O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti aminov I. B., Bustanov X. A., Raximov S. Z


Virusdan himoyalanish usullarini qo‘llash



Yüklə 15,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/197
tarix11.10.2023
ölçüsü15,41 Mb.
#153618
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   197
b45f8bb901485cba334ec72b5fe007cd AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Virusdan himoyalanish usullarini qo‘llash
"Virus-himoya vositalari" muammosi xuddi "hujum quroli - 
himoya quroli" muammosiga o‘xshaydi. Himoya vositalari ko‘paygan 


60 
sari 
hujum 
vositalari 
ham 
takomil-lashib, 
uni 
ishlatuvchilar 
rag‘batlantirilmokda. Nachora, hayot shunday kurashdan iborat. Shuning 
uchun aytish darkorki, kompyuter viruslari hali ko‘p vaqt dolzarb 
muammo bo‘lib qolaveradi, har ikki tomon ham rivojlana beradi. 
Himoyalanishning asosiy texnologik sxemasi. Himoyalanishning 
bunday sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat: 
- yangi dasturiy mahsulotning dastlabki nazorati; 
- qattiq diskni bir necha mantiqiy disklarga ajratish; 
- rezident revizor (taftishchi) dasturlar bilan davriy ravishda
axborot butligini tekshirib turish; 
- arxivlashtirish. 
Yangi kiritilayotgan dasturiy ta'minotni nazorat qilish: Birinchi va 
juda zarur himoya kiritilayotgan dastur va disketalarni nazorat qilishdir. 
Go‘yoki, samolyotning muvaffaqiyatli parvoz qilishi uchun passajirlar 
batafsil tekshirilganidek, kompyuterda kiruvchi axborotlarni batafsil 
tekshirish viruslar yuqishining oldini oladi. Har qanday "firma" 
disketalariga ham ishonaverish kerak emas.
Ko‘pchilik mashhur fayl va boot-viruslar mavjudligini kirish 
nazoratining o‘zidayoq aniqlash mumkin. Bu jarayon bor-yo‘g‘i bir 
necha daqiqani oladi, xolos. Aks holda ko‘p vaqt axborotlarni 
viruslardan tozalashga ketib qoladi. Kirish nazoratini bir nechta marta 
saralab, maxsus tanlab olingan detektor va fagalardan o‘tkazgan ma'qul. 
Biz quyidagilarni tavsiya etamiz. SCAN, AIDSTEST, DOCTOR, AV, 
TP48CLS. Fagalarni detektor rejimida ishlatish zarur. 
Karantin rejimi:
Agar dasturiy ta'minot "begona qo‘ldan" 
olingan yoki yot tashkilotlardan kelgan bo‘lsa, mazkur dasturlarni 
ishlatishda "karantin muddati"ni belgilash foydali. Bunda har bir dastur 
uchun qat'iy sinov muddatini joriy etish zarur. Bu muddat oy, haftaning 
kunlari bo‘lishi mumkin.
Nega? Chunki, biz yuqorida ayganimizdek, ba'zi bir viruslar 
ma'lum oy yoki aynan oyning bir kunida o‘z "hunarini" ko‘rsatadi. 
Zararlangan dasturlardan tashqari, ba'zida "singan" himoyadagi dasturlar 
ham xavf tug‘diradi (ular ko‘proq ofis va o‘yin dasturlarida uchraydi). 


61 
Gap shundaki, dasturning himoyasini olish viruslar faoliyatini 
kuchaytirib yuboradi. Ayniqsa, "troya" viruslari faollashadi.
Masalan, Ukrainaning Donesk shahrida noqonuniy nusxalangan 
Formula o‘yinlari davriy ravishda SMOS-xotirani o‘chirib tashladi.

Yüklə 15,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin