O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z


Mavzu-10. Xalqaro tarmoq. Internet tarmog’i va qidiruv



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/197
tarix11.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#153618
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

 
Mavzu-10. Xalqaro tarmoq. Internet tarmog’i va qidiruv 
tizimlarida mutaxassilikka doir ma’lumotlarni izlash, saqlash va 
foydalanish texnologoiyalari. 
 
Reja: 
1.
 
Xalqaro kompyuter tarmoqlari. 
2.
 
Internet tarmog’i va qidiruv tizimlarida mutaxassilikka doir 
ma’lumotlarni izlash, saqlash va foydalanish texnologoiyalari. 
 
10.1. Xalqaro kompyuter tarmoqlari. 
Umumiy xolatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar 
ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan 
kompyuterlarni 
ulashga 
ruxsat 
beriladi. 
Aloqa 
tarmoqchasi 
ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. 


268 
Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stansiyalar deb 
yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai 
serverlar deb yuritiladi. Serverlar tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish 
uchun, axborotni dasturiy ta'minot yordamida vazifalarni bajaruvchi 
kompyuterlardir. Bu uzellar aloqa tarmog’ining ishlash samaradorligini 
ta'minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli xisoblanadi va global 
tarmoqda qo’llaniladi. 
Internet tarmog’i turli tiplardagi o’n millionlab kompyuterlarni 
turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyugerlardan tortib to katta 
va o’ta katta EHM — meynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-
xil mashinalarning bir-biri bilan umumiy muloqot tilini topish juda 
murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan 
kompyuterlarning muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish bilan 
hol etiladi. 
Internet tarmog’i lavhasining strukturasi: 
Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil etadi: 
— Internet Protocol (IP) — tarmoqlararo bayonnoma, ISO 
modelining tarmoqli darajasi vazifasini bajaradi; 
— Tgansmission Control Protocol (TCP) — uzatishni 
boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi 
vazifasini bajaradi. 
IP 
bayonnomasi 
axborotlarni 
elektron 
paketlarga 
(IP 
deytagramma) bo’lib chiqishni tashkil etadi, yuboriladigan paketlarni 
marshrutlaydi va olinadiganlarini qayta ishlaydi. 
TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u 
ma’lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha 
ma’lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini 
kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi 
mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP — 
User Datagram Protocol) oddiyroq va ma’lumotlarni masuliyatsiz 
jo’natishlarda ishlatiladi. 
Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi 
quyidagicha bo’ladi. 
Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir 
formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga 
ajratadi, olingan axborotlarning to’liqligini tekshirish mumkin bo’lishi 
uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi. 
Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta 
xizmatiga o’xshashdir: 


269 
• Oddiy pochta bo’yicha jo’natiladigan yozma axborotlar 
(xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jo’natuvchining va oluvchining 
adreslari bo’lishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat 
qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va elektron paketlarga joylaydi 
hamda ularni optimal yo’l bilan bir kompyuterdan boshqasiga uzatadi. 
Bu elektron axborot paketlarida pochtadagilarga o’xshash standart 
joylashtirish bor: ma’lumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, 
u konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining 
maxsus belgilaridan shakllantiriladi, konvertda esa jo’natuvchining va 
oluvchining adreslari (IP-adres deb ataladi) ko’rsatiladi. Bunday kodli 
konvert axborotning butunligini ta’minlaydi va uning tarmoqdagi yo’l 
ko’rsatuvchisi bo’lib xizmat qiladi. 
• Xat jo’natilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida 
bo’ladi. Har bir pochta bo’linmasi oluvchining adresini o’qiydi, boshqa 
qaysi pochta bo’linmalari orqali xatni optimal usul bilan oluvchiga 
jo’natish kerakligini aniqlaydi va keyingi tanlangan aloqa bo’linmasiga 
xatni jo’natadi. Elektron paketlarni jo’natishning shunday algoritmi 
Internet tarmog’ida ham amalga oshirilgan. Pochta bo’linmalari 
vazifasini tarmoq uchastkalarini o’zaro birlashtiruvchi marshrutlovchilar 
bajaradi. 
Elektron paketlar standart o’lchamga ega: bitga uzun axborot bir 
nechta paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga bir 
nechta qisqa axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bo’lsa, 
joylashishi mumkin. Har bir paket boshqa barcha paketlarga bog’liq 
bo’lmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal marshrut bo’yicha oluvchiga 
etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, o’zaro aloqador paketlar va bir 
kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil yo’llar bilan 
uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning umuman turli 
qismlariga 
yuborilayotgan 
paketlar 
uzatilishi 
mumkin. 
Bu 
telekommunikatsiya tizimining resurslarini juda samarali ishlatishga va 
uning shikastlangan uchastkalarini chetlab o`tishga imkon beradi. 
Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati 
tekshiriladi (ma’lumotlarni uzatishda buzulishlar bo’lmadimikan), bitta 
uzun axborotli barcha paketlar birga yig’adi, bu axborotli barcha 
paketlarning borligi tekshiriladi va ishonchli bo’lsagina, ular umumiy 
axborotga birlashtiriladi. Agar ma’lumot paketi yo’qolgan yoki buzilgan 
bo’lsa, uning nusxasi so’raladi. Axborot barcha buzilmagan paketlar 
olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish ketma-ketligi 
ahamiyatga ega emas. 


270 
IP 
va 
TCP 
bayonnomalari 
shunchalik 
chambarchas 
bog’langanki,
cha ularni bitta nom ostida keltiriladi — TCP/IP bayonnomalari. 
Bu 
bayonnomalar 
asosida 
ko’pgina tarmoqli 
servis 
bayonnomalari ishlab chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni 
ta’kidlash kerak: 
• 

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin