55
Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish usullari.
Kompyuter viruslari bugungi kunda ko‘pchilikning
eng dolzarb
muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda. Virus dasturi
kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o‘chirishga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab
chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy
kompyuterlar keng
tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini
hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin
keyinchalik ular zarar yetkazishni o‘zining maqsadi sifatida qabul qilib
oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000
dan ortiq virus
dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo‘lib, kompyuterdagi
ma'lumotlarga
zarar
etkazadi
yoki
kompyuterning
ishlash
samaradorligini tushirib yuboradi.
Kompyuter virusi o‘zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va
boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g‘arazli maqsadlarda
yozilgan dastur.
Ular odatda, ko‘p martalab nusxalanadi va ijrochi
fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh
displeyda turli yot yozuvlar paydo bo‘lishi,
goh disqdagi yozuvlar
(fayllar) ni o‘chirib yuborishi mumkin.
Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum
bo‘lishi mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora
juma), Friday 13 (o‘n uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va
hokazo. Mazkur viruslar ekranning chap burchagidan qora teshik ochishi
yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni yo‘qotishi, bundan
tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy
sekinlashtirib yuborishi mumkin.
Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi
viruslar guruhi ajoyib
xossaga ega. Zararlangan dasturni ko‘rish chog‘ida virus dasturi
tuzatilgan dastur ichiga "suqilib" kirib oladi va o‘zini namoyon etmaydi.
Shunga o‘xshash pokistoncha viruslar (Brain Ashet) ham zararlangan
kompyuterlarda o‘z "faoliyatini" ayyorlarcha olib boradi.
Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
-fayllar uchun (COM, EXE va DLL ni zararlaydi);
56
-Boot-viruslar (disketlarni boshlang‘ich
yuklovchi sektorlari yoki
MBR (Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini
zararlaydi. Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud.
Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi
abonentlarni
zararlaydi. Ulardan eng "taniqlisi" Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu
virus Internet tarmog‘idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar
keltirib, "karomat" ko‘rsatgan.
Dostları ilə paylaş: