62
- internet tarmog‘idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida;
- elektron-pochta orqali;
- lokal tarmoq orqali;
- noqonuniy ko‘chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish
oqibatida;
Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular
salbiy ta'siri bo‘yicha bir nechta guruhga bo‘linadi:
Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, kompyuterning
ishlashi sekinlashtiradi.
Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o‘zgartirib
turadi va
ularni topish ancha murakkab.
Ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritadigan viruslar.
Ma'lumotlarni o‘chiradigan viruslar.
Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet
tarmog‘i orqali virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar.
Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya etish uchun
antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan. Antivirus dasturlar AQSh, Kanada,
Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqarilmokda.
Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo‘linadi:
rezident antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o‘chirilguncha qadar
operativ xotira, aktiv (joriy)
dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib
turadi. Rezident antivirus dasturi o‘zining ishini foydalanuvchiga
bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda foydalanuvchidan virusi
mavjud faylni davolashga ruxsat so‘raydi. Norezident antivirus dasturlar
esa faqat foydalanuvchining o‘zi ko‘rsatgan
joylarni va belgilangan
vaqtda tekshiradi va davolaydi. Hozirgi kunda quyidagi antivirus
dasturlar keng tarqalgan:
DrWeb for DOS;
DrWeb for Windows;
Antiviral Tool Kit Pro;
AVP Platinium;
Norton Antivirus;
McAfee;
Aidstest;
63
Doctor Web, AVP, Aidstest antivirus dasturlari Rossiyaning
"Kasperskiy" laboratoriyasi tomonidan
ishlab chiqarilgan va u MDH
davlatlarida ko‘p uchraydigan viruslardan xabari bor. Norton Antivirus
mashhur Symantec firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, u topa
oladigan viruslar soni 100000 dan ortiq. AVP dasturi virusdan
himoyalaydigan eng ishonchli antivirus dasturi hisoblanadi. DrWeb
dasturining rezident tekshiruv dasturi
Spider - Windows rejimida
tekshiruvni olib boradi. Bitta kompyuterda bir nechta turdagi antivirus
dasturlar o‘rnatmagan ma'qul, chunki ularning virusni topish usullari
(algoritmlari) har xil hamda ular ham ?zlarini viruslar kabi tutadilar va
bu holda ular o‘zaro "kelisha olmay qolishlari" mumkin.
Dostları ilə paylaş: