84
televizor kiradi. Ota-onalar kompyuterni televizorga nisbatan eng
avvalo — ta’lim vositasi deb biladilar. Shu sababli ham bola biror
yutuqqa erishishi uchun qiziqtiruvchi, rag‘batlantiruvchi vosita sifatida
mazkur qurilmalarni sovg‘a qilishni va’da qiladilar. Ta’limda
kompyuterning roli haqida gap ketganda, uni eng avvalo, bolalarning
intellektual rivojiga ta’sir etuvchi omil deb sanaydilar.
Biroq chet ellik
ayrim pedagog-olimlar va tibbiyot mutaxassislarining olib borgan
tadqiqotlariga ko‘ra maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi
bolalarga ushbu elektron axborot vositalari o‘zining salbiy ta’sirini ham
ko‘rsatishi, bu yoshda bolalar tarbiyasiga, ayniqsa, e’tiborli bo‘lish
zarurligini ta’kidlamoqdalar. Axir kichik yoshdagi bolalar bugungi
kunda atrofdagi voqelikka bo‘lgani kabi AKT va Internet taqdim
etayotgan imkoniyatlarga ham juda e’tiborli bo‘lib, tez ilg‘ab
olmoqdalar.
Bugungi kunda bolalar rivojiga kompyuter texnologiyalari
ta’sirining ko‘zga tashlanib turgan ayrim jihatlarini ko‘rib chiqaylik.
Oilalarda mediatexnologiyalardan qanchalik ko‘p foydalanilib borilishi
bilan
bolalarga bilim beruvchi, savodxonlikni o‘rgatishga yordam
beruvchi dasturlar soni ham ko‘payib bormoqda. Bundan tashqari,
Internet tarmog‘iga ulangan televideniye va kompyuter qurilmalari
bolalar uchun atrof-muhitni va hayotiy vaziyatlar bilan tanishib borishda
katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Haqiqatdan ham zamonaviy
ta’limiy muhit ko‘z oldimizda kompyuter texnologiyalarisiz shakllana
olmaydi. Bolalar bilimi va dunyoqarashini kengaytirisda Internetga
ulangan qurilmalar taqdim etadigan turli ta’limiy resurslar muhim
ahamiyatga molik. Kompyuter o‘yinlarining mazmunida fan bo‘yicha
ta’limiy materiallarning berilishi o‘qishida muammosi bo‘lgan bolalar
uchun juda foydali omil bo‘ladi. Kompyuterni maktabgacha tarbiya
muassasalari va umumiy ta’lim maktablari ta’lim tizimiga joriy
etayotgan tarbiyachi hamda o‘qituvchilar kompyuterni samarali
zamonaviy ta’limiy texnik vosita deb hisoblaydilar, uning yordamida
bolalar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ta’lim va tarbiya jarayonini
qiziqarli tarzda rang-barang mazmun bilan boyitish mumkin.
Ma’lumki, kompyuter qurilmasining o‘ziyoq bolani o‘ziga
qiziqtirib jalb etadi, bolani tezroq bilishga undaydi.
Kompyuterdan
foydalanib,
o‘tilgan har bir dars o‘quvchilarda emotsional
ko‘tarinkilikka, muvaffaqiyatga erishishga, topshiriqlarni bajarish uchun
intilishga majbur etadi. Biroq bola bilan ta’limiy maqsadlarda
85
kompyuterdan foydalanishda ko‘plab omillarni hisobga olish zarur
ekanligini unutmaslik lozimligi ta’kidlanmoqda.
Boshlang‘ich sinf bolalarida vizual - majoziy fikrlash ustunlik
qiladi. Ushbu yoshdagi bolalarning faoliyatini tashkil qilishda asosiy
printsip - bu ko‘rish printsipi. Turli xil tasviriy materiallardan
foydalanish, statik va dinamik bo‘lib, DOE o‘qituvchilariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘quv mashg‘ulotlari va bolalar bilan birgalikdagi tadbirlar
davomida o‘z maqsadlariga tezda erishishga imkon beradi.
Internet
resurslaridan foydalanish o‘quv jarayonini axborotga boy, qiziqarli va
qulay qilish imkonini beradi.
AKT bo‘yicha mashg‘ulotlar turlari:
1.
Dostları ilə paylaş: