31-rasm. Piramida shaklidagi diagramma. Nostandart diagrammalar Nostandart diagrammalar standart diagrammalardan farqli o'laroq,
bittadan turga ega va ular asosan standart diagrammalarning bir
ko'rinishi hisoblanadi. Bunday diagrammalar ma'lumotlarni tasvirlash
uchun juda qulay va ko'rinishlari chiroylidir.
Excel dasturida nostandart diagrammalarning quyidagi turlari mavjud:
sohali bloklar (Блоки с областями);
bo'limlarga ajratilgan (Вырезанные сектора);
gistogramma/soha (Гистограмма/области);
silliq grafiklar (Гладкие графики);
ko'k doira (Голубая круговая);
grafik/gistogramma;
205
grafik/gistogramma 2;
grafiklar (2o'q) (Графики (2 оси));
yog'och shaklli (Деревянная);
konuslar;
logarifmik;
bug'lanuvchi to'sin (Парящиебруски);
naychali (Трубчатая);
rangli grafika (Цветныеграфики);
rangli ustunlar (Цветныестолбцы);
oq-qora gistogramma (ЧБгистограммы);
oq-qora grafik va vaqt (ЧБграфикивремя);
oq-qora doira (ЧБ круговая);
oq-qora sohali (ЧБ с областями);
enli gistogramma (Широкая гистограмма).
Sohali bloklar shaklidagi diagramma. Bunday diagrammalardan
ma'lumotlarni taqqoslash uchun foydalanish mumkin, masalan, ikki
yilda sodir etilganjinoyatlarning soni (32-rasm).
32-rasm. Ikki yilda sodir etilgan jinoyatlar taqqoslangan sohali bloklardiagrammasi. Bo'limlarga ajratilgan diagramma. Bo'limlarga ajratilgan diagram-
malar standart diagrammalarning doira shaklidagi bir ko'rinishidir (33-
rasm). Bunday diagrammalar bitta ustunda keltirilgan ma'lumotlarni
tasvirlash uchun qulaydir.
206
33-rasm. Bo'limlarga ajratilgan diagrammaning ko'rinishi.
Gistogramma/soha turidagi diagramma. Gistogramma va soha turidagi
diagrammada ma'lumotlar ustunlar shaklida tasvirlanib, ularning
o'zgarish sohasi ham ko'rsatiladi (34-rasm).