74
o‘ng tomonida joylashgan tugmasini bosib oynani kichraytiring.
3.
“Мой компьютер”, “Корзина”, “Сетевое окружение” papkalarini
ham shu tarzda oching.
4.
Oynalarning o‘lchamlarini yanada kichraytirish
uchun sichqoncha
kursorini oynaning chegarasiga olib boring. Sichqoncha kursorining
ko‘rinishi ↔ ikki tomonlama strelka holatiga kelganda sichqonchaning
chap tugmasini bosib turgan holda chap yoki o‘ng
tomonga
harakatlantiring. Kerakli o‘lchamni olganingizdan keyin sichqoncha
tugmasini qo‘yib yuboring.
5.
Barcha oynalarning o‘lchamini xuddi shu tarzda to‘g‘rilab oling.
6.
Oynalarni joydan-joyga ko‘chirish uchun sichqoncha kursorini
oynaning sarlavha qatoriga olib borib chap tugmasini bosib turgan holda
kerakli joyga olib keling va sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboring.
7.
Barcha oynalarni xuddi shu tarzda ekraning to‘rt
burchagiga
joylashtiring.
8.
«Мои документы” oynasidan tashqari barcha oynalarni yoping .
9.
Sichqoncha kursorini «Мои документы” papkasining menyusida
«Файл” so‘zi ustiga olib keling va chap tugmasini bosing.
10.
Ochilgan menyudan «Создать” bandiga sichqoncha kursorini olib
borib chap tugmasini bosing.
11.
Keyingi menyudan “Папкы” bandini
tanlang va chap tugmani
bosing.
12.
Ekranga “Novaya papka” nomli yangi papka chiqadi. Novaya
papka yozuvi ko‘k rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Demak sichqoncha kursori
shu so‘z ustida turibdi degani.
13.
Klaviatura yordamida o‘z ismingizni tering va Enter tugmasini
bosing.
14.
Sichqoncha kursorini kerakli fayl ustiga
olib kelib chap tugmasini
bir marta bosing. Fayl belgilanadi.
15.
Klaviaturadan Shift (
) tugmasini bosib turgan holda sichqoncha
tugmasini belgilangan fayldan keyingi beshinchi fayl ustida bir marta
bosing. Beshta fayl belgilanadi.
16.
Menyuning Правка bandida sichqonchaning
chap tugmasini bir
marta bosing.
17.
Ochilgan menyudan Копировать bandida sichqonchaning chap
tugmasini bosing. (Keyinchalik “sichqoncha chap tugmasini bosing”
so‘zlari o‘rniga “tanlang” deb yuritamiz)
18.
O‘zingiz yaratgan yangi papkani oching.
Dostları ilə paylaş: