202
25-rasm. Ajratilgan halqasimon diagramma.
Halqasimon diagrammaning ikki turi mavjud bo'lib, ma'lumotlar
birida ajratilgan, ikkinchisida esa ajratilmagan holda aks etadi. Doira va
halqa shakllaridagi diagrammalarning boshqa diagrammalardan farqi
shuki, ularda jadvaldagi sonlarning qiymatlari, qatorlar nomlari yoki
qiymatlar umumiy qiymatining necha foizini tashkil etishini aks ettirish
mumkin.
Bargsimon diagrammalar. Bargsimon diagrammaning uchta turi
mavjud. Bunday diagrammada har bir nuqtaning qiymati uning
markaziy nuqtagacha bo'lgan masofasiga ko'ra aniqlanadi (26-rasm).
Radiusning burchagi nuqtaning ma'lumotlar qatorida joylashishini
belgilaydi. Ma'lumotlar bir necha qatorda joylashgan bo'lishi mumkin,
diagramma ularning har biri uchun alohida koordinata o'qiga ega bo'ladi.
26-rasmda bir qatorda joylashgan ma'lumotlardan foydalanilgan.
Bunday diagrammalardan turli ishorali ma'lumotlarni aks ettirishda yoki
ularni taqqoslashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: