1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv



Yüklə 273,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix11.10.2023
ölçüsü273,36 Kb.
#153623
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
2 mavzu

4.
 
O‘rta Osiyoda antik davr va ilk yer egaligi davlatlari. 
Mil. avv. III 
asrning o‘rtalarida mustaqil davlat sifatida tashkil topgan Parfiya davlati hozirgi 
Turkmaniston va Eronning bir qismini o‘z ichiga olgan. Bu davlatning birinchi 
hukmdori Arshak bo‘lib, u mil. avv. 247 yili taxtga o‘tirgan. Mil. avv. 235 yildan 
boshlab, Parfiya podsholari o‘z yerlari hududlarini kengaytirib bordilar. 
Ammo Parfiya davlatining ulkan imperiyaga aylanib xalqaro siyosat maydoniga 
chiqishi Mitridat I hukmronligi bilan bog‘liqdir. 
R. Murtazayeva 
rahbarligida, 
hammualliflar tomonidan yozilgan O‘zbekiston tarixi kitobida qayd qilinishicha, 
o‘ttiz besh yil (mil.avv. 171-137-yy.) hukmronlik qilgan bu podsho ko‘plab harbiy 
yurishlar qilgan. Uning hukmronlik davrida g‘arbga qilingan ko‘p yillik urushlar
ichki nizolar va


beqarorlik tufayli Salavkiylar davlati zayiflasha boshlagan edi. Bundan unumli 
foydalangan Mitridat I dastlab Ekbatanni, keyin esa Hindistonni bosib oldi. Mil.avv. 
141-yilda Bobil bo‘ysundirildi. Shu tariqa Mitridat I Parfiyani qudratli davlatga 
aylantirib, Arshakiylarning ko‘pgina erkinliklarini qayta tikladi. 
Shu tariqa milodning III asriga qadar Parfiya davlatiga Arshakiylar sulolasi 
hukmronlik qildi. Milodning 207-222-yillarida Parfiya davlati ikkiga bo‘linib ketadi 
(213-y.). Shu davrda Prafiyadan janubi sharqda yangi davlat-sosoniylar davlati 
tashkil topadi. Tez orada sosoniylar ulkan Parfiya saltanatini ag‘darib tashlaydilar. 
Shunday qilib, milodiy III asrning birinchi choragida sosoniylar arshakiylar 
hukmronligini tugatib, Parfiyada hokimiyatni to‘la qo‘lga oldilar. 
Antik davrda Parfiya qishloq xo‘jaligida yollanma ishchilar mehnatidan keng 
foydalanilgan. Mil. avv. III asr o‘rtalaridan boshlab Parfiya davlati hozirgi 
O‘zbekiston hududlarida joylashgan qadimgi viloyatlar – Xorazm, Baqtriya, 
So‘g‘diyona bilan siyosiy, madaniy va iqtisodiy munosabatlarni ayniqsa 
rivojlantiradi. Antik davrlarda jamiyat va davlatning asosiy harakatlantiruvchi 
kuchini va ishlab chiqarish asosini erkin dehqon jamoa a’zolari hamda qishloq 
oqsoqollari va ularning xususiy mulki tashki etgan, shu bilan birga qishloq 
jamoalariga tegishli yaylovlar, chorva mollari ham mavjud edi. Parfiyaliklar besh 
asr davomida Hindiston, O‘rta Osiyo va Xitoyning Gʻarb mamlakatlari bilan qilgan 
savdo aloqalarida vositachilik qildilar. Parfiyaliklarning yozuvi oromiy (Niso 
hujjatlari) yozuvi bo‘lib, zardo‘shtiylik diniga e’tiqod qilishgan. 
Antik davrlarda O‘rta Osiyoning qadimgi davlatlari nafaqat mintaqa davlatlari 
bilan, balki Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya kabi davlatlar bilan ham jadal savdo, 
iqtisodiy, madaniy aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Bunday aloqalar shubhasiz chet ellik 
savdogarlar, katta yer egalari, hukmdorlar, tadqiqotchilar hatto tarixchilarni ham 
o‘lkaga qiziqishini orttirgan. Xususan, qadimgi grek va rimliklar O‘rta Osiyoning 
tabiiy- geografik o‘rni, aholisining turmush tarzi xususida ma’lumotlar berib 
o‘tganlar, bu esa mintaqalar o‘rtasida o‘z davrida savdo-iqtisodiy aloqalar 
rivojlanganligidan dalolatdir. 
Antik davrda O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan davlatlardan yana biri 

Yüklə 273,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin