). Ma'lumotlar doira shaklida, qismlarga ajratilgan
yoki ajratilmagan va turli ranglarga bo'yalgan holda aks etadi.
22-rasm. Bo'laklarga ajratilgan doira shaklidagi diagramma.
Doira shaklidagi diagrammalar har qanday ma'lumotlar qatoridagi
elementlarning ham absolyut qiymatini, ham uning umumiy yig'indiga
qo'shgan hissasini ko'rsatadi yoki diagrammada umuman bunday
ma'lumotlar ko'rsatilmasligi mumkin. Bunday diagrammada faqat bitta
ma'lumotlar qatori taqdim etiladi.
Nuqtali
diagrammalar.
Microsoft
Excel
dasturidagi
aksariyat
diagrammalarda qiymatlar biro'q bo'ylab, nomlar esa ikkinchi o'q
bo'ylab joylashtiriladi. Nuqtali diagrammalarda esa ikkala o'q bo'ylab
ham qiymatlarjoylashtiriladi (23-rasm).
|