Eron, shimoliy-g‘arbiy Hindiston, Sind o‘lkasi hududlarigacha kengaygan. Uning
xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti
ham ancha yuksak darajaga
ko‘tarilganligidan guvohlik beradi. Davlatning poytaxti xalqaro karvon savdosi -
Buyuk Ipak yo‘lining muhim chorrahasida joylashganligidan, unda savdo-
hunarmandchilik sohalari bir muncha rivoj topgan. Mamlakatning Eron, Xitoy,
Hindiston, singari o‘sha davrning rivojlangan davlatlari
bilan olib borgan savdo-
tijorat munosbatlari asosan mana shu shahar orqali o‘tgan. Shuningdek, eski Termiz,
Marv, Qo‘hnaqal’a, Marokanda (Samarqand) singari shaharlarning ham savdo-
sotiqning yirik markazlari sifatidagi mavqei yuksak bo‘lgan.
Yunon-Baqtriya davlati o‘zining pul birligiga ega bo‘lgan. Oltin, kumush va
misdan tanga pullar zarb etilib muomalaga chiqarilgan. Bundan tashqari bu
mamlakatda turli xil don ekinlari, serunum erlarida uzumzor bog‘lar ko‘p bo‘lgan,
sharbatli mevalar etishtirilgan. Bu hol unda dehqonchilik madaniyati o‘sganligidan,
sun’iy-sug‘orish inshootlari tizimi keng tarmoq otganligidan yaqqol dalolatdir.
Garchand Yunon-Baqtriya davlatida ayrim quldorlik munosabatlari mavjud bo‘lsa-
da, biroq unda erkin dehqon jamoalari mehnati salmoqli rol o‘ynagan. Bu esa ishlab
chiqarish jarayonlarining nisbatan tez o‘sishiga, shaharlar hayotining rivojlanishiga
muhim turtki bergan.
Miloddan avvalgi II asr o‘rtalariga kelib bir qator ichki va tashqi vaziyat
taqozosi bilan yuz bergan keskin o‘zgarishlar oqibatida
Yunon- Baqtriya davlati
tushkunlikka yuz tutdi. Buning muhim sabablaridan biri- qo‘shni Parfiya davlatining
kuchayib ketishi va o‘z hududlarini Yunon- Baqtriya hisobiga kengaytirishga
intilishi bo‘ldi. Bu hol Yunon-Baqtriya davlatini mushkul ahvolga solib qo‘ydi. Tez
orada Hind erlari hamda Sug‘diyona uning tarkibidan ajralib ketdi. Mamlakatning
shimoliy va sharqiy hududlariga esa sharqdan kelgan ko‘p sonli katta yuyechji
qabilalarining hujumi kuchayib, ular asta-sekin Farg‘ona, Surxondaryo hududlari
sari siljiy boradi.
Qadimgi davlatchilik hukmronlik qilgan kezlarda
xamda antik davrlardayoq
So‘g‘diyona, qadimgi Xorazm, Baqtriya, qadimgi Farg‘ona, Qang‘ davlat
birlashmalari chet davlatlar bilan jadal savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘rnatar
ekanlar, harbiy yurishlar mahalida mag‘lub davlat g‘olib tomonga o‘lpon tarzida
katta miqdorda soliqlar to‘lashi
bilan birga, garovga ko‘plab miqdorda asirlar va
qullarni ham hadya etganlar. Xususan, chet elliklarni o‘lkada yetishtirilgan qishloq
xo‘jalik, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari, birgina shisha,
qog‘oz, jun, qorako‘l teri, qovun, tarvuz, ot, tuya kabilar e’tiborni tortgan.
Masalan, yuqorigi paragraflarda qayd qilinganidek, qadimgi Farg‘ona turli davr
manbalarida Dovon, Parkana kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Ya’ni,
qadimgi
Farg‘onada mahalliy kadxudotlar, vispati va zantupati maqeidagi hokimliklar
siyosiy uyushmasidan iborat Davan davlati tarkib topdi.